Bahs-munozara va nazorat uchun savollar O‘zbekistonda fuqarolar pensiya ta’minotini moliyalashtirish qanday manbalar evaziga amalga oshiriladi?
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirishda Davlat byudjeti mablag‘larining rolini izohlab bering.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalarini tasniflab bering.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar qanday tartibda moliyalashtiriladi?
“Pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq qanday xarajatlar qoplanadi?
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligi nimalarga bog‘liq?
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari qaynday manbalar hisobiga shakllantiriladi?