pedagoglar jamoatchiligi va o’quvchilarning ota-onalari qumitalarining yuridik shaxs maqomi
bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari
Respublika maqsadli
kitob jamqarmasi (keyingi o’rinlarda Jamg’arma deb yuritiladi) tashkil etish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2006 yildagi PQ-363 sonli qaroriga binoan
O’zbekiston Respblikasi moliya vazirligi huzurida Respublika maqsadli «Kitob jamg’armasi»ni
tashkil etish taklifi qabul qilindi.
Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- umumta’lim maktablari o’quvchilarini darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan
ta’minlash uchun mo’ljallangan byudjet va homiylik mablag’ari, xalqaro moliya institutlarining
kredit va grant mablag’ari, darsliklarning ijara to’lovlarini jamlash, ushbu mablag’lardan samarali
foydalanishni tashkil etish;
- umumta’lim maktablari kutubxona fondlari, shu jumladan, ijara tizimi asosida darsliklar
bilan o’quvchilarni ta’minlash uchun darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarni sotib olish va
etkazib
berishni moliyalashtirish;
- nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi korxonalarga qisqa
muddatli maqsadli ssuda ajratish yuli bilan ko’maklashish;
- jamg’arma mablag’lari tushumi, ulardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan
monitoringni amalga oshirish.
Respublika maqsadli kitob jamg’armasi Vasiylik kengashining tarkibi unga kuyidagi asosiy
vazifa va funktsiyalarni yuklagan holda ma’qullandi:
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keyingi o’quv yili uchun takdim
etilgan darsliklar va o’quv-metodik qullanmalarni ishlab chiqarish va
sotish kvotalarini tasdiqlash;
Jamg’armaning foydalanish manba va yo’nalishlari buyicha daromad va xarajatlarning
prognoz parametrlari, shuningdek Jamg’arma ijroiya direktsiyasi tomonidan kiritiladigan
Jamg’arma tushumlari va mablag’laridan foydalanish to’g’risidagi
hisobotlarni tasdiqlash;
Jamg’arma oldiga qo’yilgan masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar,
jamoatchilik va boshqa nodavlat
tashkilotlarni jalb etish;
Jamg’arma ijroiya direktsiyasi faoliyatini Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali
foydalanish qismida nazorat qilish.
Quyidagilar tasdiqlansin:
Respublika maqsadli kitob jamg’armasi ijroiya direktsiyasining tashkiliy tuzilmasi
boshqaruv
xodimlari cheklangan soni 11 nafar va uning hududiy bo’linmalarida, Qoraqalpoqiston
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalarida va Toshkent shahrida
xodimlarning chegaralangan soniga muvofiq yana qo’shimcha 1 kishi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika
maqsadli kitob jakg’armasining mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartib-qoidalari
to’g’risidagi nizomga muvofiq. Jamg’armaning ijrochi direktori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan Jamg’armaning Vasiylik kengashi tavsiyasi bilan lavozimiga tayinlanadi va
undan ozod etiladi.
Quyidagilar Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari etib belgilangan:
- byudjet mablag’lari;
- darsliklarni ijaraga berishdan tushadigan to’lovlar;
- xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar hamda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va
norezidentlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik
yordamlari;
- jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini joylashtirishdan olingan mablag’lar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ijara tizimini tatbiq etish buyicha tajriba
doirasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ochilgan maktablarning
maxsus depozit subhisob raqamlarida to’plangan mablag’larni belgilangan tartibda Jamg’armaga
o’tkazadi.