Pirrol va uning birikmlarining molekula tuzilishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 220,3 Kb.
bet1/6
Sana08.12.2022
Hajmi220,3 Kb.
#881437
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pirrol va uning birikmlarining molekula tuzilishi, olinishi, xos


Pirrol va uning birikmlarining molekula tuzilishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi.


Reja:


I.Kirish.
II.Asosiy qism.
2.1.Pirrol va uning hosilalarini fizikaviy xossalari.
2.2.Pirrol va uning hosilalarini kimyoviy xossalari.
2.3.Pirrol va uning hosilalarini olinish usullari.
2.4.Pirrol va uning hosilalarini ishlatilish sohalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


I.Kirish.
Molеkulasida uglеrod atomlaridan tashqari bir yoki bir nеcha boshqa elеmеnt atomlari bo’lgan yopik zanjirli birikmalar gеtеrotsiklik birikmalar dеyiladi. Xalqadagi uglеrod atomlaridan boshqa atomlar gеtеroatomlar (gеtеros -har xil, turli) dеyiladi. Gеtеrotsiklning hosil bo’lishida har xil elеmеntlar ishtirok etishi mumkin. Lеkin gеtеrotsiklik birikmalardan eng barqarori, kеng tarqalgani, yaxshi o’rganilgani va eng ahamiyatlilari azot, kislorod va oltingugurt tutganlaridir. Gеtеrotsiklik birikmalarning olti va bеsh a'zolilari kеng tarqalgan. Qon gеmoglobini, o’simliklar xlorofilli, nuklеin kislotalar, Ko’pgina vitaminlar, antibiotiklar, alkaloidlar va bir qator do­rilar, bo’yoqlar, insеktitsidlar molеkulalarida gеtеrotsikllar saqlanadi. Gеtеrotsiklik birikmalar ham atsiklik va aromatik birikma­lar kabi galogеnhosilalar, spirtlar, aldеgidlar, kislotalar va xokazo hosilalarni hosil qiladi. Gеtеrotsiklik birikmalar empi­rik nomlari kеng ishlatiladi. Jеnеva nomеnklaturasiga ko’ra nomlashda ham gеtеrotsikllarning empirik nomlari asos qilib olina­di. Bir gеtеroatomli bеsh a'zoli gеtеrotsikllar. Bir gеtеroatomli bеsh a'zoli gеtеrotsiklik birikmalarning eng muhim namoyondalariga pirrol, furan va tiofеnlar kiradi. Bu sikllarda elеktron bulutining zichligi bеnzoldagi kabi bir tеkis tarqalmagan, ularda elеktron bulutining zichligi gеtеroatomdan xalqaga tomon siljigan bo’lib, a -holatda joylashgan uglеrod atomida ko’prok to’plangan.
Geterotsiklik birikmalar, yopiq zanjir hosil qilib tuzilgan bo’lib, yopiq zanjir hosil bo’lishida uglerod atomidan tashqari «begona» atomlar – kislorod, azot, oltingugurt kabi elementlarning atomlari ishtirok etadilar. Geterotsiklik birikmalar turli – tuman bo’lib, nazariy jihatdan kamida ikkita kovalent bog’ hosil qila oladigan element halqa hosil bo’lishida ishtirok etishi mumkin. Azotli, kislorodli va oltingugurtli geterotsiklik birikmalar tabiatda ko’p tarqalgan va yaxshi o’rganilgan. Yopiq zanjir hosil bo’lishida uglerod atomlari bilan birgalikda qatnashadigan elementlar geteroatomlar deb ataladi. Ularning halqadagi soniga qarab, geterotsiklik birikmalar bir, ikki, uch va hokazo geteroatomli geterotsiklik birikmalarga bo’linadilar. Geterotsiklik birikmalar uch, to’rt, besh, olti va hakozo a’zoli geterotsiklik birikmalar (ular geterotsikllar deb ham ataladi) barqaror bo’ladilar. Geterotsiklik birikmalar jipslashgan tuzilishga ega bo’lishlari mumkin. Geterotsiklik birikmalar tabiatda keng tarqalgan (darmondorilar, alkaloidlar, pigmentlar va boshqalar geterotsiklik birikmalar jumlasiga kiradi), ularning biologik jarayonlardagi, bo’yoqlar va dori-darmonlar olishdagi ahamiyatining kattaligi hamda ularni qishloq xo’jaligi mahsulotlarining chiqindilaridan, toshko’mir qatronidan olish imkoniyatining mavjudligi geterotsiklik birikmalar kimyosining rivojlanishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda butun dunyodagi kimyogar olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning uchdan ikki qismi geterotsiklik birikmalarni sintez qilish va ularning xossalarini o’rganishga qaratilgan.
O’z hususiyatlari bilan yog’ qator birikmalariga yaqin turadigan ko’pchilik geterotsiklik birikmalar–etilen oksid, laktonlar, ikki asosli karbon kislotalar angidridlarining xossalari avvalgi bo’limlarda yoritilgan. Bu birikmalar ochiq zanjirli birikmalaridan oson hosil bo’ladi va halqaning uzilishi natijasida yana ochiq zanjirli birikmalarga aylanadilar.
Geterotsiklik birikmalarning ayrimlari o’z hususiyatlari bilan boshqa organik birikmalardan farq qiladilar va oz yoki ko’p jihatdan aromatik birikmalarni xossalarini takrorlaydilar, bular aromatik birikmalar kabi birikish reaksiyalariga qiyin, almashinish reaksiyalariga esa oson kirishadilar. Ular benzol uchun xos bo’lgan galogenlash, nitrolash, sulfolash, alkillash, atsillash kabi reaksiyalarga oson kirishadilar. Bu xususiyatlar ularning halqasida elektronlar sekstetining mavjudligi tufayli yuzaga keladi.
Halqadagi 2 ta -bog’ va geteratomdagi juftlashmagan erkin elektronlarning o’zaro ta’siri natijasida halqadagi tutash elektron buluti yuzaga keladi va halqa bir tekislikda joylashadi. Ammo benzol halqasidagi va geterotsikldagi -elektronlar sekstetining barqarorligi turlichadir. Aromatik uglevodorodlar uchun xos bo’lgan almashinish va birikish reaksiyalaridan tashqari, geterotsiklik birikmalar uchun halqadagi geteroatomning almashinishi, halqaning ochilishi bilan boruvchi reaksiyalar ham xarakterilidir. Geterotsiklik birikmalarni hozirgi vaqtda nomlashda quyidagi qoidaga amal qilinadi: geteroatomning tabiatiga qarab ular oksa (O), tio (S), azo (N); halqadagi atomlarning soniga qarab ir – (3), yet – (4), ol – (5), in – (6); to’yinganlik darajasiga qarab – idin- (N-li to’yingan halqa), - an- (N-siz halqa), -in- (to’yinmagan) hokazo qo’shimchalar ishlatiladi, masalan:

Yuqoridagi geterotsikllarni odatda pirrol, pirrolidin, piridin deb nomlanadi. Halqada bitta geteroatom bo’lsa, raqamlash bu geteroatomdan boshlanadi. Agar halqada bir necha geteroatom bo’lsa, raqamlashda avval kislorodga, so’ng oltingugurt va azotga raqam qo’yiladi. Agar halqada NH va N bo’lsa, raqam avval – NH- ga, so’ngra – N-ga qo’yladi. Besh va olti a’zoli geterotsiklik birikmalarni quyidagicha raqamlash qabul qilingan:

Bir a’zoli geterotsikllarda 2 va 5-holatlar , ’, 3 va 4-holatlar , ’-holat deb; olti a’zoli geterotsikllarda 2 va 6-holatlar , ’-; 3 va 5-holatlar , ’- va 4-holat -holat deyiladi.
Jipslashgan ko’p halqali geterotsikllarni alohida nomlar bilan ataladi (kumaron, indol, xinolin va h.k.). Ammo bu birikmalar molekulaning qanday halqalardan tashkil topganiga qarab nomlanishi mumkin. Agar halqaning geteroatom bo’lmagan qismida benzol halqasi bo’lsa benzo-, naftalin halqasi bo’lsa nafto – old qo’shimchalar ishlatiladi. Masalan:

Agar jipslashgan ko’p halqali geterotsikllarda geteroatom halqalarining jipslashgan joyida bo’lmasa, raqamlash halqalarning jipslashgan joyidagi atomdan boshlanadi.




Besh a’zoli, bir geteroatomli geterotsiklik birikmalar


Tuzilishi, nomlanishi. Besh a’zoli geterotsikllik birikmalarning oddiy vakillari furan, tiofen va pirrol hisoblanadi. Ular aromatik xarakterga ega:

Ularning molekulasida oltita e-elektronlar benzoldagi kabi umumiy elektron bulutini hosil qiladilar, masalan furanda:

Natijada tutash elektron buluti hosil bo’ladi, halqa bir tekislikda joylashadi va oddiy bog’larning uzunligi qisqaradi.
Rentgenografik o’lchashlar natijasida furan, tiofen va pirrol molekulalaridagi atomlar orasidagi masofalar quyidagi qiymatlarga ega ekanligi isbotlangan (nm hisobida):

Yuqoridagi formulalardan tashqari besh a’zoli geterotsikllar uchun quyidagi tuzilish formulalarini ham yozish mumkin:

Ularning tuzilishini benzoldagi kabi quyidagicha ifodalash mumkin:


Download 220,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish