Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Pensiya jamg‘armasining daromadlari tavsifi, tarkibi va shakllanishi



Download 2,13 Mb.
bet59/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

8.2. Pensiya jamg‘armasining daromadlari tavsifi, tarkibi va shakllanishi
Pensiya jamg‘armasi fuqarolarni keksalik davrida ijtimoiy himoyalash, ularning mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘lanadigan ish haqi miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash hamda daromadlar (pensiya, nafaqa, kompensatsiya to‘lovlari va boshq.) bilan kelajakda aholi turmush darajasining pasayishidan himoyalash kabilarni ta’minlaydi. Shuning uchun Pensiya jamg‘armasi o‘z daromadlariga ega bo‘lishi zarur.
2019 yil 1 yanvarga qadar Pensiya jamg‘armasining daromadlari tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lgan59:

  1. Majburiy to‘lovlar va badallar (belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari, alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari, fuqarolarning sug‘urta badallari, jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari, majburiy ajratmalar;

  2. Boshqa to‘lovlar (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar; yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar.

So‘nggi yillarda davlat pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:

  1. 2019 yil 1 yanvardan boshlab, fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari (8 foiz) bekor qilindi60;

  2. Pensiya jamg‘armasiga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalari bekor qilindi61;

  3. 2018 yil 1 iyuldan boshlab, “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” Kengashi tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanishi belgilandi62;

  4. 2018 yil 1 iyuldan boshlab, dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdoridagi sug‘urta badali joriy qilindi va sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi belgilandi63;

  5. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zosi (dehqon xo‘jaligi boshlig‘idan tashqari) tomonidan ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari64.

  6. Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ravishda to‘laydigan sug‘urta badallari65;

  7. Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti va uning oilasi a’zolari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari. Bunda sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyat oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosiga yuklatiladi66.

  8. Yuridik shaxs tashkil etgan va etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari tomonidan ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari67;

  9. 1) Byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi(kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25 foiz miqdorida belgilandi, uning 99,2 foizi Pensiya jamg‘armasiga to‘lanishi belgilandi; 2) Boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi, uning 98,4 foizi Pensiya jamg‘armasiga to‘lanishi belgilandi68;

  10. 2019 yil 1 yanvardan boshlab, tugatilayotgan davlat maqsadli jamg‘armalari (Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi) va Respublika yo‘l jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi)ga tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazildi69;

  11. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, yagona soliq to‘lovidan jami tushumlarning 46 foizi Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirildi70;

  12. Davlat byudjetidan subsidiyalar. 2019 yil uchun Pensiya jamg‘armasiga Davlat byudjetidan 4,7 trln. so‘m miqdorida subsidiya ajratildi71.

Quyidagi 6.1-rasmda Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibi keltirilgan bo‘lib, unda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan to‘lovlar va ajratmalar 2 guruhga tasniflangan. Birinchisi – bu majburiy tartibda va ikkinchisi – ixtiyoriy tartibda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan to‘lovlardir. Bundan ko‘rinadiki, korxona va tashkilotlar, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti va uning oilasi a’zolari, “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” Kengashi, dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular tomonidan yollangan xodimlar majburiy tartibda Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘laydilar.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zolari,yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaligi a’zolari, ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari ixtiyoriy tartibda Pensiya jamg‘armasiga pensiya sug‘urtasi badallarini (yagona ijtimoiy to‘lov) to‘laydilar. Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilikka ko‘ra, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs – mehnat shartnomasi asosida, chet elda yollangan holda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tushuniladi.
Soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyatlari yuklanmagan O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonasida (elchixonasida yoki missiyasida), konsullik muassasasida (Bosh konsullikda, konsullikda, vitse-konsullikda yoki konsullik agentligida) yoki xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlar vakolatxonalarida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdir.


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish