sug’urtalanuvchilarning sug’urta badallari, tadbirkorlarning sug’urta badallari va davlat
subsidiyalari.
Sug’urtalanuvchilarning badallari bevosita ularning foydasidan ajratiladi va mohiyatiga
ko’ra, to’g’ri maqsadli soliq hisoblanadi. Badal stavkalari ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda
daromad hajmidan katiy nazar, ma’lum foizlarda belgilanadi va bu yillik maksimal badal summasi
yoki maksimal daromad stavkasini belgilashda inobatga olinadi. Sug’urtalanuvchilar va
tadbirkorlar uchun esa sug’urta stavkalari amal kiladi. Ba’zi davlatlarda (GFR) stavkalar ikkala
guruh to’lovchilari uchun bir xil bo’lsa, boshqa bir mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya)
stavkalar turlicha bo’ladi. Ko’p davlatlarda sug’urtalanuvchilar uchun stavkalar daromadiga ko’ra
foiz hisobida belgilanadi, tadbirkorlar uchun esa jami ish haqi jamg’armasiga emas, balki oldindan
belgilab qo’yilgan jami maksimal ish haqiga qarab belgilanadi va maksimal hajmdan oshgan
summa hisobga olinmaydi. Shuning uchun ham kompaniyada malakali mutaxassislar ulushining
ko’pligi ular ish haqining ijtimoiy jamg’armalarga shunchalik kam pul mablag’lari o’tkazishiga
olib keladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, maxsus fondlarning mablag’larini ishlatilishiga qarab
iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy va mol-mulkini sug’urtalash, ilmiy-tadqiqot, harbiy-siyosiy, xalqaro
fondlarga bo’linadi. Iqtisodiy fondlarning mablag’lari xususiy kompaniyalar va kam rentabelli
davlat korxonalarini, asosan, iqtisodiyotni rivojlanish tsikllarining krizis paytida moliyalashtirish
uchun yo’naltiriladi.
Iqtisodiy jamg’armalar xo’jalik faoliyatini tartibga solish uchun mo’ljallangan bo’ladi,
masalan investitsiya va kon’yunkturaga oid jamg’armalar shular jumlasidandir. Bunday
jamg’armalarning mablag’lari davriy inqiroz davrida «xususiy kompaniyalar va past rentabelli
davlat korxonalariga yo’naltiriladi. Bunday yordamlar esa, beg’araz subsidiyalar va imtiyozli
kreditlar ko’rinishida ko’rsatiladi.
AQShda federal byudjetning mablag’lari hisobidan shakllanadigan iqtisodiyotni qayta qurish
va rivojlantirish fondi mavjud. Uning asosiy vazifasi — xususiy sanoat kompaniyalarini bank
operatsiyalarida sug’urtalashdan iborat.
Frantsiyada ikkinchi jahon urushi tamom bo’lgandan keyin «Modernizatsiya fondi»
shakllandi, boshqa fondlar bilan birlashgandan so’ng, 1955 yilda «Iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish fondi» shakllantirildi. Fond investitsiya dasturlarini, shuningdek, mintaqalarni
rivojlantirish rejalarini, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni, ishchi kuchlarini
qayta tayyorlash va sanoat korxonalarini industrial markazlardan boshqa rayonlarga o’tkazishni
moliyalashtiradi. Milliylashtirilgan va xususiy korxonalarga umudavlat rivojlantirish dasturlari
asosida mablag’lar qaytarilmaydigan ssuda va uzoq muddatli imtiyozli kredit ko’rinishida beriladi.
Fan va texnika yanada taraqqiy etishi natijasida, sanoatda ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-
quvvatlovchi va shu yo’nalishdagi turli tadqiqotlarni amalga oshiruvchi davlat ilmiy markazlarini
ta’minlashga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot jamg’armalari tashkil qilinish zaruriyati tug’ildi. Shunga
ko’ra ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda turli ilmiy, jamg’armalar tashkil qilingan bo’lib, ular
federal byudjet tushumlari, sanoat korxonalari foydalaridan ajratmalar, shu bilan birga, universitet
va kollejlardan tushadigan badallar hisobidan shakllanadi. Bu jamg’arma fundamental tadqiqotlar
bo’yicha turli dasturlar, ilmiy darajaga erishganlik uchun mukofotlar, ilmiy markazlar qurish,
kadrlar tayyorlash, tajriba o’tkazuvchi kompaniyalar faoliyati va undan olingan natijalarni sanoat
va qishloq xo’jaligida qo’llanilish va boshqa shu kabi sohalarni moliyalashtirishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: