Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Zamonaviy sharoitda pensiya ta’minotining moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalari



Download 2,13 Mb.
bet51/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

6.4. Zamonaviy sharoitda pensiya ta’minotining moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalari
Pensiya ta’minoti tizimining asosiy moliyaviy instituti – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘lib, uning moliyaviy barqarorligi, birinchidan, to‘g‘ridanto‘g‘ri aholining ijtimoiy himoya tizimi barqarorligiga, ikkinchidan, Pensiya jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va badallar hamda boshqa to‘lovlarga bog‘liq bo‘ladi. Qolaversa, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi davlatning ijtimoiy funksiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Shu sababli mazkur jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalarining muntazam ravishda takomillashtirilib borilishi, tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlashga erishish Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30sonli qaroriga va unga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom”ga ko‘ra Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

  1. Majburiy to‘lovlar va badallar: belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; fuqarolarning sug‘urta badallari; jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; majburiy ajratmalar;

  2. Boshqa to‘lovlar.

O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiya ta’minoti byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan amalga oshirilishini inobatga oladigan bo‘lsak, 2018 yilda Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining yalpi ichki mahsulot (YaIM) tarkibidagi ulushi 6 foizni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich taraqqiy etgan mamlakatlarda, xususan, Belgiyada 10,0 foizni, Frantsiyada 13,7 foizni, Germaniyada 11,3 foizni, Italiyada 15,4 foizni, Yaponiyada 10,2 foizni, Shvetsiyada 8,2 foizni, AQShda 6,8 foizni, Rossiyada 9,2 foizni tashkil qilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning faqat davlat pensiya ta’minoti inobatga olingan, ya’ni ushbu mamlakatlardagi xususiy pensiya fondlari xarajatlari hisobga olinmagan.
O‘zbekistonda pensiya ta’minotini amalga oshiruvchi asosiy moliyaviy muassasa bo‘lgan Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligiga Pensiya jamg‘armasiga jamlanadigan mablag‘larning hajmi va ularning o‘z vaqtida undirilishi hamda Pensiya jamg‘armasidan to‘lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning moliyalashtirilishi ta’sir ko‘rsatadi. Pensiya jamg‘armasining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini ko‘rsatuvchi quyidagi jadvaldagi statistik ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2018-yilda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari 2011 yilga nisbatan 3,7 martaga ortgan (6.1-jadval).

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish