• xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan
loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.
Shuningdek, O’zbekiston hududida o’zlari uchun g’oyat muhim investitsiya loyihalarini
amalga oshirish (qo’shma moliyalashtirish)dan manfaatdor bo’lgan xalqaro va xorijiy
jamg’armalar hamda investorlar hukumat qarorlariga binoan Jamg’arma hammuassislari sifatida
qo’shilishi, mazkur moliya institutlarining vakillari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash
tarkibiga kiritilishi mumkin.
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilardan
iborat:
• strategik resurslarga jahon narxlarining qulay kon’yunkturasi natijasida, shuningdek
xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan navbatdagi yilga Davlat byudjetini tasdiqlash chog’ida belgilanadigan ayrim soliq va
to’lov turlari bo’yicha hosil bo’ladigan qo’shimcha tushumlar;
• Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
• O’zbekiston Respublikasining xorijiy sheriklar bilan mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi
bitimlari doirasida mahsulotni sotishdan oladigan daromadlari;
• davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat byudjeti
daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag’lar;
• Jamg’arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;
• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.
Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar
mobaynida Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvarag’ida
Jamg’arma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni ta’minlashi belgilab
qo’yildi.
Jamg’arma soliqlar, yig’imlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli
jamg’armalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno).
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, mamlakatimizda har yili Davlat investitsiya dasturi qabul
qilinadi va unda eng muhim investitsiya loyihalari o’z ifodasini topadi. 2007 yil uchun ham
Investitsiya dasturi tasdiqlangan bo’lib, unda real iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari va
ijtimoiy sohada yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qiymati 3 mlrd. 950 mln. AQSh
dollariga teng bo’lgan investitsiya mablag’larini o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu
dastur doirasida 1 mlrd. AQSh dollaridan ko’proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi
mo’ljallanmoqda. Bu mablag’ning salkam 700 mln. dollarini (qariyb 68%) to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Investitsiya dasturiga 80 ga yaqin investitsiya loyihalari
kiritilgan.
Investitsiya jarayonlarini jadallashtirishda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, Xorijiy
investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi – «O’zinfoinvest»ning o’rni
va ahamiyati katta. Jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav kapitali 1 mlrd.
AQSh dollari miqdorida belgilanib, 2007 yilning 1 yanvarigacha jamg’armaning ustav kapitaliga
500 mln. dollar mablag’ jalb etildi1. 2007 yilda investitsion siyosatni amalga oshirishni mablag’
bilan ta’minlash maqsadida Jamg’arma daromadlarining 928,5 mlrd. so’m hajmda bo’lishi ko’zda
tutilgan.
“Jamg’armaning asosiy vazifasi faqat mablag’larni jamlash hamda tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik
muhim loyihalarni moliyalashtirish bilan cheklanmaydi, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov,
- balki xorijiy investorlar –chet el kompaniyalari, banklari, xalqaro moliya institutlari bilan
hamkorlikda o’zaro teng shartlarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni ham o’z ichiga
oladi”
Do'stlaringiz bilan baham: