PhD. Samatov A. A


Mavzu: 8. NAMUNANI MARKIROVKALASH



Download 0,96 Mb.
bet63/85
Sana05.06.2023
Hajmi0,96 Mb.
#948957
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
УУМ- SERTIFIKATLASHTIRISH.2021-2022

Mavzu: 8. NAMUNANI MARKIROVKALASH
Reja:

  1. Namunani markirovkalash

  2. ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar asosidagi sifat menejmenti tizimlari va ularning tahlili.

3. ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish.


Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert - auditordir. U odatda Sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor sifatida O‘zdavstandart tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda etarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
- mahsulot, jarayon, xizmatlarni, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
- sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:
- to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida etarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
- oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:
- Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar;
- sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;
- mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;
- standartlashtirish, metrologiya va Sifat tizimlarining asoslari;
- tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari;
Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob’ektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, Sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgazish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi O‘zdavstandart tomonidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini O‘zstandart agaentligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari etarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish