2.4. Pedagogika kategoriyalarini bilish – barkamol insonni tarbiyalashning zaruriy sharti.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida pedagogika fanining asosiy tushunchalari o'zaro o'zviy bog'langan bo'lib, yagona pedagogik jarayonni tashkil etadi. Ular asosan quyidagilardan tashkil topadi: bilim, ko'nikma, malaka, tarbiya, ma'lumot va shaxsni shakllantirishi singarilardan iborat. Bularning har biriga alohida tuxtalamiz:
Bilim – odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plangan, umumlashgan tajribasidir.Yoki bilimlar bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o'zlashtirishi jarayonida to'plangan, amalda sinovdan o'tgan va ob'ektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o'zlashtirishga yo'naltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit asoslangan majmuasidir.
Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy “Tarbiya san'ati shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba'zilarga esa juda oson ish bo'lib tuyuladi – odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo'lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo'lib ko'rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishni e'tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug'ma qobiliyat va malaka ya'ni ko'nikma kerak deb uylaydilar: lekin juda kam odam sabr-toqat tug'ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilishadi” – deb juda o'rinli ta'rif bergan edi. Haqiqatan ham tarbiya jarayoni sabr-toqat, ba'zilar tug'ma qobiliyat, ko'nikma va malakadan tashqari maxsus bilimlar kerakligini ko'pchilik bilishmaydi. Buning uchun oliygohda ana shu maxsus bilimlarni egalash nihoyatda muhimdir.“Insoni inson qilib etishtiruvchi narsa tarbiyadir” – degan Demokrit.
Tarbiya shaxsni shakllantirish omillaridan biridir. U shundan iboratki, kishilar turli vositalar bilan ma'lum bir maqsadga o'z tarbiyalanuvchilarida ma'lum holatni hosil qilish va rivojlantirishni hoxlaydi. Tarbiya shaxsni shakllantirishning boshqa omillaridan sifat jihatdan shu bilan farq qiladiki, tarbiyachi o'z oldiga ongli suratda ma'lum bir maqsad qo'yadi va shu maqsadiga erishishi uchun intilib, uni amalga oshirish vositalarini topadi. Shunday qilib, tarbiya shaxsning muayyan yo'nalishida shakllantirish maqsadi bilan turli odamlar bir-biriga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Tarbiyaning negizini tashkil etadigan qonuniyatlarni bilish bugungi kunda odamlar bilan (yashaydigan) ishlaydigan har qanday mutaxassisning ishchanlik malakasini bildiradigan belgilaridan bo'lib qolmoqda.
Tarbiya hamma narsa tarbiyachining shaxsiga asoslanishi kerak.“Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga faqat shaxs ta'sir ko'rsata oladi, xarakterni faqat xarakter vositasi bilan vujudga keltirish mumkin” – degan edi Ushinskiy.Haqiqatni ham odam odamga qo'ygan maqsad asosida o'quvchilarga, yoshlarga o'z xarakteri bilan, xarakterni shakllantiradi.
Shunday qilib, inson haqidagi fanlar tizimida pedagogikaning tutgan o'rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma'lumotli qilish va o'qitish qonuniyatlarini tadbiq qiladigan fan deb ta'riflash to'g'ri bo'ladi.Yuqorida asoslangan pedagogika fanining asosiy kategoriyalari o'zaro uzviy bog'liq holda olib borilib barkamol insoni shakllantiriradi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy miliy va har bir shaxsnining o'ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoyi jarayonlardir deb xulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |