Planetalarning birgalikdagi massasi Quyoshnikidan 750 marta kam bo`lgani holda



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#675466
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5197299062570752078






-planetalarning birgalikdagi massasi Quyoshnikidan 750 marta kam bo`lgani holda, 
Quyosh sistemasi harakat miqdori momentining 98 foizi planetalar “ zimmasi”da;
-planetalar fizik tabiatlari bilan bir-birlaridan keskin farqlanuvchi ikki guruhga - er tipidagi 
planetalarga va ulkan sayyoralarga bo`linadi. 
-planetalar yo`ldoshlarining aksariyati, planetalar atrofida deyarli aylanma orbitalarda 
harakatlanib, ularning tekisliklari asosan planetalarning ekvator tekisliklari bilan ustma-ust 
tushadi. 
Nemis faylasufi I.Kant “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi“ (1755y.) asarida, 
dastlab Olam, birlamchi xaos ko`rinishidagi materiya bilan to`la bo`lgan degan gipotezani ilgari 
surdi. Keyinchalik tortishish va itarishish kuchlari ta`sirida materiya ma`lum tashkillangan 
ko`rinishlarni olgan, deyiladi u gipotezada. Natijada paydo bo`lgan materiyaning ayrim 
quyulmalari, boshqa zarralarni ham o`ziga tortib, planetalarni, markaziy quyulma esa Quyoshni 
vujudga keltirgan, deb tushuntiradi Kant.
Quyosh va planetalarning gaz Ŕ chang bulutlaridan paydo bo`lganligi haqidagi Kant 
gipotezasi, umumiy holda to`g`ri bo`lsada, uning davrida bu nazariya, atom nazariyasi, 
termodinamika, gazlarning kinetik nazariyasi va boshqa magnitogidrodinamikaga oid 
nazariyalarning yo`qligi tufayli, olim ilgari so`rgan nazariyasining hisob-kitobini qilishning iloji 
yo`q edi. 
Keyinroq (1796 y.) frantsuz matematigi Laplasning gipotezasi, Quyosh sistemasining 
paydo bo`lishida, siqilayotgan sferik formadagi alohida tumanlikning aylanishi asos bo`lgan 
degan g`oyaga tayanadi. Bunda tumanlik markazidan r masofadagi m massali elementning 
harakat miqdori momenti
I= m

r= m

r
2
bo`lib u o`zgarmasa, u holda tumanlikning siqilishi 

- ning ortishiga olib keladi.
Agar tumanlikning umumiy massasi M bo`lsa, u holda m elementga ta`sir ko`rsatadigan 
kuch
2
r
Mm
G
F

markazdan qochma kuch esa
3
2
mr
I
F
м

bo`ladi.
Bu ifodalardan ko`rinishicha, tumanlikning siqilishida, markazdan qochma kuch F
k

tortishish kuchlariga nisbatan tezroq o`sadi. Biroq ular tenglashganda tumanlik spiralga
o`xshab yig`ilib keladi va ekvator zonasidan bir qism moddasi ajraladi. Tumanlikdan 
uloqtirilgan qismi esa uning atrofida yoyilib, Saturn halqasidek halqani vujudga keltiradi. Borib - 
borib bu halqa yig`ilib ma`lum bir planetani paydo qiladi, - deb tushuntiradi Laplas gipotezasi. 
Biroq, bu gipoteza asosida planetalar va Quyosh bo`yicha harakat miqdori momentlarining 
mavjud taqsimlanishini bo`lmaganligi tufayli, u ham bugungi kunda nazardan qolgan gipoteza 
hisoblanadi. 
Asrimizning boshlarida ingliz olimi Jins, bu masalada o`z gipotezasi bilan chiqdi. Uning 
gipotezasiga ko`ra, Quyosh dastlab planetalarsiz paydo bo`lgan. Uning atrofida planetalar 
Quyoshning boshqa bir yulduz yaqinidan o`tishda, Quyoshning diametrial qarama-qarshi 
tomonida vujudga kelgan ulkan ko`tarilish (priliv) to`lqini tufayli paydo bo`lgan. Gipotezaga 
ko`ra, ko`tarilish Quyosh sirtidan quvvatli gaz oqimi Ŕ vulqonini vujudga keltirgan. Bu gaz 
oqimi Quyoshdan turli masofalarda zichlashib, oqibatda planetalarni paydo qilgan deb uqtiradi 
Jins gipotezasi. Keyinroq bu gipoteza boshqacha tus olib, unga ko`ra, Quyosh qo`shni yulduz Ŕ 
o`tayangi sifatida chaqnab, tashqi gaz qobig`ini uloqtirgan. Vaqt o`tishi bilan yulduzlar bir-
biridan uzoqlashib, gaz qobig`idan planetalar tizimi paydo bo`lgan. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish