Mavzu: 6,7-NAMUNA OLISH TARTIBI Namunani identifitkatsiyalash
Namunani markirovkalash
Namuna olish dalolatnomasini tuldirish
Namuna olish usullari
Namunani identifitkatsiyalash Namuna olishdan avval arizada kursatib takdim etilgan maxsulotni identifikatsiya ya’ni mosligi tekshiriladi. Identifikator bulib markirovkasi, yul nakladnoy xujjatlari bulishi mumkin.
Maxsulotni sertifikatlashtirish uchun sinash asosan xavfsizlik kursatkichlari me’yoriy xujjatlar talablariga mos ekanligini aniklash maksadida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish sinovlarining xajmi kuyidagi xollarda kamaytirilishi mumkin.
a) Agarda arizachi maxsulotini akkreditatsiyadan utgan sinov laboratoriyalaridan
b) xavfsizligi jixatidan me’riy xujjatlarga mosligini akkreditatsiyalangan sanitar epidemiologik nazorati laboratoriyalaridan sinov bayonnomalarini mosligini kursatuvchi xujjatlar takdim etgan xolda.
Namuna ishlab chikilgan maxsulot partiyasidan olinadi. Anik namuna olish tartibi partiyaning bir joyidan oz mikdorda olinishi tushiniladi. Bir nechta anik namuna partiyaning bir necha joyidan olinishi kerak.
Umumlashgan namuna bir partiyadan olingan bir necha anik namunalarni kushilishidan xosil bul gan namunaga aytiladi.
Laboratoriya namunasi bu analiz uchun olingan mikdor bulib u umumlashgan namunadan olinadi.
Namuna olish asosan sertifikatlash organi xodimi tomonidan yuk egasi ishtirokida olinadi. Namuna olishda tayyorlashda, saklashda va tashishda namuna olish koidalarga amal kilinishi lozim. Namunani ximoyalangan joydan olinishi, nam xavoni kirishiga yul kuymaslik, chang yoki tashki kushimchalar tushishiga yul kuymaslik kerak. Namuna olish uskunasi toza va kuruk bulishi zarur. Namuna olinayotgan idishga yoki maxsulotga beixtiyor ifloslanishiga yul kuyilmaydi. Partiya bir xil tabiatga ega bulgan , bir xil navli, bir yilda ishlab chikilgan, bir turga mansub bulishi kerak. Olingan anik namunalar mikdori tekshirish uchun zarur bulgan mikdordan uch baravardan ziyodrok bulishi va yaxshilab aralashtirilishi zarur, shundan sung uch kismga bulinib bir kismi yuk egasida, bir kismi iste’molchida va yana bir kismi laboratoriyaga topshiriladi. Laboratoriyaga topshiriladigan namuna iste’molchi va yuk egasini muxri bilan tamgalanadi va uchinchi kismi yuk egasi va istemolchi urtasida kelishmovchilik kelib chikadigan bulsa buni bartaraf etish uchun ikki tomonga kulay bulgan joyda saklanadi.
Namunani kuruk, ifloslanmaydigan, xavo kirmaydigan joyda shisha idashda maxsulotga zarar etmaydigan joyda saklanadi. Idishlar shunday ulchamda bulishi kerakki unga solingan namuna tulishi kerak. Xar bir tuldirilgan idish germetik yopilishi va ikkinchi marta ochib yopib bulmaydigan bulishi kerak.