Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’’balar) rahbarlari faoliyatidir. Davlat eng avvalo, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan bozor xo’jaligi ish yuritishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Kredit beruvchilar jumladan, kredit ajratuvchi banklardir. Ular ajratayotgan kreditlari uchun iloji boricha ko’proq foiz olishdan manfaatdorlar. Zarur tovarlarni etkazib beruvchilar firma bilan uzoqmuddatli va manfaatli aloqalar o’rnatishga, iloji boricha kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad oladigan shartnomalarga erishishga harakat qiladilar. Korxona menejerlari mustaqil guruh sifatida faqat menejerlar tashkilotida ahamiyat kasb etadilar. Ular prinsip jihatidan o’zlari manfaatlarini himoya qiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini qondirish istagidalar. Menejerlar ishlab chiqarish manfaatlari b.ilan bir qatorda o’z manfaatlarini (mustaqillik, hokimiyat, e’tirof, kar’era) ham ko’zlaydilar. Sarmoya egalari korxona mulkdorlari hisoblanadilar. Ular, bir tomondan, korxonaga qo’yilgan sarmoyani saklash va ko’paytirishdan, ikkinchi tomondan foyda (dividend) olishdan manfaatdorlar. Personal (yollanma ishchilar) o’z ish joyi muqim bo’lishi, iloji boricha yuqori ish haqi olish, ijtimoiy kafolatlar, yaxshi mehnat sharoiti hamdao’z korxonasining nufuzidan manfaatdor. Mijozlar (mehnat faoliyati natijasi, iste’molchilari) ular uchun zarur bo’lgan sifatli va arzon mahsulotlarni o’zlari uchun manfaatli shartlar bilan olishni xohlaydilar.. Jamoatchilik (masalan, ommaviy axborot vositalari, partiyalar, birlashmalar, fuqaro yig’inlari va hokazolar) guruhlararo manfaatlar himoyachilari sifatida maydonga chiqadilar. Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligi Mehnat munosabatlari quyidagi omillarga bog’liqdir: shaxsning amaliy sifatlari; shaxsning ahvoli (uning maqsadlari, psixofiziologik qobiliyati, ma’naviy xislatlari, ziyoliligi); xodimlar malakasi; xodimning korxonadagi vaziyatdan hamda korxonani rivojlantirish istiqbolidan xabardorligi; mehnatga haq to’lash miqdori, mukofot va imtiyozlar, ish haqi oshish istiqbollari; mehnat tarkibi va taqsimoti; mehnatning tashkil etilishi va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi; xodimlarning ishlab chiqarishdagi shaxsiy maqsadlari, ijtimoiy muhit; xodimlar va rahbarlar, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar; boshqaruv uslubi. Mazkur omillar har bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga qarab yaxlit tizimni tashkil etadi. Personalni samarali boshqarish ana shu omillarni bilish va shu orqali korxonadagi tabiiy jarayonlarni rivojlantirishga, xodimlar salohiyatini korxona maqsadlariga yo’naltirishga bog’liqdir. E’tiboringiz uchun RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |