Planetalarning birgalikdagi massasi Quyoshnikidan 750 marta kam bo`lgani holda



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#675466
1   2   3   4
Bog'liq
2 5197299062570752078

planetezimaliy
(planeta bo`lishiga davogar quyulmalar) lar harakatiga 
kuchli chetlanishlar berib, Quyosh sistemasidan chiqib ketadigan darajadagi katta tezliklarga 
erishtirganlar. Shunday jismlardan birining protouran bilan tasodifiy to`qnashuvi uning aylanish 
o`qining ekliptikaga og`maligini katta burchakka burilib qolishiga olib kelgan. Hisoblashlardan 
ma`lum bo`lishicha Uranga o`sha paytda urilgan jismning massasi, uning massasining 0,07 
qismini tashkil etgan. Bu gigant planetalar shuningdek, Mars bilan Yupiter oralig`ida aylanuvchi 
asteroidlar zonasida, yana bir planetaning shakllanishiga to`sqinlik qilish bilan birga, oqibatda 
Uranning massasining kichik bo`lib shakllanishiga ham sababchi bo`lishgan. Hisob-kitoblar er 
hozirgi massasiga erishguncha 200 mln. yil evolyutsiyani boshidan kechirganligini ma`lum 
qiladi. Bu davr oxirida, er sirti sovib qolgani holda, uning markazining temperaturasi 1000 K 
atrofiga etgan. Uning keyingi kizishi, radioaktiv elementlarning emirilishi hisobiga bo`lgan. 
Temperaturaning tinimsiz ortishi, er markaziy qismining erishiga va yadrosi ximiyaviy 
tarkibining differentsiatsiyasiga olib kelgan. Natijada ko`pchilik og`ir elementlar uning 
yadrosidan joy olib, engillari tashqi qatlamlarga siqib chiqarilgan, bu o`z navbatida erning 
mantiyasi va po`stlog`ini vujudga keltirgan. Mazkur jarayon 1 mlrd. yilcha davom etgan. Œz 
evolyutsiyasining boshlangich bosqichida protoer talay, radiusi 100 km gacha bo`lgan 
yo`ldoshlar bilan urilgan bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan bu yo`ldoshlar qo`shilib, undan taxminan 10 
er radiusi masofasida Oy paydo bo`lgan. Ko`tarilish (priliv) kuchlari ta`sirida sekin-asta Oyning 
erdan uzoqlashuvi va shu bilan birga, uning o`z o`qi atrofida aylanish davrining ortishi ro`y 
bergan. Bu jarayon hozirda ham davom etib, uning erdan juda sekinlik bilan uzoqlashuvi 
kuzatiladi.
Kosmologiya asoslari 


Kosmologiya - koinotni bir butun deb qaralgandagi tuzilishi va evolyutsiyasini 
o`rganadigan fandir. Kosmologiya o`rganadigan masalalar ichida eng muhimlari - faza va 
vaqtning geomet`rik strukturasi, evolyutsiyasi, uning turli ob`ektlarining, ayniksa galaktikalar va 
ularning to`dalarining tashkil topishi va rivojlanishi masalalaridir. 
Koinotni bir butun ob`ekt sifatida xarakterlash uchun, zamonaviy metodlar yordamida 
uning Metagalaktika deb nom olgan va radiusi 3000 Mps bilan chegaralanadigan qismigina 
kuzatilishini hisobga olish zarur bo`ladi.
Ma`lumki, nisbiylik nazariyasiga ko`ra, katta massali ob`ektlarning mavjudligi fazo va 
Vaqtning xossalariga ta`sir etadi. evklid geometriyasi xarakterlaydigan bizga tanish fazo, yirik 
masala jismlar atrofida o`zgarib “egiladi”. Xususan yorug`lik nuri Quyosh yaqinidan o`tayotib 
egiladi va o`z yo`nalishini o`zgartiradi. Bu effekt Quyosh to`la tutilganda, uning yonidan 
ko`rinadigan yulduzlar nurining yo`nalishini o`rganish bilan tasdiqlandi. Bu juda kichik 
mikdorni tashkil etib, u o`lchash aniqligi chegarasida kuzatildi.
Biroq, barcha galaktikalar va utagalaktikalar massalarining ta`siri fazoda aniq kattalikdagi 
egrilikni vujudga keltirib, uning xossalariga binobarin, butun Koinot evolyutsiyasiga sezilarli 
ta`sir qiladi.
Koinot bo`ylab massaning ixtiyoriy taqsimlanishida nisbiyliku nazariyasi asosida fazo va 
Vaqtning xossalarini aniqlash masalalasining kuyilishi juda murakkab masalalardan biri bo`lib 
unig esimini topish mushkul. Shuning uchun mazkur masalanimng kuyilishidan oldin Koinot 
tuzilishining ma`lum sxemasini qabul qilinadi. Koinotning modeli deb yuritiluvchi bunday 
sxemalarning eng soddasi quyidagi holatlarga asoslanadi: 
-Koinotda, katta masshtablarda, modda bir tekis taqsimlangan; 
-fazoning xossalari hamma yo`nalishlarda bir xil (izotrop); 
Bunday fazo ma`lum egrilikka ega bo`lib, unga mos model Koinortni bir jinsli izotrop 
modeli deyiladi. 
Koinotning bir jinsli izotrop modeli uchun Eynshteynning tortishish nazariyaisga oid 
tenglamalarning echimiga ko`ra ayrim bir jinsli bo`lmagan qismlari orasidagi masofa ularning 
individual xaotik harakatlarini e`tiborga olmaganda o`zgarmas saklanib kolaolmaydi. Bu Koinot 
yoki siqilishi yoki kuzatishlardan ma`lum bo`lgani kabi kengaymogi lozim degani bo`ladi. 
Darvoke, ixtiyoriy ikki galaktikaning bir-biridan uzoqlashishtezligi ular orasidagi 
masofaning ortishi bilan ortib boradi. Nisbatan kichik masofalarda, bu bog`lanish chiziqli bo`lib 
proportsionallik koeffitsenti bo`lib Xabbl doimiysi xizmat qiladi. Aytilganlardan ma`lum 
bo`lishicha, ixtiyoriy ikki jism orasidagi masofa Vaqtning funktsiyasidir. Bunday funktsiyaning 
ko`rinishi, fazo egriligining ishorasiga bog`liq bo`ladi. Agar egrilik manfiy bo`lsa, Koinot doimo 
kengayishni “boshidan kechiradi”. evklid fazosiga mos nulinchi egrilikda Koinotning kengayish 
sekinlashish bilan davom etib, kengayish tezligi nolga intiladi. Va nihoyat, musbat egrilikka ega 
kengayuvchi Koinot ma`lum boskichda siqilish bilan almashishi mumkin. Bir jinsli izotrop 
modelda, fazoning egriligi moddaning o`rtacha zichligining mikdoriga bog`liq bo`ladi. Ikkinchi 
hol (nulinchi egrilik) zichlikning kritik zichlikka teng mikdorida ro`y beradi.
Kengayish jarayonida egrilikning absolyut qiymatda o`zgarishi mumkin, biroq bunda uning 
ishorasi o`zgarmay qoladi.
Moddaning kritik zichligi Xabbl doimiysi va N va gravitatsion doimiylik Ђ orqali 
quyidagicha topiladi: 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish