Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Cu – O sistemasining fazalar diagrammasi



Download 6,39 Mb.
bet30/106
Sana28.05.2022
Hajmi6,39 Mb.
#613874
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas

2.5. Cu – O sistemasining fazalar diagrammasi

Mis – kislorod sistemasida uch xil kimyoviy birikma hosil bo‘ladi. Ular: tabiiy kuprit minerali deb ataluvchi misning quyi oksidi – Cu2-xO, tabiiy tenorit minerali – CuO va mis dioksidi – CuO2. Vyustit kabi kuprit – Cu2-xO ham haroratning aniq oraliqlarida (375 – 1200° C) mavjud bo‘lishi mumkin (2.7-rasm). Harorat 375° C gacha sovitilganda disproporsiyalanish reaksiyasi oqib o‘tadi:


Cu2O → Cu + CuO
Bu reaksiya natijasida gomogen mintaqadagi misli hududlar tarkibini tashkil qillib turgan birikmalar: mis va kislorodga to‘yingan mis oksidi hosil bo‘ladi. Parchalanmasdan suyuqlanishiga qaramay, misning quyi oksidi boshqa birikmalar bilan solishtirilganda nisbatan kam barqarorlikka ega. Suyuq holatda uning mavjudlik mintaqalari unchalik ko‘p emas.

2.7-rasm. Cu – O sistemasining holat diagrammasi.

Mis – mis quyi oksidi (Cu – Cu2-xO) evtektikasi 0,39 % kislorod saqlaydi va 1065° C da erish haroratiga ega.


Tenorit (CuO) – beqaror birikma hisoblanadi. U ochiq havoda 1075° C haroratda to‘liq parchalanadi. Harorat va bosimni oshirishning birortasi ham 1075° C dan yuqori haroratda tenoritni saqlab qolishga yordam berolmaydi. Xususiy hollarda, Fe1-xO kabi Cu2-xO uchun ham eng ko‘p nuqsonli holat misning kristall panjarasi ostida vujudga keladigan vakansiyaning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Gomogen mintaqalarda esa misning eritmadagi vakansiyalari Cu2-xO ning kristall panjaralariga qanday ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi.


Metall – oltingugurt sistemasida fazaviy muvozanat
Fе - S – sistemasining fazali diagrammasi. Metall sulfidlari – sulfidli rudalar va shteynlarning asosiy tashkil qiluvchisidir. Ular turli xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Masalan, kovellin – CuS, xalkozin – Cu2S, millerit – NiS, sfalerit – ZnS, galenit – PbS, temir sulfidi – FeS, pirit – FeS2, monoklinik pirrotin – Fe7S8, geksagonal pirrotin – Fe12S13 va hokazo. Bularning ichida temirning oltingugurtli birikmalari pirometallurgik jarayonlarda juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular sheynning asosiy qismini tashkil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Bu esa temir va oltingugurtning birgalikdagi holat diagrammalarini ko‘rishni taqozo etadi. Quyida temir – oltingugurt sistemasining holat diagrammasi keltirilgan bo‘lib, bu sistemada bitta turg‘un kimyoviy birikma paydo bo‘ladi. Bu birikmaning nomi – pirrotin (1- faza), formulasi – FexSy (monoklinik – Fe7S8 va geksagonal – Fe12S13). Bundan tashqari 7450 C cheklangan haroratda mustahkam bo‘lgan kimyoviy birikma – pirit (FeS2, 2- faza) ham mavjuddir (2.8-rasm). Ammo 7450 C dan yuqori haroratda pirit parchalanadi:
FeS2 → FeS + 0,5S2

2.8- rasm. Fе-S sistemasining holat diagrammasi.

Shuni aytib o‘tish joizki, nazariyada kimyoviy birikmaning tarkibi unga yoziladigan formulaga mos kelmaydi. Masalan, temir sulfidining (ya’ni pirrotinning) formulasi Fe1-xS ga to‘g‘ri keladi. Bu kristall panjarada temir atomlarining oltingugurt atomlariga nisbatan x – o‘lchamga kamligini bildiradi. Demak, x – pirrotinning kristallik tuzilishidagi temirning vakansiyasidir. Bu esa stexiometrik birikmaning to‘liq bo‘lmaganini bildiradi.



Download 6,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish