Gemorragik shok klinikasi quyidagi bosqichlardan iborat:
I bosqich - kompensastiyalangan shok (yo’qotilgan qon hajmi 800 - 1200 ml)
II dekompensastiyalangan: qaytarib bo’ladigan (1200 – 2000 ml), qaytarib bo’lmaydigan (2000 dan ko’p)
I-bosqichida yo’qotilgan qon aylanuvchi qon hajmining 15-20 % ini tashkil etganda rivojlanadi. Bu bosqichda kompensastiya katexolaminlar giperprodukstiyasi hisobiga bo’ladi. Klinik ko’rinishida qon tomir faoliyatining funkstional o’zgarishlari yuzaga keladi: teri qoplamining va ko’rinarli shilliq qavatlarning rangparlashishi, taxikardiya (1 daqiqada 100 martagacha), qisman oliguriya, venoz gipotoniya. Arterial gipotoniya oz miqdorda yoki umuman bo’lmasligi mumkin.
II-bosqichida – yo’qotilgan qon miqdori aylanuvchi qon hajmining 30-35 % ini tashkil qilganda rivojlanadi va bunda qon aylanishining chuqur o’zgarishlari kuzatiladi. Arterial qon bosimi pasayadi. Miya, yurak, jigar, buyrak, o’pka, ichaklarning qon bilan ta’minlanishi buziladi. To’qimalar gipoksiyasi va astidozning aralash shakli rivojlanadi. Bundan tashqari, taxikardiya (1 daqiqada 120-130 marta), hansirash, teri qoplamlari rangsizlanishi fonida akrostianoz, sovuq ter, bezovtalanish, oliguriya (30 ml/soat dan past), yurak tovushlarining pasayishi, markaziy venoz bosimi pasayishi kuzatiladi. Bu holatda etarli darajada yordam ko’rsatilsa, shokni qaytarsa bo’ladi. Lekin yo’qotilgan qon aylanuvchi qon hajmining 50 % (40-60 %) tashkil etganda shokning qaytmas bosqichi kuzatiladi. Mikrostirkulyastiya buzilishi davom etishi natijasida kapillyarostaz, plazma yo’qotish, qon shaklli elementlarining agregastiyasi, metabolik astidoz o’sishi davom etadi. Sistolik arterial bosimi juda ham pasayadi. Puls 1 daqiqada 140 dan oshadi. Teri qoplami oqaradi yoki marmarsimon bo’ladi, sovuq ter, oyoq-qo’llar keskin sovuqlashadi, anuriya, hushini yo’qotadi. Gematokrit ko’rsatkichining oshishi va plazma hajmining kamayishi shok terminal bosqichining asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Akusherlik amaliyotida gemorragik shok klinikasi umumiy qonunlaridan tashqari, o’ziga xos xususiyatlari bor (22.4.-jadval). Xususan, plastenta oldinda kelganda yuz beradigan gemorragik shok arterial gipotenziya, gipoxrom anemiya, homiladorlik oxirida aylanuvchi qon miqdorining fiziologik o’sishining kamayishi bilan xarakterli. 24 % ayollarda keskin bo’lmagan trombostitopeniya, gipofibrinogenemiya, fibrinolitik faolligining kuchayishi va tarqalgan tomirlar ichida qon ivish (TTIQI) sindromi rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |