Pensiya ishi


Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotining zaruriyatligi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotining zaruriyatligi 
 
Bozor  iqtisodiyotining  eng  muhim  shartlaridan  biri  har  bir  shaxsning  o’z  manfaatlarini 
birinchi  navbatda himoya qilishi, o’z imkoniyatlarini ifodalashidir. Davlat  fuqarolar o’z turmush 
darajalarini  oshirishlari  uchun  ularga  tegishli  qonunlar  tizimi  orqali  zarur  shart-sharoitlar  va 
imkoniyatlar  yaratishi  va  ularning  bu  boradagi  intilishlarini  qo’llab-quvvatlashi  lozim.  Bozor 
munosabatlari  rivojlanishi,  iqtisodiyotning  davlat  va  xususiy  sektorlari  o’rtasidagi  o’zaro  nisbat 
o’zgarib borgan sari bu ikki omil, albatta, ijtimoiy ta’minot tizimiga o’z ta’sirini ko’r-satishi kerak.  
 Jahon tajribasida pensiya ta’minotini moliyalashtirish va boshqarish mexanizmining uch xil 
turi ko’p uchraydi. 
1. 
Barcha  mamlakatlarda  keng  tarqalgan  joriy  tushumlardan  moliyalashtiriladigan  davlat 
transfert dasturlarini amalga oshirish. 
2. 
Ixtiyoriy  va  majburiy  shaxsiy  jamg’arma  rejalarini  amalga  oshirish  (ixtiyoriy  yakka 
jamg’armalar  barcha  mamlakatlarda  mavjud  soliq  rag’batlari  bilan  mustahkamlanadi,  bunda 
                                                           
1
 Audryus Bitinas. Prichini reform pensionnoy sistemi sovremennoy Litvi. // Sotsialniy vestnik, Moskva. 2007. №5. -
13str.  
1
 Zotov I. Rol NPF v realizatsii novoy modeli pensionnogo obespecheniya. // Chelovek i Trud.  Moskva. 2002. №11. -
20str. 
2
 Mixaylov  A., Mudrakov  V.I. Vse, chto  vi  xotite znat o negosudarstvennix pensionnix  fondax. Moskva. Izdatelstvo 
Graliya. 2001. №11. -42str. 


ishlovchilar  va  pensionerlar  o’z  jamg’armalari  bo’yicha  investitsion  tavakkalchi-likka  yo’l 
qo’yadi). 
3. 
Iqtisodiy inqirozdan inflyatsiyadan, jamg’armalarni yo’qo-tishga va qadrsizlanishga olib 
keladigan investitsion risklardan himoya qiladigan sug’urta tizimini rivojlantirish. 
 Mamlakatimizda jamg’arib boriladigan pensiya tizimining tashkil etilishi jamiyatda ijtimoiy 
adolatni  ta’minlash,  siyosiy  barqarorlikni  vujudga  keltirish  va  ta’minlab  turishning  asosiy  shart-
sharoitlaridan biridir degan xulosaga kelish mumkin.  
 Pensiya  tizimini  moliyalashtirishdagi  islohotlarni  tezlikda  amalga  oshirib  bo’lmaydi,  ularni 
respublikamizda boshqa islohot-lar bilan jumladan, mehnat bozoridagi, soliq tizimidagi, moliya va 
kredit  tizimidagi  islohotlar  bilan  birgalikda  amalga  oshi-rish  lozim.  Pensiya  tizimini 
moliyalashtirish  bo’yicha  islohot-larni  amalga  oshirishda  milliy  urf-odatlarimiz,  oilalarga,  qa-
riyalarga yordam e’tiborga olinishi kerak. Pensiya tizimini moliya-lashtirishda Davlat byudjetidan 
moliyalashtirish  saqlanib  qoli-nishi  lozim.  Pensiya  tizimini  moliyalashtirishdagi  islohotlarni  har 
tomonlama mukammal dasturlar orqali amalga oshirish maq-sadga muvofiq bo’ladi. Islohotlarning 
bu  dasturlari  pensiya  yoshidagi  qariyalarni  daromadlarini  kafolatlashning  samarali  mexanizmiga 
tayanishi zarur. 
O’zbekiston  Respublikasida  kuchli  ijtimoiy  siyosat  olib  bori-lar  ekan,  pensiya  ta’minoti 
tizimini  takomillashtirish  muammo-lariga  alohida  e’tibor  beriladi.  2003-2009  yillarda  o’rtacha 
pen-siya miqdorini oshirish vazifasini bajariladi. 
Pensiya jamg’armalarining mohiyatini belgilashda uch yondashuv ko’rsatiladi, ya’ni uning 
ijtimoiy ta’minot uchun mo’ljallangan mablag’lar ekanligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti; 
ijtimoiy yo’nalishdagi byudjetdan tashqari jamg’arma ekanligi e’tirof etiladi 
Pensiya  jamg’armalarini  fuqarolar  va  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  majburiy  va 
ixtiyoriy  jamg’arma  badallari,  dav-latning  moliyaviy  ishtiroki  asosida  shakllanuvchi  va  muayyan 
jamg’arma tashkil etgan aholi toifalariga to’lovlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun 
mo’ljallangan mustaqil pul jamg’armalari sifatida ta’riflash imkonini beradi. 
Pensiya  ta’minoti  moliyaviy  resurslarni  qayta  taqsimlashning  yirik  oqimi  bo’lib, 
iqtisodiyotda  mahsulotlar,  resurslar  va  daromadlarning  makroiqtisodiy  doiraviy  aylanishiga, 
aholining  iqtisodiy  faolligini  rag’batlantirishga  jiddiy  ta’sir  ko’rsata-di.  Pensiya  tizimi  bilan 
iqtisodiyotning  boshqa  qismlari  uzviy  bog’liq  bo’lib,  to’g’ri  tashkil  etilgan  pensiya  tizimi 
iqtisodiyotni investitsiyalashning moliyaviy manbasi bo’lib xizmat qilishi mum-kin.  
To’lovlarni  olishga  qat’iy  ishonch  ishlovchini  mehnat  unumdor-ligini  oshirishga  intilishini 
susaytiradi, degan g’oyalar asosli emas. Ishlovchilarning pensiya jamg’armasiga to’lovlari, iqtiso-
diy nuqtai nazardan ularning ish haqining bir qismidir. U kishi kuchining qiymatiga kiradi, ammo 
to’lovlar  institutsional  muayyan  kechiktirilgan  muhlatda  amalga  oshiriladi.  Bu  ishlovchilarning 
pensiya  jamg’armasiga  qo’ygan  va  qaytarilishi  lozim  bo’lgan  o’ziga  xos  maqsadli  ulushi, 
omonatidir.  Yollanma  ishlovchini  samarali  mehnatga  undovchi  sabablarning  yuqori  darajasi  bir 
tomondan, pensiya miqdorining tegishli yashash minimumiga nisbati, pensiya to’lovlarining xarid 
imkoniyatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomon-dan, ishlovchining malaka darajasi ishlagan davrlari 
mobaynida  mehnat  faoliyatining  intensivligi  darajasiga  bog’liqdir.  Pensiya  miqdorining  mehnat 
faoliyati  mobaynida  oladigan  ish  haqi  miq-dori  bilan  bevosita  bog’liqligi  samarali  mehnatga 
rag’batlan-tirish  imkonini  beradi.  Bu  o’rinda  muayyan  qonuniyatni  aniqlash  mumkin,  ya’ni 
pensiya  tizimi  orqali  himoyalash  darajasi  fuqaro-larning  individual  moliyaviy  ishtirokiga  to’g’ri, 
daromadlarni qayta taqsimlash darajasiga teskari mutanosiblikda bo’ladi. 
Davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  markazlashtirilgan  jamg’arish  yoki  ishlovchilar  ish 
haqining  bir  qismini  badal  ko’ri-nishida  pensionerlar  foydasiga  undirish  pensiya  to’lovlari  man-
baining  ishonchli  asosini  ta’minlaydi.  Bu  imkoniyat  nafaqat  emissiya  yo’li  bilan,  balki  ijtimoiy 
siyosat  doirasida  zaruriy  hollarda  ish  haqi  miqdorini  joriy  ish  haqi  va  pensiya  ajrat-malariga 
taqsimlashga  tegishli  o’zgartirishlar  kiritish  yo’li  bi-lan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Tatbiq 
etilayotgan  avlodlar  bir-damligi  qayta  taqsimlash  tamoyiliga  asoslangan  bo’lib,  pensiya  tizimi 


ishlovchilarning  tegishli  moliyaviy  muassasalarga  xususan,  jamg’ariladigan  pensiya 
jamg’armalariga mablag’lar qo’yishini in-kor etmaydi.  
Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimiga  badallarni  qayta  taq-simlashning  davlat  mexanizmi 
yordami bilan individuallashti-rilgan hisobraqamlardan foydalangan holda, moliyaviy ta’min-lash, 
pensiya  tizimini  tashkil  etishning  o’ziga  xosligi,  belgilan-gan  yagona  badallarni  hisobga  olib, 
pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Jamg’arib boriladigan pensiyani olish uchun muayyan 
jamg’arma  stajiga  ega  bo’lish  va  qonunda  ko’rsatilgan  pen-siya  yoshiga  etish  zarur.  Jamg’arish 
tamoyiliga  asoslangan  pensiya  tizimida  badallar  kapitallashtiriladi  va  pensiya  hisobi  indi-vidual 
hisob  asosida  shakllantirilib  boriladi,  shaxsiy  hisob-larda  jamg’arilgan  jamg’arma  badallari 
pensiya darajasini bel-gilaydi. 
Jamg’ariladigan  pensiya  tizimlari  hukumatning  moliyaviy  kafolatlaridan  foydalanadi,  ular 
daromadni  ta’minlash  imkoni-ni  beruvchi  moliyaviy  bozorlarning  ishtirokchilariga  aylanadi. 
Natijada  pensiya  to’lovlari  ishlovchilarning  nafaqat  pensiyaga  chiqqunga  qadar  bo’lgan  ish 
haqidan, balki, mehnat faoliyati mo-baynida to’langan badallari miqdoriga foizni ifoda etadi. 
Bir  martalik  qayta  taqsimlashda  pensiya  tizimidan  farqli  ra-vishda  jamg’arib  boriladigan 
pensiya tizimida jamg’arma badal-lari nisbatan yuqori darajada belgilanadi va tegishli zaxira fondi 
shakllantiriladi.  Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi-ning  qo’llanishi  mavjud  pensiya  tizimidagi 
kamchiliklarni kamay-tirish va uning afzalligini kuchaytirishga  yo’naltirilgandir.  Bunday tarkibni 
umumlashgan uch darajali tizim shaklida tasavvur qilish mumkin: 

  davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va maj-buriy pensiya tizimi. Mazkur 
modelda  pensiya  miqdori  ish  haqi  miqdoriga  bog’liq  bo’ladi,  ish  beruvchi  va  yollanma 
ishlovchidan olinadigan badallarni qayta taqsimlash tamoyili asosida moliya-lashtiriladi; 

 
majburiy jamg’arma tizimi  orqali beriladigan va minimal  jamg’arma stajini "to’plagan" 
kishilar uchun davlat byudjeti dotatsiyasidan foydalanuvchi ijtimoiy pensiya tizimi; 

 
to’la  kapitallashtirish  va  jamg’arish  tamoyiliga  asoslangan,  individual  hisobraqamlarni 
yuritish orqali amalga oshiri-ladigan pensiya tizimi. 
Demak,  ikki  holatda  ham  davlat  tizimi  oldingidagidek  kek-saygan  shaxslarga  minimal 
pensiya yoki kambag’allikdan himoyalash sifatida ijtimoiy yordam ko’rsatadi. Chet el davlatlarida 
moliya-viy  bozorning  ma’muriy  imkoniyatlari  etarli  darajada  rivoj-langan,  davlat  pensiya  fondi 
faoliyatini amaliy tartibga solish va uning ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’-
lingan.
 
 Xorijiy  tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  Pensiya  fondlari  aktivlarining  asosini  qimmatli 
qog’ozlar  bilan  bog’liq  operatsiya-lar  tashkil  etadi.  Xususiy  pensiya  fondlari  pul  mablag’larini 
uzoq  muddatga  joylaydi,  xususiy  va  davlat  qimmatli  qog’ozlarini  sotib  oladi.  Xususiy  pensiya 
fondi passiv operatsiyalari asosini korporatsiya va korxonalardan keladigan resurslar tashkil etadi, 
tushumning 20-30 foizi ishchi va xizmatchilar badallaridan iborat. 
Ekspertlarning  xisob-kitobi  bo’yicha  qimmatli  qog’ozlardan  olinadigan  daromadlarning  bir 
foizi  oshishi  to’lanadigan  pen-siyalar  miqdorini  bir  necha  foiz  oshirish  imkonini  beradi.  Bosh-
qacha qilib aytganda, qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun ajra-tilgan mablag’lar o’sha qimmatli 
qog’ozlar hozirgi real qiymati bo’yicha sotilgandan so’ng pensiya ko’rinishida qaytariladi. 
Iqtisodiyotning  ishlab  chiqarish  sohasi  uchun  uzoq  muddatli  sarmoya  etishmasligi  va  unga 
keskin  ehtiyoj  mavjud  sharoitda  xususiy  pensiya  fondlari  birinchidan,  uzoq  muddatli  kreditlash 
fondlarini  oshirish  imkonini  bersa,  ikkinchidan,  bunday  tuzil-malarning  yaratilishi  byudjetning 
ijtimoiy ta’minot xarajat-larini kamaytirish imkonini beradi. 
Jahon tajribasidan ma’lum bo’ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan moliyalashtirish 
etarli  samara  bermaydi.  Hozir-gi  kunda  pensiya  tizimini  moliyalashtirishning  bir  vaqtning  o’zida 
uch yo’nalish - minimal pensiyani kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya 
yordamida o’zining ish beruvchi-lariga qo’shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar imkoniyat-
laridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash belgilangan. AQSh, Gollandiya, 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsa-riya, Italiya kabi mamlakatlar shu yo’ldan bormoqda. 


Xususiylashtirish 
dasturini 
tezlashtirish 
jarayoni 
inves-titsiyalarning 
yangi 
ichki 
imkoniyatlarini  taqdim  etadi.  Xususiy  fondlar  o’rtasida  real  raqobatga  erishilsa,  investitsiya 
imkoniyat-lari  soni  va  xilma-xilligi  o’sishi  kerak.  Aynan,  moliya  sohasida  pensiya  islohotlariga 
ehtiyoj  va  iqtisodiy  islohotlarning  kengay-tirilgan  sohasi  kesishadi.  Kapital  bozori  rivojlanishi, 
pensiya  fondlari  pullarini  investitsiya  qiladigan  moliyaviy  dastaklari-ni  taqdim  etish  uchun  juda 
muhim.  Shu  tarzda  ko’payib  borayotgan  investitsiyalar  jarayonida  davlat  va  xususiy 
investitsiyalarni moliyalashtirish zurur. 
"Pensiya  ta’minotining  jamg’arish  qoidasiga  asoslangan  tizi-mi  respublikamizda  mavjud, 
yangi  ijtimoiy  fondlarni  shakllan-tirishda  bu  holatni  albatta  hisobga  olish  lozim.  Shu  munosabat 
bilan mamlakatning eng yirik ijtimoiy fondi bo’lgan Pensiya fondining faoliyatini takomillashtirish 
muammosi  ko’ndalang  bo’lib  turibdi.  Hozir  bizda  ikki  xil  avlodlar  birdamligi  va  jamg’arma 
tuzilmalarining  tarafdorlari  mavjud.  Gap  shundaki,  daromad  miqdori  kam  bo’lgan  odamlar 
o’zining hamma daromad-larini iste’mol qilishga majbur bo’lganligi sababli jamg’arish pensiyasi 
tizimiga o’ta olmaydi. Biroq jamg’arish tizimidan bu-tunlay voz kechish kerak, degan xulosa qilish 
ham noo’rindir. 
Jamg’arib  boriladigan  pensiya  iqtisodiy  faol  aholining  ish  joyi,  mehnatga  layoqati  va 
daromadini yo’qotish bilan bog’liq turli hodisalardan ijtimoiy himoyalash shakli hisoblanadi. Dav-
latning  nazorati  asosida  ish  beruvchilar  va  ishlovchilarning  maq-sadli  badallaridan  shakllanuvchi 
maxsus byudjetdan tashqari ij-timoiy fondlardan moliyalashtirilishi jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimining  xususiyatli  jihatidir.  Jamg’arib  boriladigan  pensiya  keksalik,  kasallik,  baxtsiz  hodisa 
tufayli, mehnat qobi-liyatini yo’qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan jamg’armadir. 
4. 
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti 
to’g’risida»gi qonunining ahamiyati 
Respublikamizda  2005  yildan  boshlab  fuqarolarning  jam-g’arib  boriladigan  pensiya  tizimi 
amaliyotga joriy qilindi. Jam-g’arib boriladigan pensiya ta’minoti iqtisodiy faol aholining ish joyi, 
mehnatga  layoqati  va  daromadini  yo’qotish  bilan  bog’liq  turli  hodisalardan  ijtimoiy  himoyalash 
shakli hisoblanadi. 
Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  moliyaviy  kategoriya  sifatida  pul  mablag’larining 
maqsadli  fondlarni  shakllantirish  va  undan  keksalik  chog’ida  foydalanish  shakl  va  usullarini 
yig’in-disini  o’z  ichiga  olgan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini  aks  etti-radi.  O’zbekiston 
Respublikasida  qabul  qilingan  "Fuqarolarning  jamg’arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti 
to’g’risida"gi  qonunning  maqsadi  fuqarolarning  jamg’arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti 
sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat. 
Jamg’arib  boriladigan  pensiya  kategoriya  sifatida  pul  mablag’-larining  maqsadli  fondlarini 
shakllashtirib,  keksalik  chog’ida  foydalanish  shakl  va  usullarini  yig’indisini  o’z  ichiga  olgan  iq-
tisodiy  munosabatlar  tizimini  aks  ettiradi.  Bu  borada  qabul  qi-lingan  qonunning  maqsadi  – 
fuqarolarning  jamg’arib  boriladi-gan  pensiya  ta’minoti  sohasidagi  munosabatlarni  taribga  solish-
dir.  "O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  shuningdek,  O’zbekis-ton  Respublikasi  hududida 
doimiy  yashovchi  chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxslar  jamg’arib  boriladigan 
pensiya ta’minoti olish huquqiga ega"
1

O’zbekiston  Respublikasida  "Fuqarolarning  jamg’arib  borila-digan  pensiya  ta’minoti 
to’g’risida"gi qonunini talablarini ijro etish va pensionerlarning farovonligini qo’shimcha ravishda 
oshi-rish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Fuqarolarning jamg’arib 
boriladigan  pensiya  ta’minoti  to’g’ri-sida"gi  qonunni  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  haqida 
Qaror  qabul  qildi  va  Respublikamizda  2005  yil  1  yanvardan  amaldagi  fuqarolarning  pensiya 
ta’minoti  tizimiga  qo’shimcha  ravishda  fu-qarolarning  jamg’arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti 
tizimi jo-riy etildi. 
                                                           
1
 O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonuni. //Xalq 
so’zi, 2004. 2 dekabr. 


Jamg’arib  boriladigan  pensiya  to’lovlari  to’lashda  Fuqarolar-ning  jamg’arib  boriladigan 
pensiya tizimi mablag’laridan foyda-laniladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan 
jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  bilan  bog’liq  bo’lmagan  majburiyatlarni  bajarish  uchun 
foydalanish mumkin emas. 
Mazkur tizimning mamlakatimizda qo’llanilishi jarayonida kuyidagi tamoyillarga amal qilish 
ko’zda tutilgan: 

  jamg’arib  boriladigan  pensiyaning  umumiy  va  majburiy  xa-rakteri,  ijtimoiy  kafolatlarini 
amalga oshirishdagi imtiyozlar, kishining ijtimoiy himoyalanish huquqining ta’minlanishi; 

  jamg’arib boriladigan pensiya, majburiy va ixtiyoriy shakl-larning birligi, teng huquqliligi, 
shaxsning ijtimoiy darajasi ta’minlanadi va uning keksalik chog’ida  yaxshi  yashashi uchun ta’sir 
ko’rsatishi; 

  turli  xil  pensiya  tizimining  bir  vaqtning  o’zida  amal  qili-nishdagi  mustaqilligi  va  o’zini-
o’zi idora qilish sharoitida maj-buriy jamg’arib boriladigan pensiya bo’yicha to’lovlar darajasi va 
tizimning barqarorligi davlat tomonidan kafolatlanishi;  

  jamg’arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxs va ish beruvchining moliyaviy 
ishtiroki  majburiyligi,  zaruriy  holatlarda  davlat  subtsidiyalarining  jalb  etilishi.  Jamg’arib 
boriladigan  pensiya  tizimida  qatnashuvchi  shaxsga  uning  jamg’argan  badallari  to’lanishidagi 
moliyaviy ishtiroki tufayli hosil bo’l-gan mablag’dan unga qonunga ko’ra turli shakldagi moddiy 
yordam va xizmatlar ko’rsatilishi ta’minlanadi; 

 aholining  tegishli  ijtimoiy  kategoriyalarni  qamrab  oluvchi  kishilar  guruhi  (ishchilar, 
xizmatchilar,  mehnatkashlarning  alohi-da  kasb  bo’yicha  kategoriyalari,  alohida  hududlarning 
barcha  aho-lisi)  yoki  mamlakatning  barcha  aholisining  u  yoki  bu  pensiya  ta’mi-not  turidan 
manfaatdorligi; 

  barcha  jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  qatnashuvchi  shaxslarning  xarajatlarini 
moliyalashtirish bo’yicha majburiyat va ega bo’lgan huquq va kafolatlari nuqtai nazaridan tengligi; 

  oldindan  ko’rilmagan  kishilarning  sog’ligi  yoki  ularning  moddiy  ahvoliga  xavf  soluvchi, 
holatlarda barcha mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini huquqiy imkoniyatlarini yaratish. 
Jamg’arib  boriladigan  pensiya  iqtisodiy  faol  aholining  ish  joyi,  mehnatga  layoqati  va 
daromadini  yo’qotish  bilan  bog’liq  turli  hodisalardan  ijtimoiy  himoyalash  shakli  hisoblanadi. 
Davlatning  nazorati  asosida  ish  beruvchilar  va  ishlovchilarning  maqsadli  badallaridan 
shakllanuvchi  maxsus  byudjetdan  tashqari  ijtimoiy  fondlardan  moliyalashtirilishi  jamg’arib 
boriladigan pensiya tizimining xususiyatli jihatidir.  
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida 
doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamg’arib boriladigan 
pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish