- 79 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
BUGUNGI KUNDA TARIX FANINI
O‟RGANINSHNING AHAMIYATI
Qarshi shahar 23-maktab tarix fani
o‟qituvchisi ,Eshonqulova Gulnoz
Nu‟monovna
Kalit so‟zlar:
yoshlar, ta‘lim, kelajak, tarix.
Annotatsiya:
Ushbu maqola tarix fanini
o‘rganishning hozirgi kunda nechog‘lik
dolzarbligi haqida ma‘lumot beradi. Bundan
tashqari maqolada tarix fanini o‘qitishda
qaysi sohalarga ko‘proq e‘tibor berishi
kerakligi ham aytib o‘tilgann
Mustaqil O‘zbekistonning istiqboli bo‘lgan
yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy
istiqlol tafakkurini va vatanparvarlik
g‘oyalarini shakllantirishda Vatan tarixining
o‘rni va imkoniyatlari beqiyosdir. Chunki
mazkur xalqning bashariyat tarixidagi o‘rni,
Vatanimizning o‘tmishi, avlodlar sevib,
e‘zozlab, o‘rganib, o‘rnak va saboq oladigan
hayot maktabidir. Tarixiy o‘tmishsiz biror
bir xalqning buguni bo‘lmagan va kelajagi
ham bo‘lmaydi. Tarix odamlarni
o‘ylantiradi, bo‘lib o‘tgan tarixiy voqea va
hodisalarni farqlash, ularni tahlil qilish va
undan amaliy, hayotiy xulosalar chiqarish
asosida dasturiy harakatlar yo‘llanmasini
belgilashga ko‘mak beradi.
Milliy o‘zlikni anglab yetmagan xalq milliy
mustaqillik qadriga yetmaydi, bunday xalq
ongida milliy g‘urur, Vatan ravnaqi yo‘lida
fidoyilik tuyg‘ulari bo‘lmaydi, millat birligi,
vatanparvarlik va baynalmilallik tuyg‘ulari
uyg‘unlashmaydi. Bunday xalq doimo
boshqalar asoratiga tushadi, xo‘rlanadi,
kamsitiladi, uning insoniy xaq-huquqlari
toptaladi.
Mustaqil O‘zbekiston ta‘lim tizimida Vatan
tarixini mufassal, asosiy fan sifatida o‘qitish
bugungi hayotimizning eng dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib qolishi davr
taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov Vatan
tarixining yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga
alohida ahamiyat qaratib: «Xotirasiz
barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi»,
deb ta‘kidlagan edi. O‘zbekiston
jamoatchiligi oldida ikki vazifa ko‘ndalang
qilib qo‘yilgan. Birinchidan, yuqori ilmiy
uslubiy asosda Vatan tarixini yozib, chop
etish bo‘lsa, ikkinchidan, yosh avlodni
otashin va buyuk vatanparvar, har
tomonlama barkamol bo‘lgan insonlar qilib
tarbiyalashdir.
O‘zbekiston tarixi fani xalq maorifi
tizimining barcha tarmoqlarida o‘zining
jamiyat hayotida tutgan o‘rni va mavqeyiga
ko‘ra asosiy va yetakchi fandir. Shu boisdan
ham bu fan Vatan tarixining ibtidosi
o‘lkashunoslik ekanligini e‘tiborga olgan
holda umumta‘lim maktablarida, o‘rta
maxsus va oliy o‘quv yurtlarining barcha
mutaxassisliklarida, qaysi kasb-hunarni
egallashdan qat‘iy nazar, bir xil hajmdagi
soatlarda o‘qitiladi Bu O‘zbekiston tarixi
fani oldiga qo‘yilgan jiddiy va oliyjanob
vazifalar bilan bevosita bog‘liqdir. Bunda:
Do'stlaringiz bilan baham: