Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


II bob. Professional talim muassasalarida sog’lom psixologik muxitni barqarorlashtirish borasidagi bajariladigan ishlar



Download 204,5 Kb.
bet6/9
Sana22.07.2022
Hajmi204,5 Kb.
#839333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5321235927354318216

II bob. Professional talim muassasalarida sog’lom psixologik muxitni barqarorlashtirish borasidagi bajariladigan ishlar.


2.1. Psixologik xizmat yo’nalishida salbiy holatlarni oldini olish maqsadida qilingan ishlarning muxim jixatlari.
Psixoprofilaktik ish- psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko’proq ko’plab adabiyotlarda aks etgan.
Psixoprofilaktika bu [yun. profilaktikos – saqlovchi, oldini oluvchi] – odamlarning uzoq umr ko'rishi, ishlash qobiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilash, kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko’rsatiladi:
Birinchi bosqich- dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki ta’lim muassasalarida barcha o’quvchilarni qamrab oladi. Ular twxnikum psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich- profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi – o’qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqichda ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi bolaning o’qishi o’zgarishi uchun ta’lim uslubini o’zgartirish.
Uchinchi bosqich- Psixolog o’qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi – jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar:

  1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish.

  2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtini oldini olish hisoblanadi.

  3. Ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish asosan ish emas. Bunga ta’lim muassasasida o’qituvchilarning bola haqida ko’p gapirishlari dalil bo’ladi. Chunki ta’lim muassasasida o’quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy hislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo’q.

Ta’lim tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual o’qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu hislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda, bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o’quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo’ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo’llaydilar, chunki bu ko’zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Bunday diagnostik ishining asosiy maqsadi – o’quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko’p qirrali va to’liq diagnostika natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o’quvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining yo’llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, bu usulni qo’llash juda ko’p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo’lmaydi. Bu usul ko’p vaqtni talab qilganligi uchun faqatgina psixolog emas, «tarbiyasi qiyin» o’quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o’zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma’lum bo’lishicha, ayniqsa og’zaki metodikalar qanchalik to’liq bo’lmasin, qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari bunday metodiklar shaxsni to’liq xarakterlash uchun etarli bo’lmaydi.
Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo’lish kerak? Psixolog javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud.
Birinchisi, rasmiy iltimosga o’ziga xos bo’lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi.
Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida uning mazmuniga bog’liq bo’lmagan holda psixodiagnostik metodlar to’plami qo’llaniladi.
Ikkinchidan, rasmiy talabga o’ziga xos javob qaytarishning usuli bo’lib, mashhur amerikalik psixolog K. Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to’g’ri hisoblanadi. Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit uni xulq-atvorning salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin.
Rasmiy iltimosga o’ziga xos bo’lmagan javob qaytarishga teskari uslub – bu rasmiy talabga qat’iy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: Masalan: yomon o’zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday diagnostika o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa ko’rsatkichlar qaraladi. Diagnostika natijalariga mos ravishda, ko’pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. Masalan: xotira kuchsiz rivojlanganda, uni maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik etarli darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus dasturlari kiritiladi.
Psixoprofilaktikaning asosiy vazifalari bo'lib:
1. har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi aqlan barkamollikni ta'minlashning oqiloni shart-sharoitlarini yaratish.
2. shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan psixologik buzilish va nuqsonlarning o'z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi quyidagilar:
a) kasallik qo'zg'atadigan sabablarning organizmga ta'sirini kamaytirish va yo'qotish
b) kasallik rivojlanishiga yo'l qo'yilmaslik uchun unga erta tashxis qo'yish va samarali davolash
c) to'la-to'kis davolash va kasallik qaytalanishi va uning surunkali turlarga o'tib ketishining oldini olishga qaratilgan choralar ko'rish.

Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish