Pirrol va uning birikmlarining molekula tuzilishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


V. Geteroatom almashinadigan reaksiyalar



Download 220,3 Kb.
bet5/6
Sana08.12.2022
Hajmi220,3 Kb.
#881437
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pirrol va uning birikmlarining molekula tuzilishi, olinishi, xos

V. Geteroatom almashinadigan reaksiyalar. Kislorodning azot yoki oltingugurt bilan almashinishi geterotsiklik birikmalar uchun xos reaksiyalardan biri hisoblanadi.
Yu.K.Yurev furan, tiofen va pirrolni o’zaro bir-birlariga aylantirish mumkin ekanligini ko’rsatdi. Jaryon 4500C alyuminiy oksidi ishtirokida boradi:

2.4.Pirrol va uning hosilalarini ishlatilish sohalari.
Furan – rangsiz suyuqlik bo’lib, 310C da qaynaydi. Suvda erimaydi. Tarkibi C4H4O : C4H3O – qoldiqni furil deb ataladi.
Furanni qaytarib tetrogidrofuran (TGF) olinadi. TGF muhim erituvchilardan biri bo’lib, kimyo sanoatida keng qo’llaniladi. Undan foydalanib tetrametilenglikol, adipin kislotasi geksametilendiamin va boshqa mahsulotlar olinadi.
Furanning muhim hosilalaridan biri furfurol hisoblanadi.

Furfurol 1620C da qaynaydi, suvda kam eriydi. Undan yongan nonning hidi keladi. Furfurolni asosan pentozan saqlovchi mahsulotlardan olinadi. Farg’onadagi furan birikmalari zavodida paxta sheluxasidan olinadi. Furfurol aromatik aldegidlarning barcha xossalarini takrorlaydi. U, plastmassalar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi.
Tiofen – 840C da qaynaydigan, suvda erimaydigan suyuqlik C4H3S – tiyenil deb ataladi. Tiofen kimyosi keyingi o’n yilliklarda rivojlana boshladi. Buning sababi, tiofen hosilalari orasida shamollashga va boshqa kasalliklarga qarshi ishlatiladigan birikmalar topilganligidir.
Pirrol – 1300C da qaynaydigan, suvda deyarli erimaydigan suyuqlik. Pirrol birinchi marta 1858 yilda Andersen tomonidan ajratib olingan va uning tuzilishi 1870 yilda Bayer tomonidan isbotlangan. Pirrol va uning gamologlari toshko’mir smolasida va suyak yog’ida uchraydi. Bu nom Runge tomonidan berilgan bo’lib pirrol bug’i xlorid kislota bilan namlangan qarag’ay tayoqchani qizil ranga bo’yaydi.
Digidropropirollar – pirrolinlar deb, tetragidropirrollar pirrolidinlar deb, ketopirrolidinlar esa pirrolidonlar deb ataladi:

pirrol pirrolin pirrolidin pirrolidon
Kimyoviy xossalari jihatidan pirrol anilinga o’xshab ketadi. U arildiazoniy tuzlari bilan azo qo’shish reaksiyasiga kirisha oladi. Hosil bo’lgan azobirikma platina katalizatorligida vodorod bilan qaytarilganda -aminopirrol hosil bo’ladi.

Pirrol molekulasidagi azot bilan bog’langan vodorod ketonlar bilan almashinib, pirroliy anioni hosil qilish xususiyatiga ega. Pirrolning metallar bilan hosil qilgan hosilalari orqali turli birikmalar olish mumkin. Ko’pincha bu maqsadlarda pirrolning Grinyar reaktivi bilan hosil qilgan pirrolmaginiy galogenidlardan foydalaniladi:

Pirrolmaginiygalogenidlar reaksiyaga oson kirisha oladigan birikmalar bo’lib, ulardan foydalanib turli qimmatli birikmalarni sintez qilib olish mumkin. Quyidagi sxemada pirrolmagniybromid asosida olinishi mumkin bo’lgan ayrim birikmalarga misol keltiramiz.

Xuddi shunga o’xshash pirrolning kaliyli tuzi metilyodid bilan reaksiyaga kirisha oladi. Bunda hosil bo’ladigan N-alkilpirrollar qizdirilganda -almashingan pirrollarni hosil qilib izomerlanadilar:



Pirrolning muhim hosilalaridan biri pirrolidin hisoblanadi.
Pirrolidin 1-xlor-4-aminobutanni qizdirib yoki pirrolni to’la qaytarib olinishi mumkin:

Pirrolidinning muhim hosilalaridan pirrolin va okispirrolin (4-oksi-2-pirrolidinkarbon kislota) inson xayot faoliyatida muhim ahamiyatga egadirlar:

Pirrolidinning hosilalaridan bo’lgan pirrolidon -aminomoy kislotaning laktoni hisoblanadi. Sanoatda -butirolaktonga ammiak ta’sir ettirib olinadi:

U ishqoriy katalizatorlar ishtirokida polimerlanib naylon-4 deb ataluvchi poliamidni hosil qiladi:

Pirrolidon atsetilen bilan birikib N-vinilpirrolidonni hosil qiladi:
Polivinilpirrolidon sun’iy qon, yelim va boshqa mahsulotlar sifatida keng qo’llaniladi.
Alkillangan pirrol halqasi biologik muhim pigmentlar, xususan qon pigmenti, xrolofill, vitamin-1 va boshqalar tarkibiga kiradi. Ular temir, kobalt va boshqa metallar bilan komplkes birikmalar hosil qilib, biologik jarayonlarda muhim rol o’ynaydilar.
Bularning barchasi 16-a’zoli, bir tekislikda yotuvchi porfin halqasini saqlaydilar.

Download 220,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish