Personalni boshqarish



Download 2,9 Mb.
bet172/195
Sana12.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#659984
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195
Bog'liq
Personalni boshqarish

Ijtimoiy-mehnat sohasi ham xodimlarning ijtimoiy holati shakllanadigan, barqaror amalga oshiriladigan va o`zgaradigan aniq ijtimoiy muammolar majmuidan iborat bo`lib, uni ham boshqarib borishi zarur.
Mehnatni boshqarish vazifalari jumlasiga, avvalo, ish samaradorligi va sifatini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning muvozanatliligi va mutanosibligini ta’minlash, mehnatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirib borish, insonni har tomonlama kamolga etkazish uchun shart-sharoitlarni yaratish, mehnat jamoalarini rivojlantirish va boshqarishdagi ularning rolini oshirish kiradi.
Mehnatni boshqarish funktsiyalari — qo`yilgan maqsadlar va vazifalarga erishish uchun boshqarish ob’ektlariga nisbatan amalga oshiriladigan harakatlar bo`lib, ular orqali mehnatni boshqarish mexanizmi ishga solinadi.
Mehnatni boshqarish jarayoni boshqaruv vazifalarini hal qiladigan real tizimi mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Bu tizimni ikki tomondan olib qarash mumkin. Bir tomondan olib qaraganda, u mehnat sohasidagi boshqarish munosabatlarining yig’indisidir. Mazkur holda mehnatni boshqarish tizimining xodimlarni boshqarish, mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish, mehnat unumdorligi va sifatini boshqarish, mehnatga qiziqtirishni va mehnatni rag’batlantirishni boshqarish ijtimoiy mehnat munosabatlarini boshqarish funktsiyalari mavjud bo`ladi.
Boshqa tomondan qaraganda, mehnatni boshqarish tizimini tashkil etadigan maxsus xizmatlar mehnat va ish haqi bo`limi, mehnatni tashkil qilish bo`limi, kadrlar bo`limi, xodimlarni boshqarish xizmati mehnatni boshqarish institutsional shaklining bo`g’inlaridir.


2. Mehnatni boshqarish turlari va usullari


Mehnatni boshqarish turlari jamiyatdagi boshqaruv xarakteri mezonidan, ya’ni pirovard natijada ijtimoiy tuzum xarakteridan aniqlash mumkin. Mehnatni boshqarish barqaror rivojlanayotgan jamiyatda ishlab chiqarishni boshqarish va butun jamiyatni boshqarish bilan bir xildagi xarakterga ega bo`ladi. hokimiyatning ijtimoiy barqarorligi, mustahkamligining kafolati mana shu muvofiqlikdadir.


Boshqaruv xarakterini belgilaydigan jamiyatdagi hokimiyat yoki demokratik yoki diktatura bo`lishi mumkin. Boshqaruvning demokratik turi ko`pchilikning to`la qimmatli fuqarolik sub’ektligini, mustabid turi esa ozchilik tomonidan sub’ektlik huquqlarining o`zlashtirilishini anglatadi.
Mehnatni boshqarishning mustabid turi —to`la diktatura. Uning aksi — mehnatni demokratik boshqarish, uning zaruriy va farqlovchi belgisi haqiqiy ko`p sub’ektlilikni to`la me’yorda rivojlantirish va erkin (demokratik qabul qilingan qonun makonida) amalga oshirish hisoblanadi.
Mehnatni boshqarishning eng so`nggi aniq turlaridan tashqari oraliq turlari ham mavjud. Mehnatni boshqarishning oraliq turini avtoritar, o`zini o`zi boshqaradigan deb qaraladi.
Ijtimoiy mehnat jarayonlari va uning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o`tkazishning printsipial usullari mehnatni bosh qarish usullari deyiladi. Mehnat jarayonlari uchta asosiy usul bilan boshqariladi:
1) boshqaruvchining boshqariluvchilarga va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bevosita ko`rsatmalar asosida ta’sir etish usuli;
2) boshqaruvchining boshqariluvchilari va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bilvosita manfaatlar orqali ta’sir etish usuli;
3) jarayon ishtirokchilarining o`zlari qaror qabul qilib, o`zlari ijro etadigan o`z-o`zini boshqarish usuli.
Mehnatni boshqarish turi bilan mehnatni boshqarish usullari o`rtasida, tabiiyki, aloqa mavjud. Bu diktatura boshqarishning turi go`yoki faqat direktiv usullaridan, demokratiya turi faqat bilvosita usullaridan foydalanishida va shu kabilarda ifodalanmaydi. Boshqaruvchining har qanday turida turli usullardan foydalaniladi. Faqat ularning nisbati va ommaviy kombinatsiyasi boshqaruv va hokimiyatning har xil turlarida turlicha bo`ladi.
Mehnatni boshqarishning direktiv usullariga misol— mehnat to`g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan har qanday taqiqlovchi normalardir. Mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori qonun yo`li bilan ish kuni, ish haftasi, ish yilining davomiyligini belgilash, ishdan tashqari ishlar davomiyligining yig’indisi, mehnat shart-sharoitlari standartlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Bilvosita usullar ishlovchiga turli variantlardan tanlash biroz tezroq yoki biroz sekinroq ishlash, ko`proq yoki kamroq hafsala bilan ishlash, ilg’or tajribani o`rganish yoki o`rganmaslik va boshqa hollarda qo`llaniladi. Mehnatni boshqarish shakllariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
— mehnatni boshqarishning davlat shakllari;
— mehnatni boshqarishning shartnoma shakllari;
— ijtimoiy mehnat munosabatlari u yoki bu sub’ektining ijtimoiy faollik shakllari.












16.1-chizma. Mehnatni boshqarish kichik tizimlari.



Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish