Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir: Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi. Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi kichik personal. Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash. Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish. Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish. Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar. Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash. Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash. Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish. Personalni nazorat qilish - ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish. Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi: Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida bo’limlar tomonidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |