Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, mlrd. so‘m



Download 2,13 Mb.
bet62/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

8.2-rasm. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, mlrd. so‘m
Ta’kidlash joizki, byudjet-soliq tizimidagi o‘zgarishlar, islohotlar 2019 yilda Pensiya jamg‘armasi tushumlarini 8 trln. so‘mga kamayishiga olib keladi. 2019 yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida yuzaga kelishi kutilayotgan defitsit Pensiya jamg‘armasining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari, davlat byudjetidan ajratiladigan transfertlar, shuningdek, xususiy sektordagi 1 mln. nafar norasmiy ish bilan band bo‘lganlarni Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lashini tashkil etish hisobiga qoplanishi belgilangan.
Bugungi kunda, qonunchilikda, etarlicha mehnat stajiga ega bo‘lmasdan turib, ijtimoiy nafaqa olish imkoniyatining mavjudligi, nafaqa miqdori umumiy belgilangan yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan 1,6 barobarga kamligi, minimal (to‘liqsiz) pensiya miqdoridan esa 1,2 barobarga ko‘pligi iqtisodiy faol aholining pensiya ta’minotidagi ishtirokidan manfaatdor emasligini ko‘rsatadi. Bu esa mehnat staji davomiyligi va pensiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini taqozo etadi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konventsiyaning 29-moddasi 2-bandiga ko‘ra, fuqarolar keksalik davrida minimal ta’minot (pensiya) olishlari uchun kamida 15 yil davomida sug‘urta badallari to‘lashlari zarur. Pensiyaga chiqish uchun talab qilinuvchi minimal mehnat stajining past darajada belgilanganligi, amalda fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasidagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joizki, 2016-yil 1-iyuldan boshlab, pensiya olish uchun kerak bo‘ladigan eng kam mehnat faoliyati 5 yildan 7 yilga oshirildi. Bu esa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining bir yilda 5,3 mlrd.
so‘mga iqtisod qilinishini ta’minlab, xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni moliyalashtirishga sarflanadi. 2017 yilda imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini, jumladan, yoshga doir pensiyalarning 23,7 foizini tashkil etadi. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 ming nafar fuqaroga imtiyozli shartlarda pensiyalar tayinlanadi. Shu bilan birga, imtiyozli pensiyalarning o‘rtacha miqdori yoshga doir pensiyalarning o‘rtacha miqdoridan yuqoridir. Bunday holat fuqarolarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash tartibini qayta ko‘rib chiqishni, pensiya tizimidagi samarasiz imtiyozlarni optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli Qarori asosida Pensiya jamg‘armasi xarajatlari tarkibida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Ilgari, ya’ni 2019-yil 1yanvarga qadar ushbu xarajatlar Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilar edi. Jumladan, 2018-yilda mazkur xarajatlarga Pensiya jamg‘armasi hisobidan o‘rta hisobda 237,7 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan. Bunday holat Pensiya jamg‘armasining xarajatlarini optimallashtirishga, mablag‘larini iqtisod qilishga va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish