Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining rivojlanish bosqichlari. O‘zbekiston Respublikasida pensiya



Download 2,13 Mb.
bet20/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

2.4. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining rivojlanish bosqichlari. O‘zbekiston Respublikasida pensiya
ta’minoti tizimidagi islohotlar, ularning asosiy yo‘nalishlari.
Ma’lumki, 1991 yildan boshlab milliy pensiya tizimi faoliyat yurita boshladi. 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi. 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hsoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydigan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritildi. Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxati ishlab chiqildi.
1997-2000 yillarda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari Davlat byudjeti tarkibiga birlashtirildi hamda Pensiya jamg‘armasiga davlat maqsadli jamg‘armasi maqomi berildi. 2001 yildan boshlab Pensiya jamg‘armasiga to‘lanuvchi majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi va soliq qonunchiligi bilan mustahkamlandi.
2005 yildan boshlab Pensiya jamg‘armasi Moliya vazirligining idoraviy tashkiloti etib belgilandi. 2005 yilda fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda ish beruvchilarning pensiya yoshiga etgan xodimlarning moddiy ahvolini yaxshilash, pensionerlarga amaldagi pensiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish, keksalik chog‘ida fuqarolarning turmush farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi tashkil etildi.

  1. yildan boshlab, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha pensiya tayinlovchi bo‘limlari va Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tarkibiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi yangidan shakllantirildi.

  2. yilda “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi va mazkur Nizom asosida davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash, pensiya imtiyozlarini qo‘llash va fuqarolarni pensiya bilan ta’minlashga bog‘liq boshqa masalalarni hal qilish tartibi belgilab olindi. Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan ayrim faoliyat davrlari hisobdan chiqarildi. “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi.

  3. yilda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, to‘lash va hisobotlarni yuritish bo‘yicha markazlashtirilgan PK “Pensiya” dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Mazkur dasturiy ta’minot zamonaviy innovatsiya dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali Pensiya jamg‘armasining barcha tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida samarali elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, markazlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, foydalanuvchilarni to‘liq, ishonchli hamda tezkor axborot bilan ta’minlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. PK “Pensiya” dasturi orqali 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi, Soliq organlari, Adliya organlari, G‘aznachilik bo‘limlari bilan o‘zaro elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

  4. yilda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish bo‘yicha kasb va lavozimlar ro‘yxati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

  1. yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish maqsadida yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015 yilning 1 mayidan boshlab, har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lash belgilandi va ushbu mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2016 yildan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobini yuritish amaliyotga joriy etildi.

  1. yildan boshlab chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartiblari ishlab chiqildi. 2016 yil 1 iyuldan boshlab pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam ish staji 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlarning huquq-larini va qonuniy manfaatlar himoyasini so‘zsiz ta’minlash maqsadida 2017 yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda berilishi joriy qilindi.
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lanishiga salmoqli hissa qo‘shgan pensionerlarni, jumladan, ijodiy faoliyat bilan band bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, keksalarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini izchil takomillashtirib borish maqsadida 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab: ishlashi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalq...”, “Xizmat ko‘rsatgan ... arbobi” va “Xizmat ko‘rsatgan...” faxriy unvonlariga ega pensionerlarga; ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganligi hamda ulardan foydalanilayotganligi uchun faqat mualliflik mukofoti (gonorar) ko‘rinishida daromad olayotgan, lekin mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirmayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi nazarda tutildi.

  1. yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra tayinlangan pensiya va nafaqalar hisoblanishi to‘g‘riligini tekshirish natijasida aniqlangan ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasi – 65 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi fuqarolardan, shuningdek, 2010 yilgacha bo‘lgan davrda tayinlangan pensiya va nafaqalarning ortiqcha to‘langan mablag‘larning qoldiq summalari hisobdan chiqarildi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot tashkilotlarida ishlovchi shifokorpensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.

  2. yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasiga ko‘ra fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini quyidagi rasm orqali ifodalaymiz:

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish