Vazirlik o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalar
va ular bo`yicha boshqaruv jarayonini amalga oshiradi:
1. Mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash;
2. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash;
3. Mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni tashkil etish, uning shart-sharoitlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish;
4. Pensiya xizmati va davlat ijtimoiy sug’urtasi bo`yicha nafaqalar bilan ta’minlash;
5. Ijtimoiy xizmat ko`rsatish sohasini yanada rivojlantirish;
6. Tibbiy mehnat ekspertizasi va nogironlarni sog’lomlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi va uni boshqarib boradi;
7. Moliya va xo`jalik faoliyati bo`yicha tadbirlar ishlab chiqadi va uni boshqarib boradi.
Vazirlik faoliyatini tashkil etish. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazir vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Vazirning Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan uch nafar o`rinbosari, shu jumladan, bir nafar birin chi o`rinbosari bo`ladi.
Vazir vazirlik, uning tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va o`quv yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, o`z vakolatlari doirasida tasarrufidagi barcha tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko`rsatmalar va topshiriqlar beradi:
— Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo`yicha normativ hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
— vazir o`rinbosarlari o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi, tarkibiy bo`linmalar rahbarlarining, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining ular zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uliyati darajasini belgilaydi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondi doirasida vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari to`g’risidagi nizomlarni, tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
— Vazirlik markaziy devoni xodimlarini va vazirlikka bevosita bo`ysunuvchi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini, viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga ko`ra mehnat va ijtimoiy muhofaza bo`yicha hududiy bosh boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, shuningdek, tuman (shahar) bo`limlari va boshqa tasarrufdagi muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik beradi;
— Vazirlik markaziy devoni xodimlarini moddiy rag’batlantirish shart - sharoitlarini belgilaydi, alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlarni
VAZIR
Demografiya, mehnat bozori va ish bilan bandlik boshqarmasi — 6 xodim
Vazirning o’rinboasri
Vazirning o’rinboasri
Vazirning birinchi o’rinboasri
Mehnat, ish bilan bandlik va ijtimoiy himoya sohasida monitoring hamda normative hujjatlar tayyorlash boshqarmasi
Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi
Ish bilan bandlikka yordam berish jamg’armasi daromadlar va harajatlar bo’limi — 3 xodim
Pensiya ta’minotini tashkil etish boshqarmasi
Xotin qizlar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish bo’limi
Ijtimoiy yordam va qo’llab-quvvatlashni tashkil etish boshqarmasi
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi — 3 xodim
Mehnatga haq to’lash va uni normalash bo’limi íîðìàëàø áыëèìè
Davlat mehnat huquqiy inspektsiyasi
Ishlar boshqarmasi
Pensiya jamg’armasining daromadlar va harajatlar boshqarmasi
Maslahatchi yurist
Pensiya jamg’armasining daromadlar va harajatlar bo’limi
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo’limi, kanselyariya
Pensiya ta’minoti bo’yicha nazorat taftish bo’limi
Ijtimoiy ta’minotni ta’minlashni moliyalsh bo’limi
16.2-chizma. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Do'stlaringiz bilan baham: |