PIROMETALLURGIYA JARAYONLARI NAZARIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.A. YUSUPXODJAYEV, S.B. MIRZAJONOVA,
SH.T. HOJIYEV
PIROMETALLURGIYA JARAYONLARI NAZARIYASI
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari 5310300 “Metallurgiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent - 2019
UDK 669.2
Yusupxodjayev A.A., Mirzajonova S.B., Hojiyev Sh.T. Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi. Darslik. – T.: _____2019. - 333 b.
Darslikda pirometallurgiya jarayonlarining nazariy asoslari, moddalarning suyuq va qattiq holatining tuzilishi va ushbu xossalari bilan turli birikmalar (asosan, oksid va sulfidlar) orasidagi fizika-kimyoviy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligi bayon etib o‘tilgan. Muhim pirometallurgik jarayonlar: moddalarni parchalanishi, metall va sulfidlarning oksidlanishi, moddalarning tiklanishi, moddani suyuq holati, likvatsion jarayonlar, bug‘lanish va kondensatsiyalanish va shu kabi boshqa jarayonlarning termodinamik tahlili keltirilgan. Asosiy va keng tarqalgan pirometallurgik jarayonlarning mexanizmi va kinetikasining ajralib turadigan xossalari keltirilgan, jarayonlarni intensivlashtirishning prinsipial yo‘llari o‘z o‘rnini topgan.
Shu soha magistrlari, kasb-hunar kollejlari talabalari va ilmiy – tekshirish hamda sanoat korxonalarida faoliyat yuritayotgan muxandis – texnik xodimlarga foydali bo‘lishi mumkin.
Taqrizchilar:
M.M. Yakubov – “Fan va taraqqiyot” DUK rais muovini, texnika fanlari doktori, professor.
X.R.Valiyev – “Metallurgiya” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dosent
Annotatsiya
Mazkur darslik “Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi” fani asosida yozilgan bo‘lib, u ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda boshqa materiallarni o‘z ichiga jamlagan. Unda metallar va ularning tuzilishi, oksid va sulfid tizimlarida fazalar muvozanati, oksid va sulfidlarning parchalanish jarayonlari, oksidlanish va tiklanish jarayonlari, moddalarning suyuq va qattiq holati, metallarning shlak orqali yo‘qotilishi, metallarni tozalash usullari, bug‘lanish va kondensatsiyalanish jarayonlari hamda ularning kinetikasi va termodinamikasiga doir mavzular yoritib o‘tilgan.
Аннотация
Данной учебник написан на основе предмета "Теория пирометаллургических процессов" и содержит в себе текст лекций, семинаров и других материалов. В нем рассматриваются такие темы как, металлы и их строения, баланс фаз в оксидных и сульфидных систем, процессы расщепления оксидов и сульфидов, процессы восстановления и окисления, жидкие и твердые состоянии веществ, потеря металлов с шлаками, методы очистки металлов, процесссы испарения и конденсирования, а также их кинетика и термодинамика.
Annotation
This tutorial is written on the basis of the subject Theory of pyrometallurgy processes and contains the text of lectures, seminars, and other materials. It covers topics such as metals and their structure, the balance of phases in the oxide and sulfide systems, splitting processes of oxides and sulfides, the processes of reduction and oxidation, liquid and solid states of substances, the loss of metal from slag, methods of metal cleaning, working processes of evaporation and condensation as well as their kinetics and thermodynamics.
Mundarija
SO‘Z BOSHI …………………………………………….........................
KIRISH …………………………………………………………………..
|
Do'stlaringiz bilan baham: |