Перспективы вхождения узбекистана в


"TOURIST QUARTER" AND "TOURIST AUL" IN UZBEKISTAN



Download 7,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/195
Sana24.02.2022
Hajmi7,87 Mb.
#253520
TuriСборник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195
Bog'liq
халқаро анжуман 2020 БухДУ (2)

"TOURIST QUARTER" AND "TOURIST AUL" IN UZBEKISTAN 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


124 
O‘ZBEKISTONDA “TURISTIK QISHLOQ”, “TURISTIK MAHALLA”, “TURISTIK 
OVUL”LARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI 
D. Yo. Barotova, magistr, QarDU 
Ma’lumki, turizm – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli 
katalizatori bo’lib, xorijiy valyuta va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin sohalarning tez 
o’sishiga ko’mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning 
dunyo hamjamiyatidagi obro’sini oshiradi. Ammo joriy yil koronavirus pandemiyasi shubhasiz turizm 
sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yakunlari 
bo‘yicha xalqaro sayohatlar 89 foizga, ish o‘rinlari 74 million taga qisqarishi, sohadagi jami 
yo‘qotishlar 800 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi 
va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta 
mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, 
umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo‘shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi 
daromadiga jiddiy ta’sir qildi. 
Bugungi karantin bilan bog’liq davrda turistik biznes vakillari murakkab davrni boshdan 
kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 19 
martdagi 5969-sonli va 2020 yil 3 apreldagi 5978-sonli Farmonlariga muvofiq, tadbirkorlik 
sub’ektlariga pandemiya davrida qator imtiyozlar taqdim etildi. 
Pandemiyaning oqibatlarini yumshatish maqsadida hukumatimiz tomonidan bu sohaga qator 
yengilliklar berildi. Jumladan, 1 750 ta sub’ektga mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlardan 60 milliard 
so‘mga yaqin imtiyoz taqdim etildi. Lekin bu imtiyoz va preferensiyalar vaqtinchalik. Doimiy 
barqaror rivojlanish uchun esa pandemiya sharoitida ishlashga o‘rganish zarur. Shu bois bu boradagi 
xorijiy tajriba o‘rganildi. Xususan, “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz 
sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab 
chiqildi.
1
Shuningdek, ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun qabul qilingan tegishli me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar asosida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2020-yil 10-iyuldagi Vazirlar 
Mahkamasining 433-son qaroriga ko’ra, “Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm 
qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning tasdiqlanishi va uning 
ijrosi O’zbekistonni tez orada yirik hamda jozibador sayyohlik markazlaridan biriga, turizmni esa 
iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylantirishga mustahkam zamin yaratishi muqarrar. 
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” (keyingi o‘rinlarda — turizm 
mahallasi) — fuqarolar yig‘inlari hududining mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari va 
xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga 
taqdim etiladigan maqom hisoblanadi. 
Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar 
hisoblanadi: 
 fuqarolar yig‘inida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va 
turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targ‘ib qilish; 
 xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish; 
 turizmni barqaror rivojlantirish; 
 mahalliy aholining madaniyati va an’analarini ommalashtirish; 
 turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash; 
 fuqaralor yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini 
yaxshilash; 
 fuqarolar yig‘ini hududida yangi ish o‘rinlarini yaratish; 
1
Manba:
https://uzbektourism.uz
 sayti 


125 
 doimiy ravishda turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish; 
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yig‘ini quyidagi imkoniyatlarini o’zida 
mujassamlashtirishi esa, yurtimizga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan xorijiy sayyohlarni o’ziga 
jalb etmay qolmasligi shubhasiz: 
- fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy 
mehmon uylarining mavjudligi; 
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar 
joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari); 
- fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari mahsulotlarini 
(kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoxobchalarini tashkil etish
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlash; 
- turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, velosipedlar, 
kvadratsikllar, qayiqlar, katamaranlar va boshqalar ijarasi); 
- zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa vositalari, 
ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi); 
- yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; 
- bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi; 
- tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni bron qilish 
va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatining 
mavjudligi; 
- fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida barcha uchun qulay joyida ma’lumot materiallari (varaqalar, 
bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi. 
Hukm surayotgan pandemiya oqibatida turizm yo‘nalishida tadbirkorlar ko‘rgan zararni yaqin 1-
2 yil ichida to‘liq qoplash qiyin. Shu bois Prezidentimiz bu sohaga qo‘shimcha imtiyoz va 
preferensiyalar berish lozimligini ta’kidladi. Xususan, Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va 
ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga 
“Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish taklifining 
qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning 
ham O‘zbekistonning ulkan turistik imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo‘ladi. 
O‘zbekistonga 2020-yilning yanvar-mart oylarida turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy 
fuqarolar soni 1,2 million kishini tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 
12 foizga kamaygan
1

Birinchi chorak davomida MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 1,16 million kishini (95,6 foiz), 
xorijiy davlatlardan kelganlar esa 53,6 ming kishini (4,4 foiz) tashkil qilgan. 
Mamlakatga 
kelgan xorijiy fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan tashrif buyurgan, ularning soni 397,6 ming 
kishini tashkil qilgan. Shuningdek, Tojikistondan 332,7 ming kishi, Qirg‘izistondan 298,1 ming kishi, 
Rossiyadan 64,7 ming kishi, Turkmanistondan 60,6 ming kishi, Ozarbayjondan 2 ming kishi va 
Belarusdan 1,2 ming kishi O‘zbekistonga kelgan. Uzoq xorijdan sezilarli oqim Turkiyadan, Janubiy 
Koreyadan, Xitoydan, Hindistondan, Yaponiya va Fransiyadan kuzatilgan. 
Turizm sohasini uning funksiyalari nuqtai nazaridan ko’rib chiqsak, shu narsa aniq bo’ladiki, 
turizmning klassik tarzdagi uchligi «turizm + joylashtirish + ko’ngil ochish» ijtimoiy iqtisodiy soha 
vazifalarining qariyb hammasini o’z ichiga oladi. Bundan esa, «turizm turli xil, o’zaro bog‘liq va bir–
birini taqozo etadigan kichik tizimlardan iborat murakkab ijtimoiy–iqtisodiy tizim»
2
ekanligi aniq 
bo’ladi. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, turizm sohasi O’zbekistonda jami xizmatlar sohasi 
rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchiga aylanishi, mamlakat iqtisodiyotiga valyuta 
1
Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan 
2
Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism Pearson Education, 2006. 


126 
tushumlarining salmoqli darajada oshishiga xizmat qilishi, shuningdek, respublika yoshlari uchun 
minglab ish o’rinlari yaratib beradigan yangi korxonalar tashkil etilishini ta’minlashi mumkin. Biroq, 
turizm faqat Prezident yoki hukumat qarorlari bilan taraqqiy etib ketadigan soha emas. Ayniqsa, 
bugungi sharoitda uning ravnaqi juda ko’p omillarga, xususan, davlat va nodavlat tashkilotlar 
faoliyatiga, biz – fuqarolarning amaliy harakatimizga ham bog’liq. Yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga 
oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Vatan, xalq manfaati turibdi. Barcha sohalarda islohotlar 
amalga oshirilyapti. Bunday ijobiy o’zgarishlar, rivojlanishni yangi bosqichga ko’tarish uchun, 
hammamiz o’z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz, fidoyi bo’lishimiz lozim 

Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish