2.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini daromadlari
va xarajatlari
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini shakllantirishning asosiy
manbalari quyidagilardan iborat:
• strategik resurslarga jahon narxlarining qulay kon’yunkturasi natijasida, shuningdek,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan navbatdagi yilga Davlat byudjetini tasdiqlash chog’ida belgilanadigan ayrim soliq va
to’lov turlari bo’yicha hosil bo’ladigan qo’shimcha tushumlar;
• Hukumatning xorijiy valyuta va aktivlarining bir qismi;
• O’zbekiston Respublikasining xorijiy sheriklar bilan mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi
bitimlari doirasida mahsulot sotishdan oladigan daromadlari;
• davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat byudjeti
daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag’lar:
• Jamg’arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;
• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.
Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar
mobaynida Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvarag’ida
Jamg’arma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari mikdorida shakllantirishni ta’minlashi belgilab
qo’yildi.
Jamg’arma soliqlar, yig’imlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli
jamgarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno).
Investitsiya jarayonlarini jadallashtirishda Tiklanish va taraqkiyot jamg’armasi, Xorijiy
investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi - «Uzinfoinvest»ning o’rni va
ahamiyati katta. Jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav kapitali 1 mlrd. AQSh
dollari miqdorida belgilanib, 2007 yilning 1 yanvarigacha jamg’armaning ustav kapitaliga 500
mln. dollar mablag’ jalb etildi. 2007 yilda investitsion siyosatni amalga oshirishni mablag’ bilan
ta’minlash maqsadida Jamg’arma daromadlarining 928,5 mlrd. so’m hajmida bo’lishi ko’zda
tutilgan .
Jamg’armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
• davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan, tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va
investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash;
• iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va
modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
• strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar, avvalo iktisodiyotning bazaviy
tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta kurollantirish dasturlarini kreditlash;
• yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya
tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’atlari va hajmlarini
oshirishga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirilishini ta’minlash;
• birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish;
• infratuzilma shakllantirish bo’yicha ijtimoii jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va
loyihalari amalga oshirilishiini moliyalashtirish:
• respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalash uchun sharg-
sharoitlar yaratadigan, xalkaro transport yo’laklari vya jahon bozorlariga eng qisqa yo’l bilam
chiqishni
ta’minlaydigai
transport
hamda
telekommunikatsiyalar
infratuzilmasini
modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish:
• xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari» bilan
loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.
O’zbekiston hududida o’zlari uchun g’oyat muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish
(qo’shma moliyalashtirish)dan manfaatdor bo’lgan xalqaro va xorijiy jamg’armalar hamda
investorlar hukumat qarorlariga binoan Jamg’arma hammuassislari sifatida qo’shilishi, mazkur
moliya institutlarining vakillari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tarkibiga kiritilishi
mumkin.
Jamg’armaning asosiy vazifasi faqat mablag’larni jamlash hamda tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik
muhim loyihalarni moliyalashtirish bilan cheklanmaydi, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov,
- balki xorijiy investorlar -chet el kompaniyalari, banklari, xalqaro moliya institutlari bilan
hamkorlikda o’zaro teng shartlarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni ham o’z ichiga
oladi.
3. Iqtisodiyotning yangilanishi va modernizatsiyalashuvi sharoitida O’zbekiston Respublikasi
tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini samarali boshqarish yo’llari
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning real sektor
korxonalarini, shuning bilan birga infratuzilma ob’ektlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash
maqsadida investitsion mablag’larni topish va ularni maqsadli yo’naltirish muhim omillardan
biriga aylanmoqda.
O’tgan 2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb
etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini
jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini
yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor
yo’nalishga aylandi.
2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida
nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarning uchinchi bo’limi «Iqtisodiyotning real sektori sohasida
resurs bazasini kengaytirish va investitsion faollik o’sishini ta’minlash choralari»ga qaratilgan
bo’lib, birgina 2009 yilning o’zidayoq dasturni ijrosini ta’minlash, ya’ni tijorat banklari tomonidan
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni
moliyalashtirish uchun jami 2,4 trln. so’m miqdorida yoki 2008 yilga nisbatan 1,6 barobarga ko’p
investitsion kreditlar ajratildi.
2009-2014 yillarda amalga oshirish ko’zda tutilgan investitsion loyihalar Dasturini to’liq
amalga oshirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan jami 42,5 mlrd. dollar miqdorida
mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan
Shuningdek, ma’ruzada 2010 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga
oshirish uchun 3 milliard AQSh dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy
investitsiyalar jalb qilinishini va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshishi
rejalashtirilayotganligi alohida e’tirof etildi.
Bunday yirik loyihalarni amalga oshirish uchun ichki resurslarni jalb qilishda 2007 yilda
tashkil etilgan O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag’laridan foydalanish ko’zda
tutilmoqda. Bunda infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish uchun ajratilishi belgilanayotgan
investitsiyalarga urg’u berilayotganligining asosiy sababi – infratuzilmani rivojlantirish orqali
aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, turmush darajasini oshirish va halq farovonligini
ta’minlash maqsadiga erishishdan iboratdir. Bugungi kunda faqatgina mazur jamg’arma
mablag’lari emas, balki to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va
korxonalarning mablag’larini jalb qilish yo’li bilan iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda 2010 yil uchun amalga oshirish belgilab olingan investitsiya dasturida
moliyalashtirishning ahamiyatli qismi korxona mablag’lari (42,6 foiz) hamda to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni jalb etish (21,3 foiz) orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan (-rasm).
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari, aholi mablag’lari va Tiklanish va taraqqiyot
mablag’lari hisobiga 2010 yilda jami investitsion mablag’larning 22,6 foizi to’g’ri kelishi nazarda
tutilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, asosiy e’tibor korxona mablag’lari va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar hajmi ko’lamini oshirish va buning natijasida ishlab chiqarishning texnika va
texnologik quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining yuqori
daromad olishiga erishish, bularning oqibatida esa, mamlakat farovonligini yuksaltirish maqsad
etib qo’yilgan.
Bu borada to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot
tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik
korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga
majburiy ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda ozod qilinadi:
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;
- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
Bu yo’nalishda aniq maqsadli ish olib borish nafaqat investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg’or
texnologiya va nou-xaularni jalb etishni ko’zda tutadi. Ular esa O’zbekistonga jahon bozorida o’z
mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. So’nggi yillarda jalb etilgan
hamda izchil va barqaror iqtisodiy o’sish, yangi yuqori texnologiyali ish o’rinlarini yaratish hamda
aholi daromadi darajasini ko’tarishning ishonchli manbaiga aylangan uzoq muddatli investitsiyalar
hajmi 35 milliard dollardan oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |