Pensiya ishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

B
YuDJ
ET
DA
N
 T
A
Sh
QA
RI
 F
ONDL
AR
 
ma’lum bir ijtimoiy guruhlar va aholi tabaqalari manfaatlari uchun milliy 
daromadni qayta taqsimlashning bir usuli  
umumdavlat yoki hududiy ahamiyatidagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni 
moliyalashtirish uchun  mamlakat moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash 
va foydalanishning maxsus shakli  
davlat tomonidan  byudjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini 
moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan  
qat’iy maqsadli  foydalanishning shakli  


• 
fondlar mablag’laridan foydalanish ko’rsatmaga asosan foydalaniladi. 
Byudjetdan  tashqari  fondlar  -  davlat  tomonidan    byudjetga  kiritilmaydigan  ba’zi  jamoat 
ehtiyojlarini  moliyalashtirish  uchun  mustaqil  tezkorlik  asosida  moliyaviy  resurslardan    qat’iy 
maqsadli  foydalanishning shaklidir.  
1992  yilda  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  tizimida  bir  necha  davlat  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalari  tashkil  etildi  va  faoliyat  yurita  boshladi,  ulardan  asosiylari  bo’lib: 
Bandlikka ko’maklashuvchi jamg’arma, Mineral-xom ashyo resurslarini tiklash fondi, Respublika 
yo’l fondi, Ijimoiy sug’urta fondi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi fondi. Ularning har 
biri    ma’lum  vazifalarni  hal  etish  uchun  tashkil  etilgan.  Bandlikka  ko’maklashuvchi  jamg’arma 
ishsizlik masalalarini hal etardi; Mineral-xom ashyo resurslarini tiklash fondi mineral- xom ashyo 
bazalarini  rivojlantirish  uchun  mablag’larni  jalb  etar  edi;  Yul  fondi  O’zbekiston  xududida 
avtotransport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularni qo’llab quvvatlash muammolarini  hal 
etar  edi;  Ijtimoiy  sug’urta  fondi  ijtimoiy  ta’minot  va  ijtimoiy  sug’urta  uchun  yo’naltirilar  edi; 
Kasaba  uyushmalar  federatsiyasi  kengashi  fondi  ishlovchi  shaxslar  huquqlarini  ta’minlash 
vazifasini bajarish uchun tuzulgan. 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlangan dav-latlar darajasi tomon taraqqiyotini 
ta’minlash  pensiya  ta’mi-noti  tizimini  tubdan  isloh  qilishni  talab  etadiki,  u  ijtimoiy  sug’urta 
funktsiyasini bajaradi  va nodavlat muassasalar rolini  oshirishni  va shu  bilan birga majburiylik va 
bir-damlik shartlari saqlanib qolishini taqazo etadi. Bunda pen-siya sug’urtasi tizimining islohotlari 
amaldagi  pensiyalarni  moliyalashtirish  tamoyilidan  mehnatkashlarni  majburiy  pensiya 
jamg’armalari hisobidan moliyalashtirishga o’tilishi bilan birga borish lozim. 
 Ijtimoiy  pensiya  tizimining  takomillashtirishga  muhtoj  jihatlari  qatoriga  tashkiliy  va 
moliyaviy  masalalar  ham  kiradi.  Pensiya  tizimini  nomarkazlashtirish  va  bozor  iqtisodiyotiga  xos 
tizimini  shakllantirish  mehnat  qobiliyatini  yo’qotishni  moliya-viy  qoplash  tizimni  ishlab  chiqish 
bilan  birgalikda  sifatli  ijtimoiy  xizmatlarni  ta’minlash  va  ijtimoiy  infratuzilmani  vujudga 
keltirishni taqozo etadi. 
 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi   davlat  tomonidan jamiyat  ehtiyojlarini  mustaqil, 
kompleks  ravishda  xarajat  qilish  uchun  jalb  etilgan  mablag’larni  qayta  taqsimlash  va  ulardan 
foydalanish  bilan  bog’liq  munosabatlardir.  Mamlakatda  bugungi  kunda  amalga  oshirilgan  chora-
tadbirlar  pensiya  tizimining  quyi-dagi  moliyaviy  muammolarni  to’liq  hal  qilish  imkonini  ber-
mayapti: 

 
pensiya jamg’armasiga 
majburiy badallarni o’z vaqtida to’-lamaslik; 

 
pensiya  jamg’armasi  mablag’laridan  maqsadga  muvofiq  bo’l-magan  nafaqalar  to’lash 
amaliyotining davom etayotganligi; 

  imtiyozli pensiya oluvchilar sonining ortib borayotganligi; 

  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchilar  soni  ortgani  bilan,  ularning  jamg’armada 
kam ishtirok etayotganligi; 

 
mehnatga layoqatli aholining barchasi mazkur jamg’arma mablag’larini shakllantirishda 
ishtirok etmayotganligi.  
Xorijiy  mamlakatlardagi  modellarda  byudjetdan  tashqari  pensiya  fondlari  jamg’arib 
boriladigan  xususiy  pensiya  tizi-mi,  davlat  ijtimoiy  sug’urta  fondlari,  majburiy  tibbiy  sug’urta 
fondlari, aholi bandligi fondlari ko’rinishida ifoda-lanadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarining pensiya tizimidagi asosiy muammolari bir 
xil:  ular  pensiyaga  chiqish  yoshi-ning  barvaqtligi,  byudjetga  daromadlarning  to’liq  tushmasligi, 
pensiya to’lovlari uchun xarajatlarning kattaligi, imtiyozli pensiyalarning mavjudligi, pensiyalarga 
inflyatsiyaning  ta’siridan  iborat.  Aholining  qarishi,  tug’ilishning  kamayishi  kabi  demo-grafik 
muammolar aholining faol qismi bilan pensionerlar o’rta-sidagi nisbatning buzilishiga olib kelsa, 
inflyatsiyaning  yuqori  darajasi  ishsizlikning  ko’payishi,  davlat  byudjeti  taqchilligi  kabi  iqtisodiy 
omillarga kuchli ta’sir etadi. 
Ma’lumki,  pensiya  to’lovlari  «avlodlar  birdamligi»  tamoyi-liga  asoslangan,  yani  pensiyalar 
ishlayotganlarning  badallari  hisobiga  to’lab  boriladi.  Shuning  uchun  pensionerlar  va  ish-layotgan 


fuqarolar  soni  o’rtasida  ma’lum  bir  muvozanat  bo’lishi  kerak.  Lekin  respublikamizdagi 
demografik  holat  va  ishsizlar  sonining  ortib  borishi  natijasida  kelajakda  bu  muvozanat  buzilishi 
mumkin. 
 Mustaqillikka  erishgan  mamlakatlar  pensiya  tizimida  o’tka-zilayotgan  islohotlarga  yordam 
berish maqsadida Londondagi iqti-sod maktabida Pol Jonson tomonidan kompyuterda ushbu tizim-
ni  takomillashtirishning  modeli  yaratildi.  Bu  model  Jahon  bankining  Iqtisodiy  rivojlantirish 
institutini konsultant-lari tomonidan Qozog’iston  Respublikasida sinab ko’rildi. Taq-dim qilingan 
model yordamida 1995 yildan 2075 yilgacha yillik prognozlar qilindi, ushbu model yordamida har 
xil parametrlar va kombinatsiyalar bilan kelgusi davrlar uchun xulosalar qilish imkoni yaratiladi. 
Mazkur  model  ikkilamchi  pensiya  fondlarini  jalb  qilish  yo’li  bilan  pensiya  tizimini 
fundamental  qayta  qurish  yo’lini  ko’rsatdi.  Modelda  Jahon  banki  ma’lumotlari  asosidagi  aholi 
tarkibi  o’zgarmas  element  bo’ladi.  Pensionerlarning  umumiy  soni,  badal  to’lovchilarning  soni, 
o’rtacha  ish  haqi,  o’rtacha  pensiya  miqdori,  pensiyani  moliyalashtirish  uchun  kerak  bo’ladigan 
ajratmalar stavkasi o’zgaradi. Agar shu parametrlar har yilga kiritilsa, 2075 yilgacha bo’lgan davr 
uchun tahlil natijalarini olish mumkin. 
Mazkur  modelda  xulosa  sifatida  har  yilgi  pensiya  tizi-mini  moliyalashtirish  uchun  kerak 
bo’ladigan badal stavkalari, pensionerlar bilan badal to’lovchilar o’rtasidagi munosabat, har yilgi 
pensiyalarning boshlang’ich  yildagi  pensiyaga  nisbatan  real  qiymati, har  yilgi  davlat,  xususiy  va 
kombinatsiyalashgan  tizim-dagi  o’rtacha  pensiya  miqdori,  badal  stavkalari  kabi  ma’lumotlar 
aniqlanadi.  Shu  o’rinda  Jahon  banki  mutaxassislarining  ba’zi  takliflari  asosida  pensiya  yoshini 
asta-sekin erkaklar uchun 65 yoshga, ayollar uchun 60 yoshga ko’tarish ko’zda tutilgan. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, rivojlangan mamlakatlarda dav-lat pensiya ta’minoti tizimi bilan 
bir  qatorda  davlat  tasar-rufida  bo’lmagan  xususiy  pensiya  ta’minoti  ham  mavjud  bo’lgan.  Uning 
zarurligi quyidagi ikki asosiy sabablardan kelib chiqadi. 
Birinchidan,  bozor  munosabatlari  va  demokratiya  fuqaro-larga  ko’proq  erkinlik  va  davlat 
tasarrufidan  mustaqilroq  bo’lish  imkonini  berish  bilan  bir  qatorda,  ularga  o’z  hayotlarini 
farovonlashtirish, shu jumladan, ijtimoiy jihatdan ta’minla-nish borasida katta mas’uliyat yuklaydi. 
Ikkinchidan,  har  bir  davlatning,  u  qanchalik  rivojlangan  va  boy  bo’lishidan  qat’iy  nazar, 
moliyaviy  imkoniyatlarining  chegarasi  mavjud.  Davlat  fuqarolarni,  ular  mehnat  qobiliyat-larini 
yo’qotgunlariga  qadar  bo’lgan  ijtimoiy  himoyalanganlik  darajasida  ijtimoiy  ta’minlash  imkoniga 
ega  emas.  Shuning  uchun  har  bir  davlat  fuqarolarning  ijtimoiy  ta’minlanganlik  darajasini  o’z 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. Amaldagi pensiya tizimi keskin islohotlarni jadal 
davom  et-tirish,  Pensiya  jag’armasi  balansida  yuzaga  keladigan  taqchil-likni  bartaraf  qilish  va 
ijobiy qoldiqqa erishish imkoniyat-larini beradi.  
Ko’pgina  mamlakatlar  o’tish  davri  iqtisodiyotida  bir  qator  pensiya  islohotlarini  amalga 
oshirdilar.  Chexiyada  pensiya  bilan  ta’minlashni  isloh  qilishning  asosiy  yo’nalishlari  zararli  va 
og’ir  mehnat  uchun  imtiyozlarni  bekor  qilish,  ish  yurituvchilarning  sug’urta  qilingan  badallariga 
qo’shimcha  badallar  kiritish,  to’lan-gan  badallar  va  olingan  pensiyalar  o’rtasidagi  aloqani 
kuchayti-rish, ko’p rejali sug’urta tizimini rivojlantirish, individual pensiya rejalari imkoniyatlarini 
kengaytirish,  pensiya  yoshini  erkaklar  va  ayollar  uchun  2015-2020  yillarda  65  yoshgacha 
oshirishdan iborat edi. «Qozog’istonda amalga oshirilayotgan pensiya islohot-lari tezkor, keskin va 
samaraliligi  bilan  ajralib  turadi.  Islohotlar  natijasi  bilan  tizim  tarkibi  uch  yil  davomida  ishlab 
chiqilib, qabul qilindi. Davlat pensiya islohotlarini maqsadli yo’naltirishga intilsa va e’tiborni uni 
amalda  tatbiq  etishga  qaratsa,  xalqaro  texnik  yordam  tashkilotlari  (USAID)  va  xalqaro  kredit 
agentliklari  bilan  hamkorlikdan  qanday  natijalarga  erishish  mumkinligini  ifodalaydi»1.  Ayni 
paytda pensiya islo-hoti bo’yicha erishilgan yutuqlar, shuningdek, u bilan bog’liq muam-molar va 
kelajakda yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar muhokama qilinmoqda.  
 XIX  asrning  90-yillari  va  XX  asrning  20-yillari  oxirigacha  bo’lgan  davrni  pensiya  tizimi 
rivojlanishining  birinchi  bosqichi  deyish  mumkin.  Dastlabki  pensiya  jamg’armalari  sug’urta 
                                                           
1
  Pavlov  S.  Finansovo-ekonomicheskaya  politika  Kazaxstana  v  usloviyax  transformatsii  ekonomiki.  //  Vestnik 
Kazaxstana. Almata. 2005. №7. -3str.  


badallari ko’rinishida shakllangan. Ishlovchining sug’urta badallarini to’lash imkoniyati uning bu 
tizimda ishtirok etishini ta’minlab bergan. Shu tufayli unda ishtirok etish faqat ishlaydigan erkaklar 
va ularning oila a’zolari bilan chegaralangan. Shunday qilib, pensiya olish huquqi sug’urtalangan 
shaxsning badallar to’lashining aniq shartlari bilan uzviy bog’langan holda tizimning qamrab olish 
so-hasi cheklangan bo’lib, to’lanadigan pensiya miqdori yuqori bo’lmagan. 
Birinchi bosqichning muhim jihati, o’zaro yordam va fuqaro-larga tibbiy xizmat ko’rsatilishi 
bo’ldi.  Bu  boradagi  tarixiy  qadam  XIX  asrning  oxirida  qo’yildi,  ya’ni  Bismark  boshqarayotgan 
Germaniya  hukumati  sanoatda  ishlovchilar  uchun  majburiy  ijti-moiy  sug’urta  tizimini  kiritdi.  Bu 
tizim  kasallik  bo’yicha  (1883y),  ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalar  ro’y  bergan  holat-larda 
(1884y), nogironlik va qarilik (1889y) bo’yicha ta’mi-notlarni o’z ichiga oldi (LAYG)
 2
.  
 Germaniyaning pensiya tizimiga oid qonun hujjatlarida pen-siya miqdorining hisoblanishiga 
alohida  e’tibor  beriladi.  Qisqa  qilib  aytganda,  oylik  pensiya  miqdorini  fond  daromadlariga 
to’langan vznosga bog’liqligini quyidagi formulada ko’rish mumkin.  
 
Pensiya miqdori = 
sug’urta vznoslarining koeffitsienti  x  pensiya turlarining faktorlari  x  yosh faktori   x   
oylik pensiyaning hozirgi qiymati 
 
 «Har  yili  sug’urta  biografiyasida  ishlovchilar  sug’urta  vznos-lari  bilan  «pensiya 
koeffitsientlari»ga erishadilar. Yillik ish haqi bilan pensiya hisobraqamiga to’langan yillik vznoslar 
nisbati  aniqlanadi.  Pensiya  yoshiga  etganda  individual  pensiya  miqdorini  belgilashda  yillar 
bo’yicha fondda jamg’arilgan mab-lag’lar asosiy ko’rsatkich hisoblanadi»
1
. XX asrning boshlarida 
Germaniya  tajribasida  jiddiy  ijtimoiy  muammolar  paydo  bo’lgan  ishchilar  sinfining  o’sib 
borayotgan talablari bilan to’qnash kelgan boshqa Evropa mamlakatlariga murojaat qildilar. 
Fapb  mamlakatlari  asta-sekin  ijtimoiy  himoya  tizimining  samaradorligini  oshirib  bordilar. 
1919  yildan  boshlab  Anglo-Sakson  va  Skandinaviya  mamlakatlari  milliy  qonunchiligiga  qarilik 
bo’yicha  nafaqa,  ko’zi  ojizlarga  va  ba’zi  hollarda  mehnatga  layoqatsizlik  bo’yicha  yordam  bilan 
ta’minlovchi  tashkilotlarni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlovchi  beg’araz  tizim  kiritildi. 
Evropada  30-yillargacha  qo’llanilayotgan  ijtimoiy  ta’minotning  majburiy  tizimini  qamrab  olish 
darajasi  nisbatan  past  bo’ldi,  xususan,  qishloq  xo’jaligida  band  bo’lgan  shaxslar,  uyda  ishlov-
chilar,  uy  xizmatchisi  va  oq  yoqalilar,  uning  harakat  doirasidan  chiqarib  tashlandi.  Kimning  ish 
haqi ma’lum miqdor darajadan oshmasa, shu ishlovchilarga majburiy yordam ko’rsatilgan. Pensiya 
tizimi  tomonidan  kasallik  bo’yicha  ko’rsatiladigan  tibbiy  yordam  diapazoni  va  nafaqa  miqdori 
nihoyatda  chegaralangan  edi.  30-yil-lar  boshida  jahonda  iqtisodiy  inqiroz  ishlovchilarni  ijtimoiy 
himoya  qilish  tizimi  rivojlanishida  yangi  davrni  boshlab  berdi,  ijtimoiy  qonunchilikning  harakat 
doirasini  kengaytirishga  turtki  bo’ldi  va  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlariga  aralashuvini 
taqozo  eta  boshladi.  Shu  tariqa  ijtimoiy  pensiya  ta’minotining  milliy  tizimi  to’la  shakllanib, 
ijtimoiy  himoya  tizimi  rivojlanishining  ikkinchi  bosqichiga  o’tildi.  Ikkinchi  bosqichning  muhim 
xususiyati, hukmron doiralar strategiyasi ish-chilar harakati bilan munosabatda ijtimoiy hamkorlik 
tomoniga  burildi  va  ijtimoiy  himoya  tizimi  evolyutsiyasining  ikkinchi  bosqichi  jamoaviy-
shartnomali deb ataldi. Mazkur shartnomaga muvofiq davlat nogironlar, ishsizlar va qariyalarning 
ijtimoiy ta’minotini moliyalashtirishda qator majburiyatlarni o’z zimma-siga oldi. Ijtimoiy pensiya 
tizimining  shakllanishi  va  rivoj-lanish  jarayonida  ishlovchilarning  ijtimoiy  himoyasi  uchun 
moliya-lashtirish  manbalari  shakllantirilib  borildi.  Ijtimoiy  pensiya  tizimini  shakllantirishning 
dastlabki  bosqichidayoq,  pensiya  oluv-chi  shaxslarning  o’zlari  badal  to’lay  boshladilar. 
Ishlovchilarga to’lanadigan pensiya ularga beriladigan yordam emas, balki, ular-ning huquqlarini 
                                                           
2
 Qarang. Reichsgesetz betreffend die inyalidits und Alterssicherung yom 22.06/1889-(LAYG)». Reyxovskiy zakon po 
obespecheniyu v sluchae invalidnosti i po starosti. On bil prizvan dat pravo rabochemu pretendovat na pensiyu, esli on 
stanovilsya invalidom ili star». 
1
 Kaldibekova K., Mika T., Rodionova N. Pensii pereselentsam v Germanii vchera i segodnya. //  Sotsialniy  vestnik. 
Moskva. 2008. №1. -52str.  


ro’yobga chiqarish shaklidir.Jamg’arib borilgan badallar esa nafaqa oluvchining moddiy ahvolini 
yaxshilash uchun olingan mablag’dir. Fuqarolardan olinadigan majburiy badallar ularni kelajaklari 
uchun  jamg’arma  yig’ishga  rag’batlantirdi.  Ijtimoiy  pensiya  tarkibida  individual  jamg’armalar 
salmog’i  asosiy  o’rinni  egallay  boshladi.  Shuningdek,  badallarni  to’lash  ushbu  tizimda 
qatnashayotgan shaxslarga ijtimoiy pensiya das-turini boshqarishda ishtirok etish huquqini berdi. 
Polshada  1994  yilda  turli  xil  mutaxassislikda  ishlayot-gan  shaxslar  tomonidan  olinadigan 
pensiyalar  miqdoridagi  farqlarni  bekor  qilishni  ko’zda  tutuvchi  pensiyalarning  yangi  formulasi 
joriy etildi. Daromadlar asosini hisoblayotganda ishlatiladigan ish staji oshirildi, maksimal pensiya 
miqdori  kamaytirildi.  Ruminiyada  1992  yilda  erta  pensiyaga  chiqishni  ko’zda  tutadigan 
mutaxassisliklar  bo’yicha  ishlayotgan  shaxs-larning  badal  stavkasi  oshirildi.  Bolgariyada  ham 
1991  yilda  erta  pensiyaga  chiqish  xuquqini  beradigan  shaxslar  uchun  badal  stavkasi,  1992  yilda 
pensiyaga  chiqishning  minimal  yoshi  oshiril-di.  Erta  pensiyaga  chiqish  xuquqiga  ega  bo’lgan 
ishchilar  soni  qis-qartirildiki,  ushbu  tadbirlar  orqali  pensiya  yoshidagi  kishilar  ham  ishlashni 
davom  ettirdilar.  Vengriyada  1992  yilda  badal-larning  eng  yuqori  chegarasi  belgilandi,  badallar 
kiritiladi-gan  minimal  muddat  oshirildi.  Pensiyalarni  indeksatsiya  qilish  tizimi  o’zgartirildi  va 
ijtimoiy sug’urtaning mustaqil fondi tashkil etildi. 
Chili  eski  pensiya  tizimini  isloh  qilishni  yangi  tizimga  o’tish  bilan  bir  vaqtda  olib  borgan 
mamlakatlardan biridir. Asosiy muammo shunda ediki, davlat pensiya ta’minoti bo’yicha qarzlarni 
yangi  xususiy  majburiy  jamg’armalarni  tashkil  qi-lish  bilan  bir  qatorda  davlat  pensiya  fondiga 
tushumlarni  qis-qartirish  sharoitida  olib  borishi  kerak  edi.  Ijtimoiy  ta’mi-not  doirasidagi  qarzlar 
o’z ichiga yangi tizim joriy etgan vaqtda pensiyaga chiqqanlarning pensiyasini (1 kategoriya), hali 
pensiyaga  chiqmagan,  lekin  yaqinda  isloh  qilingan  eski  tizim  ishtirokchilari  sifatida  qolishni 
istagan  ishlovchilarning  pensiyasini  (2  kategoriya),  yangi  tizim  ishtirokchilari  bo’lishga  qaror 
qilgan  ishlovchi  aholining  pensiyasini  (3  kategoriya)  o’z  ichiga  oladi.  Birinchi  va  ikkinchi 
kategoriyadagi  qarzlar  davlat  byudjeti  mablag’lari  hisobiga  moliyalashtiriladi.  Uchinchi  kate-
goriya  pensiyasi  bo’yicha  qarzlar  masalasi  pensiya  obligatsiya-larini  chiqarish  yo’li  bilan  hal 
etiladi.  Ushbu  obligatsiyalar  kafolatli  hisoblanadi,  4%  miqdorida  foyda  keltiradi  va  ega-lari 
pensiyaga  chiqqandan  so’ng  majburiy  tartibda  ochila-digan  jamg’arma  hisobraqamlariga 
o’tkaziladigan  bir  vaqtli  to’lov  summalariga  almashtirilishi  mumkin”.  Chili  hukumati  ushbu 
tadbirni  o’tkazish  bilan  70-80  yillar  davlat  byudjetidagi  byudjet  taqchilligining  katta  qismini 
pensiya tizimi doirasida qopladi. 
AQShda 1974 yilda Kongress yollanma xizmatchi pensiya daro-madining muhofazasi haqida 
qonun  chiqardi,  unga  binoan  xusu-siy  pensiya  rejalari  uchun  mezonlar  o’rnatildi,  federal  bo’lim 
maqomidagi Pensiya Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasi ularni tatbiq etishga ko’maklashdi. 
Xususiy  pensiya  rejalari  korporatsiyadan  sug’urta  xarid  qiladigan,  kompaniya  pensiya  to’-lay 
olmasa, uni korporatsiya to’laydigan bo’ldi. 
Federal  pensiya  tizimlarining  eng  yirigi  -  AQSh  Fuqaro  Xizmati  Pensiya  tizimiga  ham, 
federal yollanma xizmatchilarga ham hukumat tomonidan mablag’ ajratiladi. Qo’shimcha ravishda 
ishga yollanuvchi fuqarolar, pensiya bilan ta’minlanmaydigan va o’z pensiya rejalari xizmatlariga 
yarasha  to’lanmasligiga  ishon-ganlar  o’z  daromadlarining  bir  qismini  maxsus  shaxsiy  pensiya 
hisobiga  ajratadi.  Shaxsiy  pensiya  hisoblari  banklar,  jamg’ar-ma  va  qarz  uyushmalari,  kredit 
ittifoqlari,  sug’urta  kompaniya-lari  kabi  moliyaviy  institutlar  tomonidan  boshqariladi.  Fede-ral 
hukumat bu reja xizmatidan foydalanuvchi shaxslarga daro-mad solig’i bo’yicha imtiyozlar berish 
orqali  madad  beradi.  Shax-siy  pensiya  hisobiga  qo’yilgan  mablag’lar  foyda  foizni  barpo  etadi,  u 
o’z-o’zidan  hisobga  qo’shilib  boraveradi.  Shaxsiy  pensiya  xisobidagi  foydaga,  undan  pul 
chiqarilmaguncha, soliqlar solin-maydi. 
Yangi  pensiya  tizimini  tashkil  etishda  jahonga  mashhur  Ger-maniya  va  Chili  modellari 
andoza  sifatida  tanlanmoqda.  Pensiya  ta’minotining  ikki  bazaviy  modeli  taqsimot-tortiluvchi  va 
kapitallashgan  modellaridir.  Mashhur  venger  iqtisodchisi  Ya.  Kornai  taqsimot  va  kapitallashgan 
pensiya  tizimlari  o’rtasi-dagi  farqlar  mohiyatini  asoslab  berdi.  Ular  o’rtasidagi  farq  qisman 
moliyalashtirish  texnikasida  yuzaga  chiqadi.  Taqsimot  modeli  pensionerlarni  hozirgi  vaqtda 


amalda  bo’lgan  aholi-ning  iqtisodiy  faol  qatlami  hisobiga  ta’minlaydi.  Pensiya  tizimining 
kapitallashgan modeli taqsimotdan farqli ravishda insonning o’z mehnati va pensiya jamg’arilishi 
natijalari bilan uzviy bog’liq. 
Germaniyada  taqsimot  pensiya  tizimi  1891  yilda  joriy  qi-lingan  bo’lib,  o’sha  davrdan 
hozirgacha  uning  turli  ko’rinish-lari  Evropa  mamlakatlarida,  Vengriyada  va  MDH  davlatlarida 
qo’llanilmoqda.  Germaniyaning  pensiya  tizimidagi  taqsimot-tor-tiluvchi  modeli  sxemasiga  ko’ra 
aholining  iqtisodiy  faol  qat-lami  tomonidan  to’langan  majburiy  pensiya  badallari  hisobidan 
pensiya  xarajatlari  shakllanadi  va  aholining  iqtisodiy  faol  qatlamlari  o’rtasida  taqsimlanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, joriy pensiya xarajatlari joriy daromadlar xisobidan qopla-nadi. Ushbu 
tizim  avlodlar  birdamligi  asosida  qurilgan.  Bir  avlod  ichida  esa,  daromadlar  aholining  alohida 
ijtimoiy  gu-ruhlari  o’rtasida  tabaqalandi.  Germaniyada  to’lov  intizomini  rag’batlantiruvchi  ball 
tizimi taqsimot modelini to’ldiradi. 
Chili  modeli-kapitallashgan  model.  Ushbu  model  erkin  bozor  islohotlari  doirasida  Chili 
mutaxassislari  tomonidan  ishlab  chiqildi.  1981  yilda  e’lon  qilingan  farmonga  ko’ra,  shu  kundan 
boshlab mehnat munosabatlarida ishtirok etgan har bir kishi uchun davlat pensiya ta’minoti bekor 
qilindi, bir vaqtning o’zida ular xususiy pensiya fondlarining mijoziga aylandi. 
 Kapitallashgan  model  sxemasi  kuyidagicha:  pensiya  badal-larini  investitsiya  qilishdan  va 
to’plashdan xosil bo’lgan kapi-tal pensiya xarajatlarini  qoplashga  yo’naltiriladi. Pensiya badallari 
kapital  to’lovchining  shaxsiy  hisobraqamida  hisobga  olib  boriladi.  Ushbu  hisobraqamni  pensiya 
fondlari  yoki  pensiya  kassalari,  sug’urta  kassalari  yoki  banklar  yuritadi.  Pensiya  mab-lag’larini 
tizimli  investitsiya  qilish  bilan  ushbu  institutlar  investitsiya  daromadlariga  ega  bo’ladi.  Kapital 
yoki  yig’ilgan  pensiya  badallari  summasi  ularni  investitsiya  qilishdan  olin-gan  daromad  pensiya 
fondi  faoliyati  xarajatlari,  natijasida  kapitallashgan  pensiyaning  moliyaviy  manbasidir.  Avlodlar 
birdamligi  asosida  qurilgan  taqsimot  modelidan  farqli  ravishda  kapitallashgan  model  sug’urta 
tamoyiliga  asoslanadi.  Kapitallashgan  model  «Chili  modeli»  nomi  bilan  xalqaro  miqyosda 
mashhur. 
Pensiya tizimiga davlat byudjetidan YaIMning 4 foizi miq-dorida moliyaviy yordam beriladi. 
Mazkur  yordamning  man-balari  byudjetning  daromadlaridan  mablag’  berish,  xususiy  su-
g’urtachilar  o’rtasida  sotilgan  davlat  obligatsiyalari,  jismo-niy  shaxslar  daromadiga  soliqning 
stavkasini  oshirish,  dav-lat  mulkini  sotish  va  xususiylashtirishdan  keladigan  daro-madlardan 
iborat. 
Kapitallashgan  pensiya  modeli  davlat  pensiyasiga  qara-ganda  o’rtacha  30  foizga  yuqori 
bo’lgan  pensiya  miqdorini  ta’min-laydi.  2000  yilda  xususiy  pensiya  fondlarining  jami  aktivlari 
summasi YaIMga nisbatan 40 foizni tashkil etdi, 2020 yilga borib esa bu daraja 130 foizga etishi 
mumkin.  Chili  modeli-ning  umum  tan  olingan  ijobiy  tomoni  shundaki,  u  bu  model  XPJlarining 
rivojlanishi  tufayli  milliy  kapital  bozori-ning  shakllanishiga  ko’maklashadi.  XPJlari  o’z  faoliyati 
davomida  tizimli  ravishda  o’z  xarajatlarini  kamaytirib  bormoqda.  Bu  ko’r-satkich  XPJlarining 
iqtisod va hayotiylik darajasining yuqori-ligidan darak beradi. XPJlar institutsional investorlar sifa-
tida  mamlakat  iqtisodiyotiga  sezilarli  darajada  ijobiy  ta’sir  ko’rsatmoqda.  Yuqori  jamg’arish 
qobiliyatining  mavjudligi,  mu-vaffaqiyatli  investitsiyalar  tufayli  XPJlarning  yirik  mablag’-lari 
iqtisodiyotga  yo’naltirilib,  mamlakatning  investitsion  salo-hiyatining  oshishiga  va  barqaror 
iqtisodiy o’sishini ta’minlashga ko’maklashmoqda. 
Kapitallashgan  model  shaxsiy  pensiya  jamg’armalarini,  band-likni  ta’minlashda,  to’lov 
intizomini oshirishda kuchli manfa-atdorlikni yuzaga keltiradi. Kapitallashgan Chili pensiya mode-
lining ijobiy va salbiy tomonlari qator G’arbiy Evropa mamla-katlarida eskirgan taqsimot modelini 
isloh qilishda inobatga olinmoqda, natijada taqsimot elementlari saqlab qolingan va kapitallashgan 
model  tamoyillarini  o’z  ichiga  olgan  o’ziga  xos  aralash  pensiya  tizimi  vujudga  keldi.  Bu  tizim: 
«Pensiyaga  chiqish  yoshini  bosqichma-bosqich  oshirishdan  iborat.  Pensiyaga  chiqish  yoshi  65 
yoshgacha  ko’tarish  ishlovchilar  va  badal  to’lovchilarning  zima-siga  tushadigan  og’irlikni 
kamaytiradi.  Agar  pensiya  yoshini  oshiril-masa,  2025  yilda  10  ta  badal  to’lovchiga  8  pensioner, 
2050  yilda 11 pen-sioner to’g’ri keladi. Pensiyaga chiqish 65  yoshgacha  oshirilsa, 2025  yilda 10 


to’lovchiga 7 pensioner, 2050 yilda 9 pensioner to’g’-ri keladi. Ayollar va erkaklarning pensiyaga 
chiqish yoshini teng-lashtirish Evropa Hamkorligining talabiga rioya qilishgina emas, mamlakatda 
«gender  teng»ligini  ta’minlash  va  davlat  pensiya  ta’minoti  tizimini  moliyalashtirish  og’irligini 
kamaytirish imkonini beradi»
1
.  
Rossiya Federatsiyasining 1995 yildagi «Nodavlat Pensiya fondlari faoliyatini litsenziyalash 
va  Nodavlat  Pensiya  fondi  aktivlarini  boshqarish  vakolatlari  haqida  Nizomni  tasdiqlash 
to’g’risida»gi  qarori  qabul  qilinishi  bilan  Rossiyada  nodavlat  pensiya  ta’minoti  tizimini 
rivojlantirishning  ikkinchi  bosqichi  (1995-2001yy)  boshlandi.  Mazkur  hujjat  nodavlat  pensiya 
ta’mi-noti  tizimida  davlat  nazoratini  kuchaytirish  uchun  asos  bo’ldi.  Fond  muassislarining 
hujjatlari  ro’yxatdan  o’tkazildi  va  litsen-ziya  berila  boshlandi.  «Shunda  ma’lum  bo’ldiki,  agar 
ilgari  kor-xonalarda  bir  xil  kasbdagi  xodimlar  mablag’laridan  shakllan-tirilgan  fondlarda 
xodimlarning  atigi  10  foizi  qatnashgan  bo’lsa,  1995-1996  yillarda  har  bir  yirik  tashkilot  xususiy 
noda-vlat  fond  shakllantirishga  harakat  qildi.  Bu  esa  fondlarning  sonini  tezlik  bilan  oshishiga 
yordam  berdi,  1996  yilda  fond-larning  soni  26  tadan  252  taga  etdi.  Shunday  qilib,  1996  yilning 
oxirida to’langan pensiya badallarining 87 foizi korxonalar, firma va tashkilotlarga to’g’ri keldi, 13 
foizini  300000  ortiq  jismoniy  shaxslar  to’ladi»
1
.  «1998  yilda  nodavlat  pensiya  fondi  mablag’lari 
yanada  kontsentratsiyalasha  boshladi.  Moliya-sanoat  guruhlari,  yirik  tashkilotlar  va  bitta 
tarmoqdagi  bir  nechta  korxonalardan  tuzilgan  fondlar  liderlik  qila  boshladi.  Bular  jumlasiga 
«Surg’utneftegaz JPF» (1,9 mlrd. rubl),  «LUKoyl-Grant»  (1,5 mlrd. rubl),  «Gazfond»  (1,3 mlrd. 
rubl),  «Elekto-enegetika»  (302  mln),  «Ugol»  (205  mln),  «Gaz»  (107  mln),  «Teplo»  (60  mln), 
«AvtoVAZ»  (56  mln)»  kiradi.  Bu  fondlar  misolida  korporativ  fondlar  shakllantirildi,  mablag’lar 
xodimlarni  rag’batlantirish  uchun  ishlatildi.  Pensiya  yordamida  xodimlarni  qo’shimcha 
rag’batlantirib, badal to’lovchilarni o’ziga bog’lab oldi»
2
.  
O’zbekiston  Respublikasida  ham  pensiya  tizimining  ko’shimcha  korporativ,  kollektiv  va 
xususiy turlarini shakllantirishni rag’-batlantirish kerak 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish