References:
1. Honey M. Ecotourism and Sustainable Development: Who Owns Paradise? Island Press,
Washington, D.C., USA, 1999.
2. Kekushev V.P. Fundamentals of Management and other eco-tourism: Textbook. - M.:
MNEPU 2001.
3. Klancnik R. International Tourism up by 5,5% to 808 million Arrivals in 2005// News
Releases, WTO Press and Communications Department. - Madrid. - 24 January 2006.
4. Yegorenkov LI Environmental tourism and service. Textbook. M.: Finance and Statistics,
2003.
5.
http://www.ecotourism.org
.
O`ZBEKISTONDA ERKIN TURISTIK ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA MICE
TURIZM VA BOSHQA TURISTIK YO`NALISHLARDAN FOYDALANISHNING O`ZIGA
XOS SHAKLLARI
Asadova Aziza Olimjonovna
“Ipak yo`li” TXU Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, magistr
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada erkin turistik zonalar va MICE turizmning tavsifi batafsil
yoritilgan bo`lib, O`zbekistonda erkin turistik zonalarda MICE turizmni rivojlantirish bo`yicha
mavjud shart-sharoitlar, MICE turizmni rivojlantirishning istiqbollari va turizm infratuzilmasini
shakllanishidagi ahamiyati haqida yoritilgan bo`lib, turistik hududlarda biznes turizmni rivojlantirish
bo`yicha takliflar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Erkin turistik zonalar, MICE turizm, “Chorvoq” ETZ, investitsiya, biznes stil.
Bugungi kunga kelib turizm iqtisodiyotning bir bo`lagi sifatida o`zini yaqqol namoyon etdi va
2019-yilda turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi, bu ko`rsatkich
2018-yilga nisbatan (1 milliard dollar) 26,1 foizga o‘sganligini ko`rsatmoqda.
Butunjahon turizm tashkilotining ma`lumotlariga qaraganda, 2019-yilda dunyoda turizm
maqsadida xalqaro darajada 1,5 mlrddan ortiq sayohatlar amalga oshirilgan. Bugungi globallashuv
davrida shaharlarni ma`lum bir doirada ixtisoslashtirib rivojlantirish, soha va tarmoqlar rivojlanishini
jadallashtirmoqda. Shu o`rinda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, bir faoliyat doirasidagi
tadbirkorlar majmuini yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish, xizmat ko`rsatish va servis, mahsulotlar
sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, turizm salohiyatiga ega hududlarda erkin turistik
zonalarni tashkil qilish, turistlarga va ekskursantlarga yengilliklar yaratishga xizmat qiladi. Buning
yana bir o`ziga xosligi shundaki, mamlakatimizda xizmat ko`rsatish borasida raqobatbardoshlik va
sifatni o`sishiga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyul “Turizm to`g`risidagi” Qonunining
4-bobi 17-moddasida turistik zonalarga quyidagicha ta`rif berilgan: “Muayyan chegaralarga ega
bo`lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy. Ijtimoiy-madaniy, davolash,
sog`lomlashtirish obyektlari, shuningdek, turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira
oladiga boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani
rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida
tashkil etilgan hudud turistik zonadir”. Bundan tashqari erkin turistik zonalar erkin iqtisodiy zonalarga
tenglashtiriladi ya`ni yirik hududlarda aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi subyektlar
bir yirik hududda jamlanadi.
121
Bugungi kunda MICE turizm rivojlangan mamlakatlarda turizmning asosiy rivojlanayotgan
yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma`lumotlarga qaraganda, 2019 yilda Rossiya turizmining 45
foizini biznes turizmi tashkil etgan. Shu o`rinda aytish lozimki, bu tadbirkorlarning ko`plab chet ellik
hamkorlar bilan ishlashi, mamlakatdan chiqish va ko`plab hamkorlarning kirib kelishi hisobiga ro`y
beradi.
2019-yilda O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo`lib, 2018-yilda esa bu
ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Eng ko‘p sayyohlar Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif
buyurgan, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600
kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400
ming kishini qayd etgan. Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston
kabi davlatlardan tashrif buyurgan bo`lib, turli maqsadlarda tashrif buyurishgan. O`zbekistonda biznes
maqsadida tashrif buyuruvchilar ko`rsatkichi juda ham past va boshqa turizm maqsadlari bilan
birgalikda hali endi 2,7 foizni tashkil etmoqda. Shunday ekan, mamlakatimizda bu borada qilinadigan
ishlar juda ko`p bo`lib, keng ommaga MICE turizm to`g`risida axborotlarni tinmay berib borish,
turizm rivojlangan hududlarda MICE turizm ko`rsatkichlarini alohida sarhisobini olish maqsadga
muvofiq bo`ladi.
MICE turizm erkin turistik hududlarda rivojlanishi barqaror bo`lgan turizm turlaridan biri
sanaladi. Bu turizm O`zbekistonda hali yaxshi rivojlanmagan bo`lib, turizmning yangi maqsadli turi
hisoblanadi. Ammo mamlakatimizda MICE turizmni rivojlantirish fundamentlari avvaldan yaratilgan
bo`lib, qonun doirasida biznes-hamkorlikni yo`lga qo`yish, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etish
borasida hech qanday to`siqlar mavjud emas. Ammo bu borada kamchiliklar ko`p bo`lib, ularni
bartaraf etish yo`llarini izlab topib, tadqiqotlar o`tkazish har bir turistik subyektning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Erkin turistik zonalar hajmi jihatdan yirik komplekslar majmuini o`z
ichiga olishini inobatga olganda, u yerda MICE turizmni rivojlantirish ko`proq samara berishini
anglab olish qiyin emas.
MICE so`zi ingliz tilidagi Meeting, Incentives, Conferences, Events kabi so`zlar majmuasidan
tashkil topgan bo`lib, MICE turizm uchrashuvlar, konferensiyalar, turli tadbirlarni tashkil etish va
o`tkazish bilan bo`g`liq bo`lgan ish safarlarini o`z ichiga oladi. MICE turizmining rivojlanishi
mamlakatlararo, hukumatlararo va tashkilotlararo munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik
bo`yicha shartnomalarni imzolash, o`zaro manfaatli takliflarni almashish, yangi g`oyalarni izlab
topish, munozalari va muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali yechim hisoblanadi. Bunda
ayniqsa ish va turizmning o`zaro bog`lanishi ikki hamkor tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi.
Shu maqsadda ham erkin turistik zonalarda MICE turizmning rivojlanishiga hissa qo`shuvchi
obyektlar sonini oshirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi subyektlarni jalb qilish muhim
ahamiyatga ega.
MICE turizmni rivojlantirish mamlakatning biznes imidjini rivojlanishiga xizmat qiladi. Chunki
MICE turizmda, asosan:
ishbilarmonlar va tadbirkorlik subyektlarining bir joydan ikkinchi joyga biznes va
hamkorlikga oid harakatlarni amalga oshirishi,
ish bo`yicha uchrashuvlar hamda tadbirlarni tashkil etish,
yangi hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish,
xodimlar malakasini oshirish va treninglarda ishtirokini ta`minlash;
jamoaviy sayohatlarni tashkil etish;
yaxshi natijaga erishgan ishchi xodimlarni rag`batlantirish maqsadida sayohatlarga yuborish;
Korxona imidjini oshirish maqsadida tadbirlar tashkil etish maqsad qilinadi.
MICE turizmni rivojlanishiga xizmat qiluvchi obyektlar sifatida konferensiya zallari, ishchi
ofislar, tadbirlar o`tkaziladigan zallar, yirik savdo markazlari, mehmonxona zallari, restoranlar va
shunga o`xshash hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish mumkin bo`lgan inshootlar kiritiladi.
122
MICE turizm birinchi marta rivojlangan G`arb mamlakatlarida paydo bo`lgan bo`lib, bugungi
kunda yirik kompaniya va tashkilotlar hissasiga to`g`ri keladi. Uning markazlari sifatida AQSh,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarni misol keltirish
mumkin. Sharqda esa Xitoyni biznes uchrashuvlar markazi deyish mumkin. MICE turizm boshqa
turizm turlariga qaraganda ko`proq foyda keltiruvchi turizm turi hisoblanadi. Chunki bunda valyuta
ayirboshlash jarayoni ko`proq vujudga keladi va individual sayohatlarga qaraganda, yuqori narxlar
ko`proq rol o`ynaydi. Bundan tashqari biznes turizmning asosiy vazifasi yuqori sifatli xizmat
ko`rsatish turlaridan foydalangan holda bo`lajak kompaniya hamkorlariga yaxshi taassurotlar
qoldirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, bunday vaziyatda iqtisodiy tejash yaxshi samara bermaydi.
Shu bilan birga yuqori sifatli va yuqori narxdagi xizmatlardan foydalanish asosan tashkilotning
iqtisodiy darajasiga ham bog`liq bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda aytish lozimki, nafaqat Erkin turistik zonalarda MICE
turizmni rivojlantirish, balki butun mamlakat hududida tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish va ularga
berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, turistik zonalarni rivojlantirish, ichki va tashqi
turizmni rivojlantirish, turizmning YaIM dagi ulushini oshirish, aholining turizm va biznes
madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, erkin turistik zonalarda biznes turizmni rivojlantirish borasida
quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
1. Barcha hududlarda biznesga oid tadbirlar o`tkazish obyektlar sonini oshirish;
2. Turistik hududlarda ko`ngilochar, dam olish obyektlarini ko`paytirish;
3. Restoran va jamoaviy joylarda chekuvchi va chekmaydiganlar uchun alohida standartlarni
joriy etish;
4. Xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmat ko`rsatish obyektlari sonini oshirish;
5. Barcha hududlarda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish;
6. Ish bo`yicha mamlakat hududida safarda bo`ladiganlar uchun alohida yo`l chiptalarini joriy
etish;
7. Erkin turistik hududlarda biznes bilan shug`ullanuvchilar va ularning hamkorlari uchun ham
barcha shart-sharoitlarni yaratish (dam olish xonasi, dush)
8. Erkin turistik hududlarda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish;
9. Tadbirkorlar uchun sog`lom raqobat sharoitini yaratib berish;
10. Erkin turistik zonalarda mashinalarni ijaraga berish tizimi yo`lga qo`yish;
11. Erkin turistik zonalarda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish va unga qarshi
choralarni ko`rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |