M U N D A R I J A
Malaka ish boblari va paragraflari
|
Beti
|
Kirish
|
5
|
I-bob.
|
Professional ta’lim muassasalarida ijobiy psixologik muxit yaratishning nazariy asoslari.
|
7
|
1.1.
|
Ta’lim muassasalarida sog’lom psixologik muxit yaratishning o’ziga xos hususiyatlari.
|
7
|
1.2.
|
Psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini samarali tashkil etishda psixologning vazifalari.
|
13
|
II-bob.
|
Professional talim muassasalarida sog’lom psixologik muxitni barqarorlashtirish borasidagi bajariladigan ishlar.
|
18
|
2.1.
|
Psixologik xizmat yo’nalishida salbiy holatlarni oldini olish maqsadida qilingan ishlarning muxim jixatlari.
|
18
|
2.2.
|
Kasbiy moslashtiruv ishlarni amalga oshirishda psixologik xizmat hodimining ro’li
|
21
|
Xulosa
|
27
|
Takliflar
|
27
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
|
28
|
Ilovalar
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz o’zining O’zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo’lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o’zaro ajralmas, bir-birini to’ldiradigan, o’zaro ta’sir, aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo’ygan talablar asosida qaror toptirishga ko’maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir.
Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo’nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko’pgina olimlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 12 iyulda “O’quvchilarni psixologik – pedagogik qo’llab- quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to’g’risida “ qarori e’lon qilindi. Qaror bilan Umumiy o’rta va o’rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.Hozirgi davrda turli ko’rinishdagi axloqiy – ruhiy tahdidlar, ya’ni kompyuter o’yinlari va internet qaramlik, agressiya, tajovuskor kayfiyat, tengqurlar orasidagi nizolar, maqsadsiz hayot tarzi, tamaki va spirtli ichimliklar iste’mol qilishga moyillik, oilaviy muammolar ( ajrimlar, oiladagi nizolar, ota- ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar qrtasidagi nikox), “ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirlariga tobelik, o’z joniga qasd qilish xolatlari bugungi kunda sog’lom psixologik muhit yaratishning dolzarb muammolari bo’lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |