Pensiya ishi


jamg’armasi faoliyatining zarurligi, maqsadi va vazifalari



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

jamg’armasi faoliyatining zarurligi, maqsadi va vazifalari 
 
Hozirgi  kunda  iqtisodiyotning  taraqqiyoti  va  uning  rivojlanish  darajasi  ijtimoiy  hayotning 
yo’nalishini va uning yuksalishini belgilab beradi. Iqtisodiy tizimning asosi bo’lgan moliya tizimi 
esa jamiyat a’zolarining bugungi balki, ertangi va kelajakdagi farovonligini belgilab beradi.  
O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotini  erkinlashtirish  bosqichi  va  islohotlarning  chuqurlashuvi 
sharoitida  kuchli  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish  yangicha  amaliy  va  samarali  shakllarni 
qo’llashni talab etadi.  
Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so’ng,  uning  moliya  tizimida  yirik  o’zgarishlar 
vujudga  keldi.  Aynan,  davlatning  maqsadli  jamg’armalarining  tashkil  etilishi  buning  yaqqol 
dalilidir.  Byudjetdan  tashqari  fondlarning  tashkil  etilishi,  ularning  mohiyati  haqidagi  nazariy 
bilimlar  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  byudjetdan  tashqari  fondlarning  faoliyatini 
o’rganish,  tahlil  qilish,  samarali  boshqarish  hamda  nazorat  qilish  jarayonlarini  o’rganish  muhim 
hisoblanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenta  I.  Karimov  ta’kidlaganidek,  «bozor 
munosabatlariga o’tishda Uzbekistan tanlab olgan  yo’l  - respublika va uning xalki manfaatlariga 
nihoyat-da  moe  keladigan  ijtimoiy  jihatdan  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishga 
qaratilgan iqtisodiyotdir».  
Darhaqiqat,  O’zbekiston  tanlagan  islohot  yo’li  ijtimoiy  yo’-naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini 
shakllantirishga  qaratilgan.  Ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  bozor  mexanizmining 
samarali  ishlashini,  aholi  turmushining  yuqori  darajada  bo’lishi-ni  ta’minlashni,  kuchli  ijtimoiy 
kafolatlarni  nazarda  tutadi.  Bu  davrda  mamlakatning  oldida  turgan  strategik  vazifalar  quyi-
dagilardan iborat edi:  
 
iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ishlab  chiqarishning  pa-  sayishini  to’xtatish  va  uni 
rag’batlantirish hamda pul birligini mustahkamlash;  
 
davlat  mulkini  xususiylashtirish  va  uni  jamoa  hamda  xu-  susiy  mulkdorlarga  sotish  yoki 
ularning ixtiyoriga berish;  
 
mamlakatlar va ittifokdosh respublikalar o’rtasidagi sa- marasiz mehnat taqsimoti natijasida 
paydo bo’lgan nomutanosib- liklarni bartaraf etish maqsadida iqtisodiyotning tarmok tuzili- shini 
qayta qurish;  


 
iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan narxlarni;  
 
 
erkinlashtirish, talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni o’rnatish;  
 
bozor  islohotlarining  salbiy  oqibatlari  -  inflyatsiya,  ishsizlik  va  boshqalardan  aholini 
ijtimoiy himoyalash mexanizmini shakl lantirish;  
 
davlat boshqaruv tizimini tubdan qayta qurish;  
 
bozor  infrastrukturasini  -  maslahat,  marketing  firma-  lari,  tijorat  banklari,  tovar,  fond  va 
mehnat birjalarini, su- gurta kompaniyalarini barpo etish;  
 
tashqi iqtisodiy aloqalarni keng yo’lga qo’yish va jahon bozoridagi o’rnini aniqlash.  
Uzbekistan o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ush-bu strategik vazifalar doirasida, 
birinchi  navbatda,  bajariladi-gan  vazifalarni,  ularni  bajarish  muddatlarini  va  unga  erishish 
yo’llarini aniqlab oldi.  
Respublikamizda  islohotlar  yo’lining  izchillik  bilan  amalga  oshirilishi  iqtisodiyotni  qayta 
qurish,  uni  erkinlashtirish  va  ja-hon  hamjamiyati  uchun  ochish  sohasida  sezilarli  natijalar  berdi. 
Islohotlar  yo’lidan  aniq  maqsadni  ko’zlab  va  bosqichma-bosqich  il-garilab  borish  ko’p  ukladli 
iqtisodiyot  negizlarini,  bozor  infra-strukturasi  hamda  valyuta  bozorini,  shuningdek,  ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotinishakllantirishning boshqa eng muhim  jihatlarini tarkib  toptirish 
imkonini berdi.  
Isloh  qilishning birinchi  bosqichi  maqsadlarini belgilash chog’ida iqtisodiy  tanglikka barham 
berish,  iqtisodiy  va  moliyaviy  barqarorlikka  erishish  vazifalari  ustuvor  yo’nalishlar  jumlasi-ga 
kiritilgan edi. Byudjetni va pul muomalasini barqarorlashti-rishga, pulning qadrsizlanish darajasini 
ancha  qisqartirishga,  aholi  turmush  darajasini  keskin  pasayishining  oldini  olishga  muvaffaq 
bo’lindi.  
MDH  davlatlardan  farqli  ravishda  O’zbekistonda  tanlab  olin-gan  iqtisodiy  islohotlar  yo’liga 
amal  qilish,  bozor  munosabatla-rini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  mexanizmini  bosqichma-
bosqich, qadam-baqadam sayqallab borish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash,  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  yomonlashib  borishining  oldini  ma’lum  darajada  olish 
imkonini berdi.  
Respublikamizda islohotlarni amalga oshirishning ikkinchi bosqichidagi birinchi asosiy vazifa 
davlat  mulkini  xususiylash-tirish  sohasidagi  boshlangan  ishni  oxiriga  etkazishdan  iborat.  Isloh 
qilishning  ikkinchi  asosiy  vazifasi  ishlab  chiqarishning  pasayishiga  barham  berish  va 
makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’min-lash,  umuman  davlatning  iqtisodiy  va  moliyaviy 
barqarorligiga erishishdan iborat edi.  
Uchinchi  muhim  vazifa  milliy  valyuta  -  so’mni  yana  ham  mustah-kamlashdan  iborat. 
Iqtisodiyot  barqarorligining  o’ziga  xos  ko’rsat-kichi,  belgilangan  islohotlarni  muvaffaqiyatli 
amalga  oshirishning  asosiy  mezoni  bo’lgan  o’z  valyutamizni  mustahkamlash  mamlakati-mizda 
amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarnigina  emas,  balki  ijtimoiy  islohotlarning  ham  eng 
ustuvor yo’nalishidir.  
To’rtinchi  strategik  vazifa  -  iqtisodiyotimiz  strukturasini  tubdan  o’zgartirish,  xom  ashyo 
etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatbardoshligini 
ja-hon  bozori  talablari  darajasiga  etkazishdan  iborat.  Strategik  vazifalarni  bajarish  davlat 
taraqqiyotining  u  yoki  bu  bosqichi  xu-susiyatlariga  qarab  taktik  vazifalarni  hal  qilishni  ham 
nazarda  tutadi.  Uzbekistan  Respublikasi  islohotlarning  strategik  mak,-sadi  eski  tuzumni  butunlay 
yo’qotib,  o’rniga  yangi  zamon  talabiga  javob  beradigan  iqtisodiyotni  tuzish  masalasi  bo’lib 
hisoblanadi.  
Ta’kidlash lozimki, o’tish davri iqtisodiyotida davlatning roli ko’proq ahamiyat kasb etadi. U 
islohotlarning  tashabbuskori  va  resurslarning  yirik  egasi  bo’lib,  o’tish  jarayonlarini  boshqarishi, 
bozor  infrastrukturasining  rivojlanishini  rag’batlantirishi  lozim  hamda  bozorni  bir  maromda 
faoliyat ko’rsatib turishini ta’-minlash uchun sharoitlarni yaratib berishi kerak.  
Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi,  eng  avvalo,  me’yoriy  xuj-jatlarni  yaratishchdan 
boshlanadi,  deyishimiz  mumkin.  Bozor  tizimi  rivojlanishi  bilan  mamlakat  axoliey  oladigan 


daromadlari va qila-digan xarajatlari o’rtasida nomutanosibliklar paydo bo’ladi, bu muammolarni 
hal 
qilishda 
davlat 
asosiy 
ahamiyatga 
egadir. 
Davlatning 
jamiyatdagi 
daromadlar 
nomutanosibligini  kamaytirish  vazifasi  bir  necha  tadbir  va  dasturlarda  o’z  echimini  topadi. 
Birinchidan,  transfert  to’lovlari  orqali  yordamga  muhtoj,  nogiron  va  isheizlarni  nafaqalar  bilan 
ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali daromadlar taqsimlanishini o’zgartiradi.  
Ma’lumki, iqtisodiyotda bir sub’ektning daromad topishi bosh-qa sub’ektning xarajat qilishini 
bildiradi.  Xuddi  shu  yo’sinda  davlat  ham  daromad-xarajat  ishida  ishtirok  etadi.  Davlat  ijtimoiy 
xizmatlarni  ko’rsatgani  uchun  firmalar  va  xonadonlardan  soliq  shaklida  pul  oladi  va  bu 
firmalardan  tovar  va  xizmatlar,  xonadonlardan  resurelar  sotib  olgan  chog’da,  uni  xarajat  kiladi. 
Shu tari-qa davlat ham o’z mol-mulkini sotib daromad oladi va uni sarflaydi.  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish