Tashqi rag‘batlantirish
korxona, tashkilot tomonidan
beriladi. Ish haqi, martabaning yuqorilashuvi, hamkasblar,
rahbarlar tomonidan bildiriladigan maqtovlar va e’tiroflar,
qo‘shimcha to‘lovlar, qo‘shimcha ta’tillar, xizmat avtomobili,
mukofotlar — shular sirasiga kiradi.
Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalariga
quyidagilarni
keltirish mumkin.
S. Bernard nazariyasi.
Ushbu nazariyaga muvofiq:
Korxona mehnat jamoasi a’zolari bo‘lgan shaxslar o‘zaro
bir birlariga bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadigan tizimni tashkil
etadi.
Korxona o‘z mehnat jamoasi a’zolariga rag‘batlantirish
orqa li ta’sir ko‘rsatadi, ana shu rag‘batlantirish hisobiga xodim-
lar korxona maqsadlariga erishish uchun o‘zlaridan talab qilina-
digan mehnat ulushini qo‘shadilar.
Xodimlarni rag‘batlantirish ularning korxonaga qo‘shayotgan
hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq bo‘lsagina ularning
mehnat samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |