16-MAVZU. BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA MEHNATNI BOSHQARISH 1-ma’ruza. 2 sоat.
1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
2. Mehnatni boshqarish turlari va usullari
3. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnatni boshqarishdagi roli
1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
Mehnat masalalari millionlab odamlarning hayotiy manfaatlariga taalluqlidir. Ayrim hollarda ularni hal etish jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy realliklarni hisobga olgan holda keng yondashishni talab qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsad qo`yishi, topshiriqlarni taqsimlashi, ularning bajarilishini kuzatib borishi, odamlarni qandaydir yo`l bilan mehnatga undashi, ularning harakatlarini kelishtirib borishi kerak. Mehnatni boshqarish tabiati, usul va vositalari ham bunday holatda o`zgarmay qolmaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi bosqichida mehnatga va ijtimoiy mehnat munosabatlariga ta’sir etishning yangi shakl va usullarini qo`llash zarur. Eng umumiy tarzda boshqarish biron-bir narsaga tartiblashtirish, sifat xususiyatlarini saqlab qolish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida ta’sir etishni anglatadi.
Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir. Mehnatni boshqarish ob’ektiv zaruriyati birgalikdagi mehnat, uning kooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bunda shu narsa ayon bo`lib qoldiki, boshqarishning maqsad, mazmun va funktsiyalari ishlab chiqaruvchi kuchlar va mehnatning o`zi rivojlangan sayin o`zgarib, avvalo, ishlab chiqarishning har bir mazkur turiga xos bo`lgan mehnatning ijtimoiy tuzilishi bilan belgilanadi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish ob’ektlari hisoblanadi.
Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab chiqarish tashkilotchisini, ishlab chiqarish boshqaruvchisini boshqa omillar — kapital, er, asosiy ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va shu kabilar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi va erkinliklari, o`z manfaatlari va adolat to`g’risidagi tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o`zini himoya qilish uchun birlashish huquqi va shu kabilar bor. ¨llanma ishchi o`zining mehnat qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki kontraktda aytib o`tilgan shartlarda mehnat qilish majburiyatini oladi.
Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish kerak bo`ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas, balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan tirik odamlarning jamiyat va bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarning butun majmuasini boshqarishga to`g’ri keladi.
Mehnat bilan chambarchas bog’langan jarayonlar va munosabatlar doirasi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarni amalga oshirishda mehnat bilan bog’liq shart-sharoitlarni amalga oshirish (tashkil etish, haq to`lash, intizom, borasida, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi) munosabatlarida ustuvorlik qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |