Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblash va tayinlash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet88/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

14.2. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblash va tayinlash tartibi
Xodimga va uning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining (uning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda) oxirgi ish joyi bo‘yicha tashkilotning ma’muriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.
Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga etmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joyi orqali beriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
− pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;
− oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, u bo‘lmagan taqdirda – fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
− boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;
− vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
− vafot etgan boquvchining jamg‘arib boriladigan pensiya
daftarchasi nusxasi (2005-yil 1-yanvardan keyin);
− vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Shuningdek, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
− ta’lim muassasasining vafot etgan boquvchining oila a’zolari 16 – 18 yoshdagi o‘quvchilar hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
− baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa – boshqa rasmiy hujjat va boshqalar.
Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda ushbu bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi kerak, vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arizaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqi nogironlik oqibatida beriladigan oilaning katta yoshdagi a’zosiga TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismini ilova qiladi.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Vafot etgan pensionerning oila a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensionerning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.
Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila a’zosining xohishiga ko‘ra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi bo‘yicha aniqlanadi.
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:
− boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga – boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
− pensiya olmagan oilalarga – basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa – boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
Pensiyani hisoblashda pensiyaning tayanch miqdori:
− boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga – pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning (396 500 so’m)90 50 foizidan (198 250 so’m) kam emas;
− har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun – pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan (396 500 so’m) kam emas.
Pensiya tayinlashda talab etiladigan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun pensiyaning tayanch miqdorlari
− boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun – boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
− otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish