Ikkinchi bosqich
— tashkilotga ishga qabul qilingan yosh
mutaxassislar bilan ishlash bosqichidir. Yosh mutaxassislarga
sinov muddati (bir yildan ikki yilgacha) belgilanadi, ular shu
muddat ichida boshlang‘ich ta’lim kursini (tashkilot bilan
batafsil tanishishni) o‘tishlari zarur. Ta’limdan tashqari yosh
mutaxassislar uchun bir yil davomida tashkilot bo‘linmalarida
stajirovka o‘tash ham nazarda tutiladi.
Yosh mutaxassislarning bir yil ichidagi ishlari, ularning
o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokini tahlil qilish, stajirovka rahbari
tomonidan berilgan tavsifnoma asosida stajirovkaga yakun
yasaladi va rahbar lavozimlarga ko‘tarish zaxirasiga kiritish
uchun mutaxassislarning birinchi tanlovi o‘tkaziladi. Xizmat-
kasb jihatidan ko‘tarilish tizimida mutaxassisning ishtirok etishi
to‘g‘risidagi butun axborot uning shaxsiy hujjatlari to‘plamida
qayd qilinadi hamda tashkilotning kadrlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar axborot bazasiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |