Personalni boshqarishdan mehnat jamoasi shartnomalari va kelishuvlari


Personalni boshqarish bilan inson resurslarini boshqarish



Download 182,5 Kb.
bet10/11
Sana30.04.2022
Hajmi182,5 Kb.
#599635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Personalni boshqarishdan mehnat jamoasi shartnomalari va kelishuvlari

Personalni boshqarish bilan inson resurslarini boshqarish o’rtasidagi tafovutlar7

t.r.

Xususiyatlar

Personalni boshqarish

Inson resurslarini boshqarish

1

Atrof-muhit

Mamlakat doirasida, ichki

Global darajada, tashqi

2

Tashkiliy vazifalar

Tezkor, ishchi kuchini jalb etish, saqlash, rag’batlantirish

Strategik, pirovard natijalar

3

Boshqaruv uslubi

Funksiyali

Sheriklik

4

Personal bilan ishlash xodimlari

Tor ixtisosli mutaxassislar

Keng ixtisosli mutaxassislar

5

Korxona, tashkilot personali bilan ishlash

Mehnat nizolarini hal etadi

O’zaro munosabatlarni uy’gunlashtiradi

6

Amaliy ish uslublari

Tor yo’nalishda – diqqat markazida alohida xodim turadi

Keng yo’nalishda – diqqat markazida butun personal turadi



Ushbu jadvaldai inson resurslarini boshqarish tobora global tus olayotganligini kuzatish mumkin. Ya’ni, inson resurslarini boshqarish ekologiya, sog’liqni saqlash, ta’lim masalalari bilan uzviy bog’liqlikni tashkil etmoqda.
Personal bilan tashkiliy ish olib borish avvallari asosan xodimlarning kundalik masalalarni hal etishiga qaratilgan bo’lsa, hozirgi vaqtda korxonaga oid strategik masalalar tobora birinchi o’ringa ko’tarilmoqda.
Inson resurslarini boshqarish bo’yicha xizmatlar korxona asosiy ta’minotchilari va mijozlari bilan bog’liq masalalar bilan ham shug’ullanadilar. Agar kadrlar bo’limlarining asosiy vazifasi ishchi va mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularni joy-joyiga qo’yish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, rag’batlantirishdan iborat bo’lsa, inson resurslarini boshqarishda pirovard natijalar: korxona raqobatbardoshligi, rentabellik, ishchi kuchining raqobatchilarnikiga qaraganda yuqori malakaligi va demakki, yuqori samara keltira olishi faoliyatning asosiy mezoniga aylangan.
Inson resurslari bo’yicha mutaxassislar keng ixtisosli xodimlar bo’lishi kerak. Ular personal bilan ishlashda avvalgi vaqtlardagi korxona mehnat nizolarini oldini olish bilan shug’ullanish o’rniga e’tiborni ko’proq mehnat jamoasi a’zolari o’rtasida uyg’unlikni, do’stona muhitni yaratishga qaratmoqdalar.
Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko’rsatishlari mumkin:

  1. Mehnat unumdorligini oshirish.

  2. Mehnat sifatini yaxshilash.

  3. Huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

  4. Raqobatda ustunlikka erishish.

5.Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish.
Yuksak samara bilan ishlayotgan kompaniya va firmalar inson resurslarini boshqarish xizmatining asosiy vazifalari 1.7- rasmda aks etgan.
Bugungi kunda inson resurslarini boshqarishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan tashqi va ichki muhitni o’rganish, tahlil etishga hamda inson resurslarini rejalashtirishga bog’liqdir. Inson resurslari sohasidagi faoliyatning barcha turlarida huquqiy me’yorlarning roli beqiyosdir.
Bular qatorida tashqi muhitning boshqa jihatlarini, shu jumladan mamlakat ichkarisidagi vajahon bozoridagi raqobatni, demografik o’zgarishlar va ishchi kuchlari o’zgarishini hamda umumiy iqtisodiy va tashkiliy tendensiyalarni o’rganish va tahlil etib borish talab qilinadi. Kompaniya yoki firma ichki muhitining muhim xususiyatlari qatoriga korxona yoki tashkilot strategiyasi, maqsadlari, yuqori daraja rahbariyatning maqsad va qadriyatlari, mehnat madaniyati va tarkibi kiradi.
Ushbu xususiyatlarni muntazam o’rganib borish va tahlil etish kompaniya yoki firma ehtiyojlarini ta’minlashni kafolatlash bilan bir qatorda, inson resurslarini boshqarish bo’yicha chuqur asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Inson resurslarini rejalashtirish qisqa muddatli va istiqbolli bo’ladi. Rejalashtirishda ish joylari uchun kerak bo’lgan ishchi va mutaxassislar malakasi va qobiliyatlarini aniqlash uchun kompaniya yoki firmadagi mehnat jarayonini chuqur tahlil etish kerak bo’ladi.





Inson resurslariga ehtiyojni rejalashtirishda yuqorida qayd etilgan jihatlarni hisobga olish:
1. Bugun qanday malakaga ega bo’lgan va qancha miqdordagi personal kerak hamda kelgusida qancha kerak bo’lishini.
2. Ana shunday personalni qaysi yo’l bilan (ishchi va mutaxassislarni tashqaridan jalb etish orqali yoki korxonada mavjud bo’lgan ishchi kuchidan foydalangan holda) ishga jalb etish.
3.Personalni o’qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun qanday o’rgatuvchan va personalni rivojlantiradigan dasturlar zarur bo’lishini aniqlash imkonini beradi.
Kompaniya yoki firmaning inson resurslariga qo’shimcha ehtiyoji ma’lum bo’lgandan so’ng personalni tanlash yuzasidan amaliy ishga kirishiladi.



Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish