Sertifikatlashtirish omillari Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy omillar hal qiluvchi o‘rin tutadi:
Tashqi va ichki bozordagi iste’molchining manfaatlariga mos keladigan mahsulot uchun mezonni to‘g‘ri tanlash;
Sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda xolislik /haqqoniyat/ bo‘lishi.
Ta’minlovchining buyumi /mahsuloti/ har doim ham belgilangan standart talablariga mos keladi degan ko‘rsatmasi hamma vaqt ham qabul kilinavermaydi. CHunki u mahsulot sifatini tekshirishda o‘zining shaxsiy tekshirish tizimini tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda ham keng yoyilgan yo‘llardan biridir.
Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay va samarador tizimi shunday bo‘lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta’sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. SHunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi idora sertifikatlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat muassasalari bo‘lishi mumkin. Ular o‘zlarining sinov o‘tkazuvchi laboratoriyalariga ega bo‘lib, mahsulotni tekshiradigan xodimni ishga layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi:
Uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o‘z tarkibiga mahsulot sinovlarini oladi, bu esa o‘z navbatida mahsulotning standart talablariga muvofiqligini /mosligini/ aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi;
YAkka olinadigan mahsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob beruvchi sertifikatlashtirish tizimini aniqlash;
Sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish tizimlari bilan taqqoslash;
Buyum /mol/ yoki mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan haqiqiyligi ko‘rib chiqilganligi yoki ma’kullanganligini, tegishli markazlarda yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi /tamg‘a/ bo‘lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan hujjat - sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar /mollar/ ro‘yxatiga kiritilishi lozim yoki sertifikatlash huquqiga ega bo‘lgan korxonada mahsulotni chiqarish uchun tasdiqnoma bo‘lishi kerak.
Sertifikatlashtirish turli shakllarda bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish uchun ayrim vazifalarni bajarilishi tartibi o‘z navbatida mahsulot turiga qonunlar majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sertifikatlashtirishni tayyorlash va uni o‘tkazishda asosiy ishlar qatoriga:
* Sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni tanlash;
* Mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni tanlash;
* Sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarni tekshirish;
* Sinov laboratoriyalarini akkreditlash;
* Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish;
* Muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni belgilash /tamgalash/ lar kiradi.
Tabiiyki, «Sertifikatlashtirish uchun nimalar kerak?» degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Sertifikatlashtirish milliy tizimining me’yoriy hujjatlarida sertifikatlashtirishga tayyorgarlik kurish va uni o‘tkazishi tartiblari aniqlagan bo‘lib, ular quyidagi bosqichlardan iborat:
Deklaratsiya - talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilish;
Namunalarni belgilash, ajratib olish va sinovlarni o‘tkazish;
Korxona yoki sifat tizimini sertifikatlashtirish (agar qabul qilingan sertifikatlashtirish tartibida ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki so‘rovchining hohishiga ko‘ra );
Olingan natijalarni taxlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish lozimligi haqida qaror qabul qilish;
Muvofiqlik sertifikatini berish va sertifikatlashtirilgan mahsulotni Tizimlar Davlat Ro‘yxatiga kiritish;
CHet el yoki xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;
Sertifikatlashtirilgan mahsulotning tavsiflarining turg‘unligi uchun tekshiruv nazoratini amalga oshirish;
Sertifikatlashtirish natijalari haqida ma’lumot;
SHikoyatlarni ko‘rish (agar da’volashuv masalalari chikadigan bo‘lsa).
Xo‘sh sertifikatlashtirish nima beradi?
Sertifikat sifatli mahsulot uchun aosiy garovdir. Sifatli mahsulot qadri qanchalik yuqori turishini ishbilarmonlar yaxshi bilishadi. Bitta misol keltirib sifatli, sertifikatlashtirilgan mahsulotning hosiyatini to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak.
Soat ishlab chiqaruvchi korxona bir necha yil mobaynida G‘arbiy Evropa firmalaridan biriga qo‘l soat sotar edi, uning evaziga har bir soat uchun bir - ikki dollar olar edi xolos. Firma olinayotgan soatlarning sifatini o‘z buyniga olib, ularning har birini 40 dollargacha bo‘lgan narxda sotar edi; korxonaning ishlab chiqarish madaniyati yuqori bo‘lganligi sababli nuqsonli soatlar kam chiqarilar edi. Xalqaro miqyosdagi standartlarning dovrug‘i sekin asta tarqalib korxonagacha etib keldi. Korxona 9000 seriyali ISO standartlari asosida sifat tizimini ishlab chiqa boshladi. Buni eshitgan amerikalik firma korxonaga uzoq muddatli bitim tuzishni taklif etdi. Boshqa firma bilan tuzilgan bitimga binoan o‘sha yuqorida aytilgan soatning har biriga 100 va undan ortiq dollar to‘landi. Natijada, korxonaga valyutadan tushayotgan foyda hisobiga uning iqtisodiy sharoiti butunlay o‘zgarib ketdi. Mana sifatli mahsulot sharofati, mana o‘tkazilgan sertifikatlashtirishning foydasi, buni har bir korxona boshligi, mutaxassislari bilmogi lozim.
Albatta, Respublikamizda amal qilayotgan Milliy Sertifikatlashtirish Tizimi eng avvalo axolining manfaatlarini, xavfsizligini ko‘zlagan holda tuzilgandir. Sertifikatlashtirishdan oldinga qo‘yilgan maqsad maxsulot narxini baland qilib qo‘yish emas, balki sifatli mahsulot xususida oluvchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilish va savdo ko‘lamini oshirish hisoblanadi.
Ayrim ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar bugungi kunni o‘ylab, mahsulotlarimiz shundoq ham ketmoqda, sertifikatlashtirishning nima xojati bor deyishi mumkin. Ishbilarmonlar faqat bugungi kun bilan yashasa, xalqaro savdo sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yishda ular katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishadi. Bu albatta kechirarli holat emas. CHunki, hozirgi jamiyatimiz a’zolari bir paytlardagi faqat arzoniga uchadigan odamlar emas, balki huquqiy ongi kun sayin shakllanib borayotgan, bozordagi rakobatdan unumli foydalanadigan, «iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish» va «Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi» to‘g‘risidagi Qonunlar bilan ximoyalangan kishilardir.