Takrorlash uchun savollar:
Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish
Sinovlarni o‘tkazish va uni tartibi
CHet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etish
Maxsulotni shtrixli kodlashtirish
Tayanch suzlar va iboralar: shtrixli kodlash; Xalkaro tizimlar;
AMALIYOT MASHG’ULOTLARI.
Tuzuvchilar:
Kata o’qituvchi (PhD) Samatov A.A.
Mavzu: № 1 Sertifikatlashtirish haqida asosiy
tushunchalar
Reja:
1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar
2. Sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy atamalar
3. Sertifikatlashtirishni qayd yoki shaxodat etish.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar
Hozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so‘rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotning sifati to‘g‘risidagi hujjat, ba’zi birlari esa mahsulotni xududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjat deb ta’rif beradi. O‘ylaymizki, darsligimizning ushbu bo‘limini o‘qib chiqqaningizdan so‘ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topamiz.
“Sertifikat” so‘zining ma’nosini keltirishdan oldin mavzudan biroz chetga chiqamiz.
Ma’lumki, SHarq jumladan O‘zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go‘zal tabiati va mehnatsevar halqi bilan, balki o‘zining ko‘zni kamashtiradigan, rang – barang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashxurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o‘zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo‘lsangiz, sotuvchilar, dehkonlar meva - chevalardan uzatib, totib ko‘rishni taklif etishlarining guvohi bo‘lasiz (albatta, totib kurganlik uchun haq so‘ralmaydi). Buning tagida bir ma’no yotadiki, u ham bo‘lsa, mahsulotning sifatiga haridorning o‘zi baxo bersin, ya’ni ishonch hosil kilsin.
Qadimdan bizda bir tushuncha bor. Xarid paytida savdo mukammal bo‘lishi uchun uchta tomon ishtirok etishi kerak. 1 - oluvchi (xaridor) tomon, 2 - sotuvchi (tayyorlovchi) tomon va 3 - xolis tomon. 3 - tomon sotilayotgan buyum yoki mahsulot ega bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga kafolat bergan. Savdoning bu turi asosan katta mikdordagi yoki qimmatbaxo xarid paytida qo‘llanilgan bo‘lib, buni hozir ham qoramol, qo‘y va ot savdosida uchratishimiz mumkin.
O‘rtada turuvchi xolis tomon (ularni ba’zan dallollar deb yuritiladi) savdoni bir muhim bo‘lishiga yordam berib, savdo ob’ektiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga tavsif beradi va xolisona baho beradi. Savdo tugagandan so‘ng sotuvchi tomon esa xarididan va savdo obe’ktining mavjud sifat ko‘rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, qoniqish hissiga ega bo‘ladi. Bu savdoning yana bir muhim xususiyati 3 – xolis tomon sifatida alohida ishonchga va nufuzga ega bo‘lgan, rostgo‘y shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Bizdagi mana shu savdo turi bir necha yuz yillardan beri mavjud bo‘lib, chet davlatlarda sertifikatlashtirish deb ataluvchi faoliyatiga aynan shu asos solgan bo‘lsa ham ajab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |