Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi


I BOB. PERSONALNI BOSHQARISH ASOSLARI



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/32
Sana28.06.2022
Hajmi1,88 Mb.
#713037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
personal

I BOB. PERSONALNI BOSHQARISH ASOSLARI
1.1. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va 
vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi
Mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib topishi 
personalni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga 
oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan, korxona va tashkilotlarning 
bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mavqelarini saqlab qolishi, 
ularning raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish maqsadida personalni boshqarish 
sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ilmiy 
va amaliy usullari to‘g‘ri tanlanishini talab etadi.
Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» 
tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda 
kadrlar boshqaruv tizimi va jamoani ijtimoiy rivojlantirishning 
funksional kichik tizimi mavjud edi.
Korxona va tashkilotdagi kadrlarni boshqarish bo‘yicha 
asosiy tarkibiy bo‘linma kadrlar bo‘limi bo‘lib, unga kadrlarni 
ishga qabul qilish va bo‘shatish, shuningdek, o‘qitish, malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. 
Ayni paytda, kadrlar bo‘limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil 
etish va ish haqi bo‘limlari, mehnatni muhofaza qilish va 
xavfsizlik texnikasi bo‘limlari, kadrlarni boshqarish vazifalarini 
bajaradigan xususiy bo‘limlar va boshqa bo‘linmalar bilan 
tarqoq holda ish olib borardi. Shu sababli ham, kadrlar bo‘limi 
xodimlarni boshqarish va ularga me’yoriy ish sharoitlari yaratib 
berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarish 
imkoniyatiga ega emasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti 


8
chuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda personalni 
boshqarish sohasida 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
ga 
muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng 
muhimlari: ya’ni, 
ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda 
o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil 
qili
sh va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni 
hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlar boshqarish tizimini 
axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh 
lavozimlarga
nomzodlar tanlash va baholash; kadrlar potensiali 
va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar 
marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; 
xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat 
jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning 
huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, 
ergonomikasi va mehnat etikasidan 
iboratdir.
«Personalni boshqarish» fanining predmeti korxonalarning 
samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq 
ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda personalni 
boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay biladigan darajadagi 
ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab 
chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi 
personalni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy professional 
bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ya’ni, «Personalni 
boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish 
usullari va tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy 
masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tatbiq 
etish jarayonlaridan iborat.
Ushbu «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha tuzilgan 
namunaviy dasturda nazariy faoliyatda uchraydigan 


9
muammolarning mazmun mohiyati ochib berilishiga asosiy 
e’tibor qaratilgan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish