2. Xorijiy mamlakatlarda davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining
tarkibi va turlari
Xorijiy mamlakatlarda amaldagi maqsadli fondlarning tasniflanishini ko’rib chiqamiz.
Maqsadli jamg’armalar huquqiy maqomi va ishlatilish maqsadlariga ko’ra farqlanadi.
Huquqiy maqomiga ko’ra maxsus fondlar davlat va mahalliy fondlarga ajratiladi. Federativ
davlatlar (AQSh, Kanada)da federatsiya a’zolari ham maxsus fond tashkil qilish huquqiga ega.
Davlat maxsus fondlari markaziy hokimiyat ixtiyorida bo’ladi. Bularga eng muhim fondlar:
investitsiya, valyuta, ijtimoiy sug’urta va boshqa jamg’armalarni kiritishimiz mumkin. Mahalliy
hokimiyat organlari ixtiyorida esa ko’p miqdorda mahalliy jamg’armalar mavjud bo’lib, ulardan
eng kattasi zayom jamg’armasi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada bunday jamg’armalar XIX asrdan
buyon mavjud, bulardan, asosan, kapital jamg’armalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Maqsadli fondlar ishlatilish maqsadlariga kura, iqtisodiy, ilmiy-tadqiqiy, kredit, ijtimoiy,
shaxsiy va mulk sug’urtasiga oid, harbiy-siyosiy yoki davlatlararo rivojlantirish bo’yicha davlat
dasturlari asosida faoliyat yurituvchi fondlarga bo’linishi mumkin. Kredit jamg’armalari
Frantsiyada katta ahamiyatga ega bo’lib, ular jumlasiga «Frantsiya banki», «Tashqi savdo banki»,
“Depozit-omonat kassa fondlari”ni kiritishimiz mumkin.
AQSh da 2 ta yirik fond mavjud. Ular «Milliy ilmiy fond» va «Byuro standartlarining ilmiy
fondi» deyiladi. Birinchi fondning mablag’lari Federal byudjetdan ajratilagan mablag’lar, sanoat
korxonalarining foydasidan ajratmalar hisobiga va universitet va kollejlarning ajratmalari hisobga
shakllanadi. Fonddan fundamenal tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, ilmiy izlanishlar uchun
mukofotlar, ilmiy markazlar qurilishi uchun, kadrlar tayyorlash kabi xarajatlar moliyalashtiriladi.
Ikkinchi fonddan kompaniyalarning tadqiqotlar o’tkazishiiga sharoit yaratish, ilmiy
izlanishlarni sanoat va qishloq xo’jaligiga etkazish uchun moliyalashtiriladi.
Buyuk Britaniyada davlat byudjetiga bog’liq bo’lmagan va alohida mustaqil balansga ega
bo’lgan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish «Milliy korporatsiya fondi» mavjud. Uning mablag’lari
yangi ixtirolarni ishlatish huquqi beradigan litsenziyani sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga
shakllanadi. Davlat fondga muddatsiz avanslar va har yili subsidiyalar beradi. U ilmiy tekshirish
natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etayotgan xususiy korxonalarni kapital qo’yilmalarini va unga
bog’liq muammolarni hal qilish xarajatlarini moliyalashtiradi.
Buyuk Britaniyada Milliy korporatsiya fondi davlat byudjetidan holi ravishda tadqiqotlarni
rivojlantirish bo’yicha mustaqil balansga ega. Davlat bu jamg’armaga muddatsiz avans va yillik
subsidiyalar beradi. Bu mablag’lar hisobidan esa turli muammolarning ilmiy echimlari va olingan
natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq etuvchi xususiy muassasalar faoliyati moliyalashtirib boriladi.
Shuningdek, davlat universitetlari, milliy va xususiy kompaniyalar laboratoriyalarida olib
boriladigan tajriba ishlarini qo’llab-quvvatlab, ularni sanoatda o’zlashtirilishiga keng imkoniyatlar
yaratib beradi.
Ijtimoiy fondlar aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan resurslardir. Keyingi
yillarda ijtimoiy fondlarning hajmi AQSh da ijtimoiy dasturlarning amalga oshirish uchun turli
darajada boshqariladigan ko’p sonli ijtimoiy fondlar faoliyat ko’rsatadi. Bulardan uchta eng yirik
fondlarni ko’rsatish mumkin. «Keksayganda, nogironliknida va boquvchisini yo’qotganda
sug’urtalash fondi», «Davlat xizmatchilarini sug’urtalash fondi», «Muhtojlarga yordam fondi»
mavjud.
«Yaponiyada davlatning maxsus fondlari moliya resurslarini tashkil etishning shakli bo’lib,
ular markaziy yoki mahalliy hukumat tasarrufida va maqsadga qaratilgan holda mavjud bo’ladi.
Ular moliya tizimining muhim bo’lagi hisoblanadi. Bu fondlarni tashkil etish va sarflash tartibi
moliya huquqi orqali aniq va qatiy belgilanadi. Byudjetdan tashqari fondlar davlat mulki
hisoblanadi va ko’rsatilganlaridan boshqa maqsadlarga sarf qilinishi mumkin emas. Byudjetdan
tashqari fondlar markazlashgan yagona pul fondi - byudjetdan ancha avval maxsus fondlar va
o’ziga xos hisobraqamlar ko’rinishida mavjud bo’lgan. Davlat o’zining faoliyat doirasini
kengaytirilishi bilan tobora yangi xarajatlarga ehtiyoj seza boshladi. Ularni qoplash uchun
mablag’lar maxsus fondlarda to’plandi va maxsus maqsadlarga qaratildi»3. Bu fondlar hajmining
kengayishiga bir qator sabablar mavjud: birinchidan, davlat organlarida tadbirkorlikning ho’jalik
hayotiga aralashishi va ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun qo’shimcha mablag’lar paydo
bo’lmoqda, ikkinchidan, bu fondlar byudjetdan mustaqil holda davlat tomonidan alohida e’tibor
qaratishi lozim bo’lgan muhim muammolarni hal qilish uchun mo’ljallangan, uchinchidan,
byudjetdan tashqari fondlar ma’lum sharoitlarda, ya’ni aktiv qoldiqqa ega bo’lganda byudjet
taqchilligini qoplash uchun ishlatilishi mumkin.
Germaniyadagi ijtimoiy sug’urta fondi tarkibida juda ko’p avtonom fondlar bor, ular ijtimoiy
sug’urtaning alohida turlarini qamrab oladi. «Ishchi va xizmatchilarning pensiya fondi»,
«Bemorligi uchun sug’urta fondi», «Ishsizlikdan sug’urtalash fondi» va boshqalar.
Buyuk Britaniyada ikkita asosiy ijtimoiy fond mavjud: «Milliy sug’urtalash fondi» va
«Davlat tashkilotlarining pensiya fondi».
Yaponiyada byudjetdan tashqari fondlarning faoliyati — milliy daromadni davlat tomonidan
aholikikg ma’lum ijtimoiy guruhlar foydasiga qayta taqsimlash usulidir. Yaponiyada quyidagi
byudjetdan tashqari fondlar faoliyat ko’rsatadi: «Sog’liqni saqlashni sug’urtalash fondi», «Milliy
pensiya fondi», «Ishlab chiqarishda ko’rilgan zararni sug’urtalash fondi», «Ishsizlikni sug’urtalash
fondi».
Yaponiyada ham turli xildagi iqtisodiy jamg’armalar mavjud:
� investitsiyaviy byudjet yoki davlat investitsiyalari va karzlari dasturi;
� markaziy va mahalliy hukumatning avtonom byudjetlari;
� maxsus hisobraqamlar.
Eng yirik fondlardan biri- «Investitsion byudjet» bo’lib, uning maqsadi - davlat tomonidan
investitsiyalar yo’naltirish va qarzlar berish dasturini bajarishdir. Bu fond sug’urta qilingan,
jamg’arilgan pensiya va boshqa mablag’lardan shakllanadi va subsidiyalar va imtiyozli kreditlar
ko’rinishida davlat sektorini moliyalashtirishga ishlatiladi. Pasaytirlgan narx va ta’riflar
siyosatidan davlat korporatsiyalar faol faoliyat ko’rsatishishi uchun sharoit yaratadi. «Investitsion
byudjet» fondi korporatsiyalarga shunday xizmat ko’rsatib, mazkur fond yordamida keng tarmoqli
xususiy sektorni qo’llab-quvvatlaydi.
Jahon tajribasida byudjetdan tashqari fondlarning juda ko’p turlari mavjud, lekin bu fondlarni
ikki katta guruhga ajratish mumkin. Ijtimoiy yo’naltirilgan fondlar (pensiya fondlari, majburiy
tibbiy sug’urta fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash umummilliy fondlari) va o’z yo’nalishi va manbalariga ega iqtisodiy fondlar.
Xorijiy mamlakatlar maxsus fondlariga turli xil avtonom va birlashtirilgan byudjetlar,
byudjetdan tashqari fondlar, maxsus smeta va hisobraqamlarni kiritishimiz mumkin. Ularga eng
avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalar yuklatiladi. Davlat bunday jamg’armalar mablag’lari
hisobidan ishlab chiqarish jarayoniga aralashishi, korxonalarga turli xil subsidiyalar va kreditlar
taklif qilishi, shu bilan birga, tashqi qarzlarni to’lashi va aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish chora-
tadbirlarini ko’rishi mumkin. Maxsus fondlardagi mablag’larning ishlatilishi maqsadli xarakterga
ega. Masalan, ijtimoiy sug’urta fondidan pensiya va nafaqalar to’lanadi, kredit fondlaridan
muassasa va tashkilotlarga, kompaniyalarga va boshqa mamlakatlarga ssudalar beriladi.
Masalan,
aksariyat
rivojlangan
davlatlardagi
ijtimoiy
sug’urta
jamg’armalari
sug’urtalanuvchilarga pensiya va to’lovlarni to’lashi, shu bilan birga nafaqat mamlakat
miqyosidagi tadbirkorlarga, balki chet mamlakatlarga ham ssuda mablag’lari berish maqsadida
tashkil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hamma maqsadli fondlarda ham xarajat turlari
aniq ko’rsatilavermaydi, Bunga misol qilib, Buyuk Britaniya bosh g’aznachisi fondini olishimiz
mumkin. Bu jamg’arma vazirlik va idoralar hisobidagi qoldiq mablag’lardan tashkil topgan bo’lib,
boshqa fondlardagi muvozanatni saqlab turishga yo’naltiriladi.
Frantsiyada, ikkinchi jahon urushi tugatilgandan so’ng, modernizatsiya fondi tashkil etilgan
bo’lib, 1955 yilda boshqa fondlarga qo’shib yuborilishi natijasida «Iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish jamg’armasi»ga aylantirildi. Unga byudjet ajratmalari bilan bir qatorda, ssuda
kapitali bozoridagi qarz mablag’lari ham kelib tushadi. Jamg’arma asosan, investitsion dasturlarni
moliyalashtirish bilan birga, hududiy rivojlantirish rejalari, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish, ish kuchini qayta tayyorlash va sanoat markazlaridagi korxonalarni qoloq hududlarga
o’tkazish ishlarini amalga oshiradi. Mablag’lar umumdavlat rivojlantirish dasturiga ko’ra
investitsiya qilgan milliy va xususiy korxonalarga qaytarilmas moliyaviy yordam yoki uzoq
muddatli kreditlar shaklida beriladi.
Frantsiyada alohida ahamiyatli fondlarga quyidagilar kiradi: «Bemorligi, nogironligi,
bolaliligi uchun sug’urta fondi», «Pensiya fondi», «Oilalarga yordam fondi», «Ishsizlarga yordam
milliy fondi».
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, aksariyat davlatlardagi amaldagi
byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar faoliyati mamlakat ijtimoiy holatini yanada yaxshilash,
kichik tadbirkorlik taraqqiyotiga keng yo’l ochib berish bilan birga, ilm-fan sohasini yanada
takomillashtirish va shu orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
3. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribalari asosida davlat maqsadli va budjetdan
tashqari jamg’armalari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish.
Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli
ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlanishi mumkin.
Hozirgi kunda respublika oliy o’quv yurtlarida ilmiy xodimlar olib borayotgan ishlari,
kelgusida nafaqat mamlakatning har qanday sohasini rivojlantirishga asos bo’lishi, balki,
mamlakat ilmiy salohiyat darajasining yuqori bo’lishi va fan-texnika taraqqiyoti jarayonida
mamlakatimizning rivojlangan mamlakatlar darajasiga yaqinlashishiga muhim omil bo’lib xizmat
qiladi.
Vengriyada byudjet islohotlarining muvaffaqiyatli borishi bilan ijtimoiy yordamlar
ko’rsatilishiga muhtojlik mezoni o’rniga aholining o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyilini ustunligi
egallaydi. Davlat bunga birinchidan, aholining mablag’ jamg’arishini rag’batlantiradi, ijtimoiy
maqsadlar hamda davlat ijtimoiy xizmatlariga muqobil tadbirkorlik, homiylik shakllarini tanlash
imkoniyatini yuzaga keltiradi, natijada davlat nobyudjet va xususiy moliyalashtirish nisbatlari
tizimida o’zgarishlar yuz beradi.
Polshada 1996 yidda SEYM-Polsha parlamenti 10 ta qonun loyihasidan iborat bo’lgan
pensiya tizimini isloh qilish chora-tadbirlari paketini muhokama qilishga kirishdi. Ushbu qonun
loyihalarida bosqichma-bosqich pensiya yoshini oshirish, pensiya ta’minoti bo’yicha davlat
majburiyatlarini sezilarli darajada qisqartirish ko’zda tutildi. Uzoq kelajakda davlat pensiyalari
o’rtacha ish haqining 20 foizigacha qisqardi, qolgan qismini esa Xususiy Pensiya Fondlari o’z
zimmalariga oldi. Shu tarzda Polshada bir necha o’n yil davomida davlat pensiyasining ustunlik
ahamiyatini bosqichma-bosqich kapitallashgan pensiya tizimi egallab oldi.
Chexiyada pensiya tizimini isloh qilishning boshqacha, yanada ehtiyotkorona yo’li tanlab
olindi. Mazkur yo’l uzoq kelajakda ham davlat pensiyasining ustuvor ahamiyatini saqlab qolishni
nazarda tutadi. Markaziy va Sharqiy Evropaning boshqa mamlakatlari singari Chexiyada ham
pensiyaga doir yoshni oshirish ko’zda tutilmoqda. Davlat pensiyasini tartibga solish tadbirlari
davom etmoqda, uni indeksatsiya qilish xukumat vakolatiga berilgan. Davlat pensiyasi
barqarorligini mustahkamlash chora-tadbirlari bilan parallel ravishda davlat byudjeti badallari
orqali ixtiyoriy sug’urta badallarini to’plovchi va asosiy davlat pensiyasiga qo’shimcha pensiya
bilan ta’minlovchi pensiya kassalari qo’llab-quvvatlanmoqda. Chexiyada 45 ta shunday kassalar
amal qiladi, ixtiyoriy pensiya kassalari a’zolari taxminan ish haqining 3 foizi miqdorida a’zolik
badali to’laydi.
Qozog’iston hukumati pensiya tizimidagi inqiroz va islohotlar o’tqazishga ehtiyojlarni tan
oldi va 1995 yil dekabrda «1996-1998 yillarda islohotlarni chuqurlashtirish» deb nomlangan reja
qabul qilindi. U iqtisodiy islohotlarni qisqa va uzoq muddatli strategiyalarini qamrab oldi. Bu
strategiya quyidagi elementlardan iborat:
� tabiiy monopoliya va maishiy xizmat sohalarini tezkor xususiylashtirish;
� xorijiy investitsiya va xususiy sektorni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash;
� kapital bozorlarini shakllantirish;
� markaziy bank va tijorat banklarni isloh qilish;
� korxonalar buxgalteriya hisobini xalqaro andozalarga majburiy o’tishini hisobga olib,
buxgalteriya hisobini isloh qilish.
1996 yilda xalqaro donorlar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan hukumatda pensiya islohoi
bo’yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. 1997 yil martida shu guruh pensiya tizimida ko’zda
tutilayotgan islohatlar kontseptsiyasini chop etdi va joylarga tarqatdi. May oyida kontseptsiya
qayta ko’rib chiqildi va guruh a’zolari taklif qilayotgan islohotlarning asosiy tarkibiy qismlarini
tushuntirish uchun mamlakat bo’yicha tarqalib ketishdi. Viloyat ma’muriyati, kasaba uyushmalari
vakillari, pensionerlar guruhlari va ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvlar o’tkazildi va
joylarda mazkur islohotlarning mohiyati tushuntirildi. 1996 yil may oyida mehnatkashlar
tomonidan amalga oshiriladigan ixtiyoriy o’tkazmalar imkoniyatlarini yaratish va pensiya fondiga
xususiy ajratmalar qilish uchun pensiya qonuni o’zgartirildi.
MDH mamlakatlari Qozog’iston Respublikasi pensiya islohotlarini amalda joriy etish
bo’yicha etakchi davlat hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Qozog’iston bunday
islohotning muhimligini tushunib etdi va Chili modeliga asoslangan islohotlar boshlab yuborildi.
Agar islohotlar modeliga e’tibor beradigan bo’lsak, uni davlat korxonalarini xususiylashtirishni
tezlashtirish va kapital bozorlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog’liqligini ko’rish mumkin.
MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklari
tomonidan hududiy bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi
quyidagi ikkita ko’rsatkich bilan baholanardi:
- aholini ish bilan ta’minlash jamg’armasiga yig’ilgan sug’urta ajratmalari va bu
mablag’larning ishsizlarga nafaqa to’lovlari uchun etarliligi;
- ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro’yxatidan o’tgan jami ishsizlar sonining jami iqtisodiy
faol aholiga nisbati. Bu ko’rsatkichlar va natijalar bandlik xizmati faoliyatining samarali yoki
samarasiz ekanligini baholash uchun etarli hisoblangan. Shuningdek, hududiy bandlik xizmati
organlari ichki faoliyatlarida quyidagi;
- ishsizlar soni; bitta ishsizga to’g’ri keladigan bo’sh ish joylari soni; o’z vaqtida va to’liq
ishsizlik nafaqalarining to’lovi, jami ishsizlardan hisobga olinganlar hissasi va hisobdan
chiqarilganlar hissasi; jami ishsizlar ichida nafaqa oluvchilar hissasi va boshqalardan
foydalanilgan.
Jaxon tajribalari kursatadiki, turli mamlakatlar g’aznalariga xar xil vazifalar yuklatilgan edi,
ularning maxalliy xususiyatlaridan kelib chikkan xodda, yangi vazifalar yuklatilib yoki olib
tashlanar edi. Uzok davom etgan urushlar sababli davlat boyligining kamayishi okibatida
g’aznalarga yangi vazifa, ichki va tashki karz majburiyatlarini ishlab chikish yuklatilgan edi. Ba’zi
mamlakatlarda g’aznachilik tasdiklangan byudjet asosida byudjet tashkilotlariga fakattina resurslar
ajratish bilan cheklangan takdirda, bu g’aznachilikning roli suet bulishi mumkin. Agar
g’aznachilikning roli faol bulganda xarajatlarni tulash
majburiyatlarining limitlarini oldindan kuzda tutilgan mezonlar asosida belgilaydi.
G’aznachilik davlat karzlarini boshkarishda turli boskichlarda katnashishi mumkin va
g’aznachilik bajarilgan xisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. "Lekin shuni aytib o’tish
kerakki, davlat moliyasini boshkarishning va tashkiliy to’zilishi bir xil bulgan g’aznachilik
tizimining yagona modeli mavjud emas. Xar bir mamlakatda g’aznachilikni boshkarmalari va
bulinmalarining to’zilishi xamda ularning anik funktsiyalari turlicha belgilanadi. Bundan tashkari,
g’aznachilik tizimining vazifalari vakt o’tishi bilan, albatta, uzgaradi."
G’aznachilikni tashkil etishning asosiy maksadi shundan iboratki, davlatning moliyaviy
resurelarini samarali boshkarishga ta’sir etadi. G’aznachilik deb ataladigan organlar davlat
moliyasini boshkarishga taallukli turli vazifalarni bajaradilar. "Xukumat tomonidan moliyaviy
operatsiyalarni boshkarishdagi uning asosiy vazifalari etibkuyidagilar belgilangan"
8
.
1. Davlat moliyasini boshkarish.
2. Byudjetni ijro etish.
3. Buxgalteriya xisob-kitobini yuritish.
4. Nazorat kilish va baxolash.
Davlat moliyasini boshkarishni o’zi turli yunalishlarga ega: a) Nakd mablag’larni boshkarish.
Byudjet daromadlarini ijrosidagi bu faoliyatni yunalishlari kuyidagilar dan iborat:
- soliqlarni va boshka tushumlarni yigish;
- daromadlarning tushumlarini tushishini nazorat kilish;
- tushumlarni yigishda bank bilan buladigan munosabatlarni amalga oshirish;
- davlat boshkaruv organlarining turli darajalari o’rtasida
daromadlarni taqsimlash;
- resurslarni taksimlash yoki limitlarni belgilash;
- xarajatlarni moliyalashtirish uchun talabnomalarni tasdiqlash va ularni tulash.
b)Moliyaviy rejalashtirish. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun kerak buladigan
g’aznachilikning yagona xisobrakamiga tushadigan tushumlarni taxminlashtirishni kuzda tutadi.
v) Davlat karzlarini boshkarish.
g) Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat kilish.
Biz mazkur bulimda davlat to’zilishi turlicha bulgan AKSh, Yaponiya, Frantsiya, Avstraliya,
Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Krzogiston Respublikasi kabi mamlakatlar misolida
g’aznachilikning funktsiyalarini kanday taksi mlanishi ni taxlil kilib kuram iz.
Avstraliyada vazirlik makomiga ega bulgan va tugridan-tugri xukumatga buysinadigan
G’aznachilik departamenti mavjud. Uning asosiy vazifalaridan biri tushumlarni yigishdan iborat.
G’aznachilik departamenti tarkibida Soliq boshkarmasi joylashgan bulib, G’aznachilik
departamenti shu boshkarma orkali soliq to’lovchilar bilan muomalada buladi va tashki
tushumlardan tashkari barcha soliq to’lovlarni yigib oladi, tashki tushumlarni yigish bilan esa
bojxona xizmati shugullanadi.
Byudjetning xarajatlar kismining ijrosi byudjetdan mablag’ oluvchilarning surovi asosida
amalga oshiriladi. Mamlakatda byudjetdan mablag’ oluvchilarni byudjet majburiyatlarining anik
xukukiy-me’yoriy xujjatlari kabul kilingan, shuningdek, byudjet larini maksadli va samarali
ishlatishning nazorat usullari mavjud bulib, ular tarmok vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda G’aznachilik departamenti faol g’aznachilik rolini uynaydi. Avstraliyada davlat
karzlarini boshkarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga kimmatli
kogozlar chikarishni, ularning xajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat kiladi.
Avstraliyada g’aznachilik vazifasini G’aznachilik Departamentidan tashkari Moliyaviy
Departament bajaradi. Mamlakatda davlatga karashli mablag’lar g’aznachilikning yagona xisob
rakamida tuplanadi. Moliyaviy Departament bankda yagona xisob rakamni amal kilish mexanizmi
uchun shart-sharoit va usullarni belgilaydi.
Avstraliyada davlatnig moliya-axborot tizimi faoliyat kursatadi. Bunda byudjetni tayyorlash,
uni ijro etish va yigilgan tushumlarning xisobi yuritish amalga oshiriladi. Mazkur axborot tizimi
orkali G’aznachilik Departamenti bilan Moliyaviy departament bulimlari bilan mustaxkam aloka
urnatilgan, bundan tashkari, tarmok departamentlari bilan aloka boglangan. Mamlakatda bunday
tizimning mavjudligi xar doim davlatning moliyaviy resurs-lari tugrisidagi tezkor umumiy
axborotlarni olish im koni ni beradi.
Frantsiyada g’aznachilikning tashkil kilinishi XII-XIY asrlarda tugri keladi, shu paytga kelib,
birinchi marta davlat puli va kirolning mulki bir-biridan ajratib olindi. Xarbiy va yirik kapital
chikimlar katta moliyalashtirishni talab kilganligi sababli tarmoklangan tizim orkali pulni yigish va
markazlashtirish extiyoji tutildi. XX asrlarda g’azna birligi, ya’ni Markaziy bankda yagona g’azna
xisobi tamoyili tarkib topdi, g’aznaning ma’muriy tizimi shakllantirildi, unga davlat xisob-kitobi
tarmogi va pul nazorati berildi xamda Moliya vazirligiga buysindirildi.
Frantsiyada G’aznachilik funktsiyalari Davlat G’aznasi va Davlatning xisob-kitob yuritish
bosh derektsiyasi urtasida bulingan. Xar ikkala tashkilot yukori tashkilotlarning ikkinchi pogonasi
xisoblanadi: Davlat G’aznasi Moliya Vazirligining, Davlatning xisob-kitob yuritish bosh
derektsiyasi Byudjet vazirligining tarkibiga kiradi.
Frantsiyada barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona xisobrakamida yigiladi, bu
mablag’larning mikdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yigiladigan
shu xisobrakam bilan nazorat kilinadi. "Davlat G’aznasi kuyidagi xukuklarga ega":
■ - byudjet mablag’lari taksimlovchilarining takdim kilgan kirim orderlarini, shartnomalarda
belgilangan karz talabnomalarini ijro kilish uchun kabul kiladi, shuningdek, karz majburiyatlari
buyicha nakd pullarni va davlat tashkilotlarining xukuki bulgan boshka shakldagi tushumlarni
oladi;
■- buyrukka asosan, kreditorlarning talabi buyicha takdim kilingan xujjatlar asosida
xarajatlarni to’lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud karorlarini ijro kiladi;
■ davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga karashli pul mablag’larni va
moddiy boyliklarni saklashni va kuriklashni ta’minlaydi va nakd pullar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalarni bajaradi;
■ amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdikdaydigan buxgalteriya xisob-kitobi
buyicha yuritiladigan xujjatlarni saklaydi;
■buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya xisob-kitobini olib boradi.
"Mamlakatda g’aznachilik organlari Davlat byudjetini tuldirish va ijro kilishni ta’minlaydigan
4000 dan ortik bulimlariga ega. G’aznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini
yigib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablag’larini sarflanishini amalga oshiradi.
G’aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat byudjeti xarajatlarining xisob-
kitobini yuritadi. Bu vazifa xar bir geografik departamentda tayinlangan Bosh g’aznachiga
yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy operatsiyalari tugrisidagi ma’lumotlar xar kuni
G’aznachilikning Markaziy Xisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov
uchun yigiladi.
Bundan tashkari, G’aznachilik organlari davlat tashkilotlarini-ta’lim muassasalarini, ijtimoiy
ta’minot va boshkaruv organlarini xamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini moliyaviy faoliyatini
tekshiradi va nazorat kiladi"
10
. Bosh G’aznachi joylardagi 27000 muassasalarni (davlat
buxgalterlarini, davlat tashkilotlarini-ta’lim muassasalarini, ijtimoiy ta’minot va boshkaruv
organlarini xamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini) nazorat kilishi shart. Davlat buxgalterlari
mintakalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, maxalliy davlat tashkilotlari buyicha xisob-
kitob yuritadilar.
Davlat buxgalterlari byudjet mablag’lari taksimlovchilarini moliyaviy maslaxatchilaridir. %
Davlat G’aznasi kuyidagilarni nazorat kiladi:
1. Daromadlar soxasida:
a) davlatning karz talabnomalarini undiradi;
b) davlat muassasalarining xar bir guruxi uchun kabul kilingan amaldagi konun xujjatlarida va
nizomlarda kuzda tutilgan daromadlar olishga ruxsat beradi.
2. Xarajatlar soxasida:
a) byudjet mablag’larini taksimlovchilarining vakolatlarini nazorat kiladi;
b) kreditlarni mavjudligi nazorat kiladi;
c) karz majburiyatlarida kursatilgan muddatlarni nazorat kiladi;
d) xarajatlarni anik byudjet tasnifi buyicha amalga oshirilishi nazorat kiladi.
Z.Mol-mulk soxasida:
a) mulk egalarining xukuklarni. imtiyozlarini, ipotekalarni va
nazorat kiladi;
b) buxgalteriya xisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni
saklanishi nazorat kiladi.
G’aznachilik kuyidagi daromadlarni yigilishini ta’minlaydi:
F tugri soliqlar (daromad soligi va tugri maxalliy soliqlar,
korxonalar darom ad iga soli k):
audio vositalaridan foydalanganligi uchun yigim;
davlatning soliqsiz to’lovlari (masalan, jarimalar), maxalliy xokimiyat boshkaruv organlari va
maxalliy davlat tashkilotlariniig
soliq yigimlari.
Ushbu funktsiyalarni bajarish uchun soliqli to’lovlar va to’lovlarni yigishning
avtomatlashtirilgan protseduralari ishlab chikilgan. Kushimcha kiymat soligini tulaydigan 2000 ga
yakin soliq to’lovchilar to’lovlarni tutridan-tugri Markaziy bankning yagona xisobrakamga
utkazadi, kolgan soliqlarning 50 foizi Tushumlar Derektorati tomonidan, 35 foizi Davlatning
xisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi tomonidan, 15 foizi Bojxona xizmati tomonidan yigiladi..
Frantsiyadagi g’aznachilik %izimi faoliyatining eng muxim tomonlaridan biri shundaki,
kadrlar masalasiga aloxida e’tibor beriladi. Frantsiyadagi Davlat G’aznasi organlarida 58000
xodim ishlaydi, u
tgan
yillar mobaynida Davlat G’aznasi Bosh Boshkarmasi kadrlarni sifatli tanlash
va xodimlarni samarali boshkarishga aloxida e’tibor beradi. 1998 yili talab darajasida kasb
xodimlarini tayyorlashga yunaltirilgan kadrlarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash amalga
oshirildi.
Xodimlar guruxlarga karab taksimlandi:
♦ A guruxi: rax,barlik funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan darajali (litsenziyaga ega)
davlat xizmatchilari;
f B guruxi: urta maxsus ma’lumotga ega, u rta raxbarlik
funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan davlat xizmatchilari;
♦ S guruxi: maxsus kasb ma’lumoti tugrisida diplomga ega davlat xizmatchilari.
Davlat G’aznasi Bosh Boshkarmasi G’aznachilik organlarining malakali xodimlari tugrisida
axborotlarni tarkatilishi buyicha faol ravishda ish olib bormokda. Shu maksadda uch yunalishda
ish olib boriladi:
> Davlat G’aznasi xizmatiga kelgan xodimlarni boshlangich kasbga tayyorlash;
> Davlat G’aznasi xizmatida ishlayotgan xodimlarni kasb maxoratini oshirish:
> xizmat pogonalaridan kutarilishni xoxlovchi xodimlarni konkurs asosida tanlab, ularni
raxbarlikka tayyorlash.
Xar bir xodimga va "deontoloniya"
1
ta bagishlangan axborot byulletenning 1995 yilgi '"Davlat
G’aznasining yangiliklari" nomli maxsus soni nashr kilindi. Bundan tashkari, turli me’yoriy
xujjatlarda xodim larga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi talab l ar, kasbiy maxorat
etikasining konun-koidalari berib boriladi.
Shuningdek, deontoloniyaga bagishlangan boshlangich o’rganishga muljallangan darslar
tizimli ravishda olib boriladi. Inspektor-stajyorlar, Davlat g’aznasi ishlarini bajaruvchilar uchun
G’aznachilikning Milliy Maktabida shu mavzularda maxsus ma’ruzalar u kiladi. G’aznachilik
organlari xodimlarini kasb maxoratini oshirish maksadida deontoloniya mavzusida ukuv dasturlari
to’ziladi.
Mazkur tizimda mablag’lar xarakati va ulardan maksadli foydalanishi ustidan joriy va keyingi
nazoratni kuchaytirishga oid konunlarni, me’riy xujjatlarni, yuriknomalarni bilmasdan turib,
g’aznachilik organlaridagi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin
emas. Shu bois respublikamizda xam g’aznachilik bulimlaridagi kadrlar masalalalarini xal etishda
moliya, soliq, bank soxasida ish tajribasiga ega bulgan mutaxassislar tanlab olinishi va kasbiy
malakasi oshirilishi zarurdir.
Yaponiyada g’aznachilikni bajaradigan funktsiyalarining tashkiliy sxemasi o’ziga xos
xususiyatga ega. Bu mamlakatda g’aznachilikni bajaradigan funktsiyalari G’aznachilik bulimiga,
Karzlarni boshkarish bulimiga, Moliya bulimiga, Byudjet bulimiga, Xukukiy bulimga va Byudjetni
ijro etish bulimiga yuklatilgan. Bu bulimlar Byudjet va Moliya byurosi tarkibiga kiradi, bu
byurolar Moliya vazirligining bulinmalari xisoblanadi. Bulinmalarning nomidan kurinib turibdiki,
Yaponiyada davlat moliyasini boshkarish maxsus ixtisoslashgan kichik
bulinmalarga (podrazdeleniya) yuklatilgan.
Yaponiyada G’aznachidik bulimi kunlarga bulingan moliya rejasini tayyorlaydi, shuningdek,
Byudjetni ijro etish bulimi bilan davlatning Yaponiya bankdagi xisobrakamdan tulanadigan
to’lovlarni va tushumlarni nazorat kiladi.
Barcha tushumlarni yigilishiga Moliya Vazirligi tarkibidagi Milliy Soliq xizmati va Bojxona
departamenti javob beradi. Soliqlar tugridan-tugri Yaponiya bankiga e'ki vakolat berilgan tijorat
banklariga, Milliy Soliq xizmati va Bojxona departamentining maxalliy bulimlarida pochta tizimi
asosida tulanishi mumkin.
Karzlarni boshkarish bulimi Yaponiya bankining agenti sifatida kimmatli kogozlarni
chikarish, ularning tarkibi, xajmi va muddatiga taallukli masalalarni xal etadi. Byudjetni ijro etish
bulimi byudjet vazirliklarining mablag’lari doirasida ularning xarajatlarini tulash grafigini
tasdiklaydi, ayrim xarajatlarni moddalarini tulash majburiyatlarini olishda Moliya Vazirligining
ruxsati talab etiladi. Yaponiya banki byudjet vazirliklarining mablag’larini ishlatilishini. va
ularning mavjud limitlarini nazorat kiladi. Xukumatning barcha davlat mablag’lari Yaponiya
bankining yigma xisobrakamidatuplanadi.
Mamlakatda ikkita asosiy axborot tizimi mavjud. Bunda byudjetni tayyorlash, uni ijro etish,
byudjet xujjatlarini nashr kilish va buxgalteriya xisobi amalga oshiriladi. Umumiy axborotni
tayyorlash muddati xisobotning murakkabligiga boglik. Kassa operatsiyalari buyicha umumiy
axborot xar kuni tayyorlanadi, tarmok vazirliklaridan kengaytirilgan axborotni olish mumkin.
Buyuk Britaniyada davlat moliyasini boshkarish kuyidagi tartib asosida to’zilgan.
G’aznachilik karzlarni boshkarishni amalga oshiradi, G’aznachilikni bosh idorasi xisobrakamlarni
ruyxatdan utkazadi va xisob-kitob yuritadi. Byudjetga tushumlar soliq va bojxona xizmati orkali,
soliqdan tashkari yigimlar esa departamentlar orkali yigiladi.
G’aznachilik asosiy funktsi^si g’aznachilikning yagona xisobrakami xisoblangan
konsolidatsiyalashgan
fonddagi
barcha
tushumlarni
nazorat
kiladi.
Shuningdek,
konsolidatsiyalashgan fonddan tulangan barcha to’lovlar xam uning nazoratida buladi.
G’aznachilik daromadlarni va xarajatlarni balanslashtirish maksadida xar oyda moliya rejasini
ishlab chikddi, bu reja kiska muddatli moliyalashtirishdagi talabni aniklashda ishlatiladi.
Yukorida aytib utganimizdek, davlat karzlarini boshkarish g’aznachilik funktsiyasiga kiradi,
Shuning uchun u davlatning kimmatli krgozlarini chikarishni, ularning xajmini, tarkibini va to’lov
muddatini aniklaydi.
Bir suz bilan aytganda, Angliya bankining agenti sifatida namoyon buladi. G’aznachilikni
bosh idorasi tasdiklangan byudjet parametrlari doirasida departamentlarning to’lov kogozlari
asosida pul mablag’lari ajratadi, u to’lovlar xisob-kitobini olib boradi. Ichki nazorat va
auditni vazirlik o’zining kuchlari bilan utkazadi. G’aznachilik davlat korxonalarini tashkaridan
moliyalashtirishda limitlar orkali nazorat kiladi, xususiylashtirilgan tarmoklardagi ma’lum
departamentlar ga karashli "oltin" aktsiyalardan tashkari moliyaviy aktivlarni boshkaruvchisi
xisoblanadi.
Davlat moliya axborot tizimi G’aznachilik raxbarligida faoliyat kursatadi. Mazkur tizim orkali
byudjet tayyorlanadi, va tasdiklangan byudjet mablag’lari darajasida xarajatlar ruyxatga olinadi,
tushumlarning ruyxatga olinishi aloxida amalga oshiriladi. Vazirliklar davlat moliya axborot
tizimiga boglangan, bundan tashkari, o’zlarining
xususiy axborot tizimlariga ega.
AKShda G’aznachilik tugridan-tugri Prezidentga buysunadi va keng doiradagi iqtisodiy va
moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Byudjet jarayonida byudjetni tayyorlashga javob beradigan
Ma’muriy-byudjet boshkarmasi, auditga va nazoratga, xisob-kitob ishlariga javob beradigan Bosh
byudjet-nazorat boshkarmasi kabi muassasalar katnashadi, Soliq boshkarmasi va Bojxona
boshkarmasi G’aznachiliknig bir kismi xisoblanadi.
G’aznachilik barcha tushumlarni va to’lovlarni Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida
o’zining bosh xisobrakami orkali nazorat kiladi. G’aznachilik barcha soliqlarni va boj to’lovlarni
yigadi, markazlashgan xolda barcha yigimlar ni yigilishini va ba’zi muassasalar ga xizmatlar
kursatishni ta’minlaydi. Tushumlarni yigishda bank tizimidan foydalaniladi.
Tarmok departamentlari mablag’larni tutri va samarali ishlatilishi buyicha nazoratni amalga
oshiradi. Barcha xarajatlar tasdiklangan byudjet parametrlari doirasida byudjetdan mablag’
oluvchilarning surovi asosida G’aznachilik tomonidan tulanadi, bunda cheklardan va elektron pul
utkazish vositalaridan foylaniladi.
Byudjetdan ajratilgan mablag’lar tarkibi xam G’aznachilik tomonidan, xdm Ma’muriy-
byudjet boshkarmasi tomonidan nazorat kilinadi. Shuningdek, AKShda G’aznachilik boshka
mamlakatlardagi kabi davlatning kimmatli kogozlarini chikarishni va xisobini nazorat kiladi xdm
da ularning to’lov muddatlarini belgilaydi va auktsionlarda ularni joylashtirishni nazorat kiladi.
Shu bilan birga G’aznachilik davlatning kimmatli kogozlarini ikkilamchi bozorining kridalarini
belgilaydi, G’aznachilik kiska muddatli kassa talablarini koplash uchun doimiy xaftalik kimmatli
kogozlarni chikaradi.
G’aznachilik buxgalteriya xisob-kitobiga javob beradi, oylik va yillik moliya xisobotlarni
tayyorlash uchun ma’lumotlar yigadi va muassasalar uchun me’yoriy xujjatlar tayyorlaydi. Ichki
nazorat va audit funktsiyalarini tarmok departamentlaridagi bosh inspektorlar bajaradilar. Federal
xukumat federal mablag’lari hisobi dan moliyalashtiriladigan maxalliy dasturlar buyicha
tekshiruvni amalga oshiradi. AKD1d
a
G’aznachilik va Byudjet departamentlari faoliyati anik
muvofikdashtirilgan. G’aznachilik byudjet tushumlari tugrisida xujjatlarni tayyorlaydi va
makroiqtisodiy asoslarni ishlab chiqishda katnashadi. Ma’muriy-byudjet boshkarmasi Prezident
Kongressiga takdim kilinadigan xarajatlar smetasini tayyorlaydi, shuningdek, turli darajadagi
byudjetlarni umumlashtiradi. G’aznachilik pul okimlari boshkaruvini va karz majburiyatlari xisob-
kitobini amalga oshiradi. G’aznachilik va tarmok departamentlari urtasida dialog tartibida
axborotlar almashuvi amalga oshiriladi. G’aznachilik tizimida yagona federal tizimdagi
xisobotlarni tayyorlash uchun ba’zi bir funksiyalar birlashtiriladi. Tarmoq departamentlari
uzlarining xususiy axborot tizimiga ega, shuningdek, G’aznachilikka dialog tartibida axborotlar
beradi va kabul kiladi. Hisobotlarni turlariga qarab ularni tayyorlash vakti turlichadir, nakd pul
okimlari tugrisidagi umumiy axborot har kuni tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |