Pedogogik Reflekisya Tushunchasi Reja


Tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash pedagogikaning asosiy tushunchasi



Download 56,5 Kb.
bet2/3
Sana10.06.2022
Hajmi56,5 Kb.
#651331
1   2   3
Bog'liq
Pedogogik Reflekisya Tushunchasi

2. 2. Tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash pedagogikaning asosiy tushunchasi.
Ma‘lumki, pedagogikaning asosiy tushunchasi, predmeti bo’lgan tarbiya ijtimoiy hodisadir. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan tarbiya avlodlar o’rtasidagi aloqani ta‘minlaydi. Kattalar o’zlari turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o’zidan keyingi avlodga o’rgatib borganlar.Demak, tarbiyalash avvalo ijtimoiy hayot jarayonida yig’ilgan tajribalarni avlodlarga yetkazib berishdir. Tajriba ijtimoiy hodisa sifatida inson shaxsini tarkib toptirish uni hayotga tayyorlash va shunday bo’lib qoladi. Shaxs kamoloti murakkab dialektik jarayon bo’lib, kishiga ta‘sir ko’rsatadigan ob‘ektiv, sub‘ektiv omillar stixiyali va maxsus (ongli) yo’naltirib boriladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ta‘lim-tarbiya umumning ishi hisoblangan.Butun bir jamoa bir kishi raxbarligida ov qilgan, mehnat qilgan boshqarib borilgan.Quldorlik jamoasi davriga kelib quldorlarning bolasiga beriladigan tarbiya bilan qulning bolasiga beriladigan tarbiyada tafovut vujudga keldi.Bu davrga kelib tarbiya borasida uyg’onish (rezonans) davri boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.Chunki ta‘lim-tarbiyaning tamal toshini belgilaydigan qonun-qoidalar, urf-odatlar tizimi shakllandi, taraqqiy etdi.Barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki:
- birinchidan, har qanday o’tmish tajribasida jismoniy, ma‘naviy-axloqiy jihatdan eskirgan, yaroqsiz tomonlar mavjud.
- ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga ko’ra va ham usuliy, ham moddiy asosning yetishmasligi sababli to’plangan tajribaning hammasini olish imkoniyati yo’q va hoxozo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o’zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor. Biz xoxlaymizmi, yo’qmi har qanday jamiyat o’ziga xos ta‘lim-tarbiyaga muhtoj va bunday ta‘lim-tarbiyani yaratadi, ham. Jamiyatga zarar keltiruvchi jihatlarni qabul qilmaydi, balki uni tag-tugi bilan yo’qotish uchun kurashadi va o’zligini topishga intiladi
Ta'lim jarayonida o'quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko'nikma va malakalarni hosil qiladilar. (Davidov V.V)
Ko'nikma – maktab o'quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib, quyidagi vazifalarni va shartlarga binoan, bajariladigan harakatlarning yig'indisidir. Ko'nikmalar:
1. O'quv ko'nikmalari
2. Nutqiy faoliyatga oid ko'nikmalar
3. Badiiy faoliyatga oid ko'nikmalar
4. Muomila va o'zini tutish ko'nikmalari
5. Mehnat ko'nikmalari
6. Kasbga oid ko'nikmalarga bo'linadi.
Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.Yoki malaka – faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.Ko'nikma, malakalar maqsadga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi.
Ta'lim jarayonida bilimlar, ko'nikma va malakalar bog'lansada,avvalgiday bilimlar etakchi rol uynayveradi. Chunki o'quvchilar bilimlar asosidagina ko'nikma va malakalarining ma'lum darajasini egallaydilar.
Inson ishi bilim bilan boshlansa,Nainki ish qilsa tilakka etadi degan Yu.X.Xojib
Muqaddas “Avesto” da: odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta'limni amalga oshirsinlar deb ta'kidlangan. Demak jamiyatni yosh avlodga ta'lim berish ilgaridan hal qiluvchi omil hisoblangan.
“Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir”.Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir deb ta'kidlaydi A.Avloniy.“Beshikdan qabrgacha ilm izla”, “Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir” deyilgan hadislarda.Ilmni avval o'rganib, so'ng boshqalarga o'rgatmaslik go'yoki molu dunyoni yig'ib, uni sarf qilmay, ko'mib qo'yish bilan barobardir. Tarbiya deganda olingan bilimlar, hayotiy tajribalar asosida kishida dunyoqarash va shu asosda xulq-atvorning tarkib topishiga tushuniladi.
2.3. Ma'lumot – insonga ma'lumot beradigan va shaxsini shakllantiradigan asosiy tushuncha.
Ma‘lumot deb – ta‘lim-tarbiya natijasida, hosil qilingan bilim, ko’nikma va malakalar, dunyoqarashlar majmuiga aytiladi. Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg’unlashgan yagona jarayon bo’lib, o’qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi. O’qituvchi maktabda dars berar ekan o’quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor etadi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi.
Pedagogika fanidagi asosiy tushunchalar, ularda aks etadigan hodisalar kabi, bir-biridan ajralmasdir, ular bir-biri bilan chirmashib ketgan, qisman bir-biriga mos keladi hamda yagona va bir butun pedagogik jarayonda o'zaro bog'langan bo'ladi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko'rsatishi uchun uning o'zida xususiy tushunishi apparati mavjudligi, muqarrar shart bo'lib hisoblanadi. Tarbiya, ta'lim va o'qitish fani sifatidagi pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo'naltirilgan holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi boshqa birovlarga ta'sir o'tkazadi.
Pedagogika – tarbiya nazariyasi va san'ati haqidagi fan. Yangi kishining dunyoga kelishi faqat tug'ilishdan iborat.Jismoniy hodisa emas.Bola tug'ilgandan keyin o'z zamonasining ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, ijtimoiy munosabatlar tizimida o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya'ni tarbiya olishi kerak. Demak, tarbiya hamma vaqt mavjud bo'lgan jamiyatning (hayotning) doimiy va eng zarur funksiyasidir. U qiyin va murakkab maqsadga faqat tarbiya bilangina erishish mumkin. Mazkur muammoni ilmiy hal qilish uchun shu davrgacha yashab ijod etgan buyuk pelagoglarning shu sohadagi ilmiy merosiga tayanishimiz shart. Tarbiyaning jamiyat va har bir inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyati haqida buyuk o'zbek pedagogi A.Avloniy “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun – yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo falokat masalasidir” tarzida ta'riflangan. Demak, tarbiya biz uchun hamma narsaga erishishini ta'minlovchi qudratli kuch ekan.Bunda tarbiyachining o'z oldiga qo'ygan maqsadi hal qiluvchini anglash darkor.“Tarbiya ishida o'z-o'zini takomillashtirish jarayoniga katta o'rin berilmog'i lozim.Insoniyat faqat mustaqil o'rganish tufayligina taraqqiy etgan” – degan G.Spenser.“Tarbiya avvalo o'qituvchi bilan bolalarning doimiy ma'naviy munosabatidir” – degan Suxomlinskiy.
Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: “Agar o'zingni bir yilga ta'minlamoqchi bo'lsang sholi ek, o'n yilga ta'minlamoqchi bo'lsang daraxt ek, yuz yilga ta'minlamoqchi bo'lsang odam tarbiyala”

Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish