Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. O‘zbekistonda pensiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari



Download 2,13 Mb.
bet22/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

2.5-rasm. O‘zbekistonda pensiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
2018 va 2019 yillarda davlat pensiya ta’minoti tizimida tub islohotlarni amalga oshirishga kiriishildi. Jumladan, 2019-2030 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish Kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, umuXalq muhokamasiga qo‘yildi va takomillashtirilib borilmoqda. Pensiya ta’minoti tizimini chuqur o‘rganish, uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda 2019-2030 yillarda davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Kontseptsiyasini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Ushbu Kontseptsiya va Dasturda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon banki, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Toshkent moliya instituti tomonidan xalqaro darajadagi anjumanlar tashkil etildi.
Pensiya tizimidagi islohotlar doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarni hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartiblarida, shuningdek, pensiya ta’minotining moliyaviy asosini tashkil qiluvchi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining shakllanish tartiblariga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi19:

  • birinchidan, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lash belgilandi. Ushbu tartib joriy qilingunga qadar ishlovchi pensionerlarning ayrim toifalari, xususan, I-II guruh nogironlari, urush qatnashchilari, mahalla raislari va ularning diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Xalq ...” va “Xizmat ko‘rsatgan ...” faxriy unvonlariga ega pensionerlar, tibbiyot muassasalari shifokorlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Oila” markazi, Majburiy ijro byurosi va nodavlat-notijorat korxonalari xodimlari, sport faxriylariga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanar edi. Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ular olayotgan pensiyasining 50 foizi to‘lanib kelingan;

  • ikkinchidan, pensiyani hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan o‘rtacha oylik ish haqining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi bilan belgilab quyilgan maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobariga oshirildi;

  • uchinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning ish haqidan 8 foiz miqdorida ajratiladigan ijtimoiy sug‘urta badallari bekor qilindi;

  • to‘rtinchidan, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi;

  • beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi, ushbu badal miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-sonli Qaroriga muvofiq 2005 yilning 1 yanvaridan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromadi)ning 1 foizi miqdorida amalga oshirildi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454sonli Qaroriga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvardan boshlab ushbu miqdor 2 foiz qilib belgilangan edi;

  • oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tugatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. Tugatilayotgan davlat maqsadli jamg‘armalari va Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2019 yil 1 yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi belgilandi;

  • ettinchidan, avvallari Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibi yagona ijtimoiy to‘lovdan tushumlar, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallaridan ajratmalar, mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushumdan ajratmalar, boshqa daromadlar va soliqsiz tushumlardan iborat bo‘lgan bo‘lib, Pensiya jamg‘armasining daromadlari tarkibi va tuzilishida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi, jumladan, Pensiya jamg‘armasining daromadlari yagona ijtimoiy to‘lovdan tushumlar, yagona soliq to‘lovidan tushumlar, Davlat byudjetidan subsidiyalar, boshqa daromadlar va soliqsiz tushumlardan tarkib topishi belgilandi.

Korxonalarning mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushumdan majburiy ajratmalar esa bekor qilindi;

  • sakkizinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlari tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Pensiya jamg‘armasi xarajatlari ishlamaydigan pensionerlarga pensiya to‘lovlari, ishlaydigan pensionerlarga pensiya to‘lovlari, keksa yoshdagilar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun nafaqalar, dafn marosimi uchun nafaqalar va kompensatsion to‘lovlar hamda boshqa xarajatlardan iborat edi. 2019 yildan boshlab Pensiya jamg‘armasining xarajatlari ikki guruhga jamlandi, ya’ni pensiyalar va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar hamda boshqa xarajatlar. Keksa yoshdagilar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun nafaqalar hamda dafn marosimi uchun nafaqalar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi;

  • to‘qqizinchidan, 1) byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi(kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25 foiz miqdorida belgilandi, uning 99,2 foizi Pensiya jamg‘armasiga, 0,4 foizi Bandlik jamg‘armasiga va 0,4 foizi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga; 2) boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi, uning 98,4 foizi

Pensiya jamg‘armasiga, 0,8 foizi Bandlik jamg‘armasiga va 0,8 foizi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yo‘naltirilishi belgilandi. Ungacha bo‘lgan davrda 1) barcha yuridik shaxslar 25 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov to‘lar edi, uning 24,8 foizi Pensiya jamg‘armasiga, 0,1 foizi Bandlik jamg‘armasiga va 0,1 foizi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga, 2) Mikrofirma va kichik korxonalar hamda fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foiz bo‘lib, uning 14,8 foizi Pensiya jamg‘armasiga, 0,1 foizi Bandlik jamg‘armasiga va 0,1 foizi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yo‘naltirilar edi;

  • o‘ninchidan, 2017 yilda yuridik shaxslarning tovar(ish, xizmat)lar aylanmasidan 1,6 foiz miqdorda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son Qarori bilan esa 2018 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armalariga ajratayotgan majburiy ajratmalari umumlashtirildi va umumiy 3,2 foiz (46,88 (1,5%) foizi – Pensiya jamg‘armasiga; 43,75 (1,4%) foizi – Respublika yo‘l jamg‘armasiga; 9,37 (0,3%) foizi – Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga) etib belgilandi. Soliq islohotlari doirasida ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish vazifasidan kelib chiqqan holda, 2019 yildan boshlab bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, jumladan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan yuridik shaxslarning majburiy ajratmalari bekor qilindi va yagona soliq to‘lovidan ajratmalar belgilandi, ushbu ajratmalardan tushumlarning taqsimlanishi quyidagicha belgilandi: tushumlarning 46 foizi – O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga; 46 foizi – byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga; 4 foizi – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga; 4 foizi – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Kontseptsiyasi loyihasi hamda 2019-2030 yillarda davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Kontseptsiyasini ishlab chiqish yuzasidan choratadbirlar Dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash, pensiyalarni hisob-kitob qilish, Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni moliyalashtirish, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti mablag‘larini shakllantirish, Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari tarkibini optimallashtirish bo‘yicha qator tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va fuqarolar ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish