Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-jadval Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va uning YaIMga nisbati, mlrd. so‘mda



Download 2,13 Mb.
bet52/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

6.1-jadval Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va uning YaIMga nisbati, mlrd. so‘mda



Ko‘rsatkichlar

2011 yil

2015 yil

2017 yil

2018 yil

2018 yilda
2011 yilga nisbatan
o‘zgarishi, marta

1.

Yalpi ichki mahsulot

78764,2

171369

249100

407500

5,1

2.

Daromadlari

6177,9

12534,3

17707,5

23240,1

3,7

3.

Xarajatlari

6054,5

12984,0

16633,3

23240,1

3,8

Bunday o‘zgarishlarga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

  • 2015 yildan boshlab, yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining kichik biznes sub’ektlari va mikrofirmalar uchun 25 foizdan 15 foizga tushirilishi Pensiya jamg‘armasiga mazkur manbadan tushumlar miqdorlarini sezilarli ravishda kamayishiga olib kelgan;

  • fuqarolardan undiriladigan majburiy sug‘urta badallari stavkalari oxirgi yillarda oshirilib borilishi hisobiga uning Pensiya jamg‘armasi jami daromadlaridagi ulushining ortishiga olib kelgan;

  • oxirgi yillarda pensiya tizimidagi islohotlar, pensiyalarni tayinlash va to‘lash tizimining takomillashtirilishi va ijtimoiy to‘lovlarning aniq maqsadli yo‘naltirilishidagi olib borilgan chora-tadbirlar Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligining oshishiga olib keldi hamda Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi ijobiy qoldiqni keltirib chiqardi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

  1. O‘zbekistonda demografik omillarning chuqur tahlili asosida aholi yoshi tarkibining o‘zgarishlari bo‘yicha uzoq yillik prognozlarni ishlab chiqish va shu asosda pensiya tizimini isloh qilish strategiyasini belgilab olish zarur. Bu esa istiqbolda pensiya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomutanosibliklarni oldini olish hamda tizimning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash va shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etadi.

  2. Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib:

  • mamlakatimizda pensiyaga chiqish yoshini ijtimoiy-iqtisodiy omillarni inobatga olgan holda, bosqichma-bosqich uzaytirib borish lozim. Bu holda turli ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishini oldini olish uchun kech pensiyaga chiqishni rag‘batlantiruvchi omillarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Bunda ishchi yoki xodim ko‘proq mehnat qiladi, pensiyaga chiqishi kechiktiriladi hamda mazkur davr mobaynida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini o‘tkazib boradi;

  • O‘zbekistonda xususiy pensiya fondlarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish zarur.

3. Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda:

  • birinchidan, fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy sug‘urta badallariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Ularning stavkalarini oshirib borish siyosatini davom ettirgan holda pirovardida hisoblab chiqariladigan pensiya miqdorini ishlovchining to‘lagan sug‘urta badaliga bog‘liqligini ta’minlash va shu orqali mazkur manbadan tushumlar miqdorini oshirish hamda iqtisodiy adolatni ta’minlash lozim;

  • ikkinchidan, aholini pensiya tizimiga jalb etish qamrovini kengaytirish, ularni Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanish tizimini takomillashtirib borish lozim. Bu borada mamlakatimiz va chet elda norasmiy ish bilan band bo‘lgan fuqarolarni pensiya tizimiga jalb etish zarur bo‘ladi. Buning uchun ommaviy axborot vositalari, vaqtli matbuot va televidenie orqali aholini pensiya tizimiga jalb qilish va istiqbolda undan manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerak.

4. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va uning monitoringini samarali tashkil etish zarur.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish