Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Harbiy xizmatchilarga pensiyalarni to‘lash tartibi. Harbiy xizmatchilar davlat pensiya ta’minotining moliyaviy manbalari



Download 2,13 Mb.
bet93/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

15.2. Harbiy xizmatchilarga pensiyalarni to‘lash tartibi. Harbiy xizmatchilar davlat pensiya ta’minotining moliyaviy manbalari
Ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila a’zolariga to’lanadigan nafaqa miqdori, ular halok bo’lgan yoki tan jarohati olgan kuni ularning harbiy unvoni va lavozimi uchun belgilangan maoshdan tashkil topadigan pul ta’minotining miqdoridan, biror-bir ko’rinishdagi ko’paytirish yoki oshirishlarsiz hisoblab chiqariladi.
Muddatli harbiy xizmat o’tayotgan, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari) sifatida harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila a’zolariga to’lanadigan nafaqa miqdori biror-bir ko’rinishdagi ko’paytirish yoki oshirishlarsiz ular halok bo’lgan yoki tan jarohati olgan kundagi ularning lavozim maoshidan kelib chiqib, harbiy xizmatni rezervchilar sifatida o’tayotganlar va harbiy xizmatni safarbarlik chaqiruvi rezervida o’tayotganlar uchun nafaqa miqdori esa, ularning harbiy unvoni va yig’inda egallagan lavozimi uchun belgilangan maoshdan hisoblanadi.
Tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bo’lgan sababiy bog’lanish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko’rik o’tkazish to’g’risida nizomda belgilangan tartibda harbiy-shifokorlar komissiyalari tomonidan aniqlanadi (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2003 yil, 4-son, 35-modda).
Halok bo’lish yoki tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bo’lgan sababiy bog’lanish quyidagi hollarda aniqlanadi:

  • jangovar harakatlarda ishtirok etgan, xizmat majburiyatlarini ijro etgan bo’lsa;

  • jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) o’tagan bo’lsa;

  • kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoxud bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan bo’lib, harbiy qism hududida bo’lsa;

  • xizmat safari yoxud davolanishda bo’lsa;

  • xizmat joyiga, davolanishga yoxud orqaga yo’l bosgan bo’lsa;

  • harbiy yig’inlarda ishtirok etgan bo’lsa;

  • asirga tushgan (o’z ixtiyori bilan asir tushishdan tashqari), garovga olingan yoxud haydab ketilgan ahvolda bo’lsa;

  • bedarak ketganda - harbiy xizmatchi belgilangan tartibda bedarak yo’qolgan deb topilgunga yoxud vafot etgan deb e’lon qilingunga qadar;

  • shaxsning hayoti, sog’lig’i, or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilgan bo’lsa;

  • qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlariga yordam bergan bo’lsa;

  • sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida sodir etilgan deb tan olingan boshqa xatti-harakatlarni bajargan bo’lsa;  qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.

Harbiy xizmatchilar quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajargan
deb e’tirof etilmaydilar:

  • o’zini ko’ngilli ravishda giyohvand, spirtli yoki zaharli moddalardan mast holatga keltirgan bo’lsa;

  • jinoyatchilikka oid qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan bo’lsa;

  • o’z-o’zini o’ldirgan yoxud o’z-o’zini o’ldirishga suiqasd qilgan bo’lsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yoxud o’zini o’zi o’ldirish darajasiga etkazish tufayli sodir etilgan bo’lmasa;

  • qism qarorgohidan tashqarida dam olishda, javob berishda yoxud ta’tilda yurganda, shuningdek o’zboshimchalik bilan qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda, bundan asirda bo’lgan, garovga olingan yoxud haydab ketilgan hollar, sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida sodir etilgan, deb topilgan boshqa xatti-harakatlar mustasno.

Agar harbiy xizmatchi mazkur Yo’riqnomaning 7-bandida ko’zda tutilgan vaziyatda halok bo’lgan yoki tan jarohati olgan bo’lsa, unga yoki uning oila a’zolariga nafaqa to’lanmaydi.
Nafaqa harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) tomonidan harbiy xizmatchining xizmat joyi bo’yicha to’lanadi.
Halok bo’lish yoki og’ir tan jarohati olishning vaziyat va sabablarini surishtirish uchun harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan maxsus komissiya tuziladi. Komissiya 15 sutka davomida halok bo’lish, og’ir tan jarohati olishning vaziyat va sabablari yuzasidan surishtiruv ishlarini o’tkazadi.
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda halok bo’lgan har bir holda yuqorida ko’rsatilgan Komissiyaga tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosining o’lim haqidagi tibbiy guvohnomasining nusxasi taqdim etiladi.
Harbiy xizmatchi og’ir yoki o’rtacha og’ir tan jarohati olgan holda, harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) qarori bilan baxtsiz hodisa bo’yicha surishtiruv o’tkazuvchi maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tekshirish o’tkaziladigan hodisaga aloqasi bo’lmagan shaxslar hamda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli harbiy qismda nazorat olib boradigan Davlat texnik nazorat va xavfsizlik texnikasi organlari (keyingi o’rinlarda - Davtexnazorat organlari deb yuritiladi) vakillari kiritiladi. Komissiya 5 sutka davomida tan jarohati etishiga olib kelgan vaziyat va sabablar yuzasidan surishtiruv ishlarini o’tkazadi.
Surishtiruv natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko’rik o’tkazish to’g’risidagi nizomning 15-ilovasiga muvofiq, harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) uch kunlik muddat ichida harbiy-davolash muassasasiga tan jarohati olingan (yaralangan, shikast egan, kontuziyalangan) vaziyat haqidagi ma’lumotnomani (keyingi o’rinlarda ma’lumotnoma deb yuritiladi) mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq taqdim etadi.
Harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) hamda baxtsiz hodisa bo’yicha surishtiruv o’tkazuvchi maxsus komissiya raisi ma’lumotnomada bayon etilgan ma’lumotlar ishonchli bo’lishi uchun shaxsan javob beradi.
Harbiy xizmatchining davolanishi nihoyasiga etgach, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha komissiya (keyingi o’rinlarda jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha komissiya deb yuritiladi) o’z yig’ilishida harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) tomonidan berilgan ma’lumotnomaning asosliligini o’rganib chiqadi hamda tan jarohatining og’irlik darajasi va mehnat qobiliyati yo’qotilgan vaqtga qarab joriy me’yorlardan kelib chiqqan holda beriladigan nafaqa miqdori to’g’risida qaror qabul qiladi. Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha komissiya qarori harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs nafaqa to’lash masalasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilishi uchun 5 kun ichida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga (keyingi o’rinlarda doimiy faoliyat yurituvchi komissiya deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
a) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchi halok
bo’lgan holda:

  • harbiy qism komandirining (muassasa boshlig’ining) marhumni shaxsiy tarkib ro’yxatidan chiqarish to’g’risidagi buyrug’idan ko’chirma;

  • harbiy xizmatchi halok bo’lgan sabablar va vaziyat yuzasidan o’tkazilgan maxsus surishtiruv materiallari;

  • harbiy xizmatchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

  • nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma nusxasi;

  • bolalarning tug’ilganligi haqida guvohnomalar nusxalari;

  • Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha komissiyasi yig’ilishining bayonnomasi.

b) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchining
badaniga og’ir yoki o’rtacha og’ir tan jarohati etgan holda:

  • mazkur Yo’riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq bir yo’la to’lanadigan nafaqa puli yuzasidan bildirgi;

  • mazkur Yo’riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq harbiy shifokorlar komissiyasi ma’lumotnomasi;

  • tan jarohati olishning sabab va vaziyati yuzasidan o’tkazilgan surishtiruv materiallari;

  • jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha komissiya yig’ilishining bayonnomasi;

  • zarur hollarda huquqni muhofaza qilish va Davtexnazorat organlarining qarori (xulosasi).

Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qarori bilan belgilanadi. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining yig’ilishlari hujjatlar kelib tushishiga qarab, biroq bir oyda kamida bir bor o’tkaziladi.
Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirish uchun qaytarish, quyi pog’onadagi komissiyalarning nafaqa miqdori yuzasidan chiqargan qarorlarini bekor qilishga haqlidir.
Harbiy qismlarda (muassasalarda) mazkur Yo’riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar va to’langan nafaqa summalari hisobining jurnali yuritiladi. Rasmiylashtirilgan materiallar va to’langan nafaqa summalari hisobining jurnali doimiy saqlovdagi hujjat hisoblanadi hamda sahifalari raqamlangan, ipdan o’tkazilgan, muhr bosilgan bo’lishi shart.
Baxtsiz hodisaning sabablari va holatlari yuzasidan surishtiruv natijalariga ko’ra, nafaqani to’lagan harbiy qism komandiri (muassasa boshlig’i) aybdor shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda regress da’vo qo’zg’atish choralarini ko’rishga majbur.
2017 yil 1 apreldan boshlab quyidagi pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanadi:
a) O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining:

  • O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, oliy harbiy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va ilmiy xodimlari;

  • harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o’rinbosarlari va o’qituvchilari, shuningdek respublika akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlang’ich harbiy tayyorgarlik bo’yicha rahbarlari;

  • harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga.

b) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar
vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo’mitasining:

  • Davlat xavfsizlik xizmati instituti, O’zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik o’quv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari va ilmiy xodimlari;

  • respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosarlari va tarbiyachilari;

  • harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.

Pensiyalarni to’lash to’liq miqdorda, agar yuqorida ko’rsatib o’tilgan faoliyat harbiy pensionerning yagona ish joyi bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
2017 yil 1 avgustdan boshlab O’zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo’mitasining O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi, Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalari hamda «Kommunxizmat» agentligining boshqaruv xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlari bo’lgan pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanadi.
Pensiyalarni to’lash to’liq miqdorda, agar yuqorida ko’rsatib o’tilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklarida hamda Milliy xavfsizlik xizmatida hisobda turuvchi ishlovchi pensionerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi O’zbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari tomonidan to’lab beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida hamda Davlat bojxona qo’mitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi ichki ishlar hamda bojxona xizmati organlari tomonidan to’lab beriladi.
Pensiyalar respublika byudjeti mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini oluvchi shaxslar ishga qabul qilingan taqdirda pensiya 50 foiz miqdorida to’lanadi (pensiyalarini to’liq miqdorda olish huquqiga ega pensionerlardan tashqari).
Boshqa oila a’zolariga (vasiylikka olinganlarga) boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiyalar, ularning yashash joyidan to’liq miqdorda to’lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lgan hamda dehqon xo’jaliklarida yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo’yicha ishlovchi pensionerlar o’zining mehnat faoliyati to’g’risida ularga pensiya tayinlagan idoralarga ma’lum qilishlari shart.
O’zbekiston Respublikasi tashqarisida ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar mazkur Nizomga asosan o’rnatilgan miqdorda ularning yashash joyida to’lanishi amalga oshiriladi.
Ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar faqat pensioner shartnoma bo’yicha ishlagan kunlar uchun to’lanadi. Pensioner shartnoma tuzmagan qolgan kunlarda pensiyalar qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda to’liq miqdorda to’lanadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish