Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblab chiqish va to‘lash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet85/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

13.5. Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblab chiqish va to‘lash tartibi
Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:

  • pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi;

  • nogironlik guruhining o‘zgarishi;

  • ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi;

  • eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘zgarishi;

  • daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi nogironlik guruhi o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismini pensionerning pensiya hujjatlar yig‘majildiga ilova qiladi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan 5 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan holda pensionerga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda ayni bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi shart.
Pensioner sog‘lig‘ining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi o‘zgarganda, TMEKning asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligini tekshirishlarda, shuningdek agar TMEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilgan bo‘lsa pensioner belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelmagan taqdirda pensiyani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va u faqat fuqaro TMEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironi deb e’tirof etilgan kundan boshlab tiklanishi mumkin.
Agar nogiron qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga kelmaganligi sababli pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilsa va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin fuqaro nogiron deb e’tirof etilmasa, u holda pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilgan kundan boshlab to‘xtatiladi. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan taqdirda pensiya u mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan oyning oxirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘lanadi.
2011-yil 1-yanvardan keyin nogironlikning III-guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III-guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va to‘lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III-guruh nogironligini olgan shaxslar bundan mustasno. Masalan, fuqaroga 2010yilda tayinlangan III-guruh nogironlik pensiyasi nogironlikning butun davri davomida to‘lanadi. Ushbu fuqaro 2011-yil 1-yanvardan keyin takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng qayta nogironlikning III-guruhi belgilansa pensiya to‘lanishi to‘xtatiladi.
Pensiyani to’lash to‘xtatiladi agarda:

  • pensioner vafot etsa;

  • tayinlangan pensiyani olish huquqi yo’qolganda;

  • doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda.

Pensiyani to’lash vaqtincha to’xtatib turiladi agarda:

  • pensiya to‘lash muddati tamom bo‘lganda;

  • ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pensiyani yetkazib berish yuklangan tashkilot orqali pensiya olinmaganda;

  • pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;

  • pensioner ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;

  • pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida pensioner tomonidan ariza berilganda;

  • surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirishga e’lon berilganda, bedarak yo‘qolganda;

  • ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqini tasdiqlash uchun belgilangan muddatda kelmaganda to‘xtatib turiladi.

Agar nogiron tayinlangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogiron deb e’tirof etilgan taqdirda to‘xtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab to‘lanadi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda pensiyani to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogiron deb e’tirof etsa 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish chog‘ida nogiron nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat layoqatini yo‘qotgan nogironga pensiya to‘lash mehnat layoqati tiklanganligi tufayli to‘xtatilgan bo‘lsa yoki uzrli sabablarsiz qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, u holda keyinchalik u nogiron deb e’tirof etilgan taqdirda ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash, agar pensiya to‘lash to‘xtatilgandan keyin besh yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan bo‘lsa, nogironlik yangidan belgilangan kundan boshlab tiklanadi. Agar besh yildan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa pensiya yana umumiy asoslarda tiklanadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish