Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqi



Download 2,13 Mb.
bet66/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

12.2. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqi
Imtiyoz har bir sohada bo’lgani kabi pensiya tizimida ham ko’plab imtiyozlar mavjud. Jumladan, imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyani olish imkoniyatlari qonun bilan belgilab qo’yilgan. Ushbu imtiyozlar haqida gap ketganda avvalo O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 250-sonli qarori muhim ahamiyatga egadir. Mazkur qaror bo’yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi sonli ro’yxatlarga ko’ra ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlar asosida pensiyaga chiqish bo’yicha imtiyozlar belgilangan. Ya’ni:

  • Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro’yxati;

  • Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati;

  • Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko’rsatkichlarning 3-sonli ro’yxati.

Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar:

  1. kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo’lgan xodimlar – basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo’lsalar (1-sonli ro’yxat, I qism);

  2. bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida ko’mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar – basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo’lsalar (1-sonli ro’yxat, II qism);

v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo’ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil mehnat qilganlarida (1-sonli ro’yxat, III qism).
Yuqorida qayd etib o’tilgan xodimlar salomatligiga ko’ra uchish ishlaridan bo’shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini – erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo’lsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

  • ijodiy ish staji kamida 20 yil bo’lganda (1-sonli ro’yxat, IV qism);

  • ijodiy ish staji kamida 25 yil bo’lganda (1-sonli ro’yxat, V qism);

  • ijodiy ish staji kamida 30 yil bo’lganda (1-sonli ro’yxat,VI qism);

d) sportchilarning ayrim toifalari – ish staji kamida 20 yil bo’lganda (1-sonli ro’yxat, VII qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar umumbelgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda
to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar (2-sonli ro’yxat, I qism):

  • erkaklar – ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 10 yili ko’rsatib o’tilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;

  • ayollar – ish staji kamida 15 yil bo’lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko’rsatib o’tilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda.

Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo’lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to’liq yil uchun umumbelgilangan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda – erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy – ishlagan xodimlarga pensiya umumbelgilangan pensiya yoshi shunday ishda band bo’lingan har bir to’liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy
ishdagi staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda (2-sonli ro’yxat, II qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar umumbelgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar:

  1. urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

  2. mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida

band bo’lgan xodimlar (3-sonli ro’yxat, I qism):

  • erkaklar – ish staji kamida 25 yil bo’lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko’rsatib o’tilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;

  • ayollar – ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 10 yili ko’rsatib o’tilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda.

Mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda – erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil – ishlagan xodimlarga pensiya umumbelgilangan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
v) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo’lsa – ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda. Basharti, ayol o’gay o’g’il va o’gay qizni ular 8 yoshga to’lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo’lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
g) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o’qituvchilari – maxsus ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda (3-sonli ro’yxat, VII qism);

  1. ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o’rta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo’lgan taqdirda (3-sonli ro’yxat, VIII qism);

  2. qariyalar, nogironlar va yolg’iz fuqarolarga xizmat ko’rsatishda

bevosita band bo’lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro’yxat, IX qism):  erkaklar – maxsus ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;  ayollar – maxsus ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda.
Shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 760-I-sonli Qonuniga ko’ra ayollar uchun umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda ya’ni 54 yoshdan pensiya olish huquqi taqdim etildi. Bunda asosiy talab kamida 20 yillik ish stajiga ega bo’lishligi talab etiladi.
Shaxslar orasida mittilik kasalligiga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan insonlar ham bor bo’lib, ularga ham umumiy belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi taqdim etilgan. Bunda:

  • erkaklar – ish staji kamida 25 yil bo’lganda;

  • ayollar – ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda imtiyozga ega bo’lishlari mumkin.

Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash bo’yicha ham imtiyoz mavjud. Bunda texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

  • erkaklar – 58 yoshga to’lganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;

  • ayollar – 53 yoshga to’lganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish