Pedagogikainstituti



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana25.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#408579
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Suqrot  hayoti: 
Suqrot  taxminan  miloddan  avvalgi  470-yilda 
tug'ilgan  va  399-yilda  vafot  etgan.  Uning  faol  falsafiy  faoliyati 
naturfalsafa  davriga  (miloddan  avvalgi  450-400-yillar)  to‘g‘ri  keladi. 
Sofistlarga  zamondosh  bo‘lgan  Suqrot  dastlabki  Afinalik  faylasuf edi 
va  butun  umr  bo‘yi  ona  shahrida  yashagan.  Uning  otasi  toshtarosh, 
onasi  esa  doya  bo‘Igan.  U  aslzoda  va  badavlat  bo‘lmasa-da,  hech 
qachon  o‘zining  moddiy  ahvolinin  yaxshilashga  urinmagan.  Suqrot 
Ksantippaga  uylangan  va  uch  farzandli  bo‘lgan.  U  juda  ko‘rimsiz 
qiyofaga  ega  bo‘lgan.  U  doimo  eski  liboslarda,  yalangoyoq  yurgan. 
Ayollar  borasida  ham  Suqrotning  omadi  yurishmagan.  Garchi  ikki 
marta uylangan bo‘lsa-da? oilaviy baxtga erisha olmagan.
Suqrot asosiy  vaqtini  munozara  va bahslarda o‘tkazgan.  Bahslarda 
doim  uning  qo‘li  baland  kelgan.  Shuning  uchun  ko‘pincha  uning 
sochidan  tortib  kaltaklashgan,  ustidan  kulib  haqoratlashgan.  Suqrot 
hammasiga  dosh  bergan.  Odamlar  bundan  ajablanishganda  ularga 
qarata shunday degan:  «Eshak tepsa uni  sudga bera olmayman-ku!».
Suqrot mohir raqqos bo‘ Igan va bunday mashqni jismning salomatligi 
uchun  foydali  deb  bilgan. U talabalarga og‘zaki  saboq  bergan  va hech 
qanday  yozma  manba  qoldirmagan.  Timey  ismli  shogirdi:  «Ey,  ustoz, 
nima  sababdan  dono  fikrlaringizni  qog‘ozga  tushirmaysiz?»  —  deb 
so‘raganda, Suqrot: «Ey, Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching 
va  tirik,  barhayot fikrlarga  ishonchsizliging juda  mustahkam  ekan»,  — 
deb javob  bergan.
399-yil Suqrot biryurtdoshiningfitnasi tufayli fiiqarolik me’yorlarini 
buzganlikda  ayblanib,  o‘lim  jazosiga  hukm  qilingan  va  qatl  etilgan. 
Sudda  Suqrotning  og‘zidan  chiqqan  so‘nggi  so‘zlar  shunday  bo‘lgan: 
«Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yemi tark etish fursati


yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon 
emas».
Sudda  220  nafar  odam  Suqrotning  aybsizligini  yoqlab,  280  nafar 
kishi  esa  unga  qarshi  ovoz  bergan.  Suqrot  Platonning  dialoglarida 
tasvirlanganidek,  G‘arbiy  dunyo  ruhiga  eng  ko‘p  ta’sir  ko‘rsatgan 
kishilar  sirasiga  kiradi.  Suqrot  insoniy  shaxs  sifatida  u  yuksak 
ma’naviyati,  kamtarin va  oddiy  turmush  tarzi,  zukkoligi,  samimiyligi, 
xushfe’lligi  va  hazil-mutoyibaga  moyilligi  kabi  xususiyatlari  bilan 
ajralib  turar  edi.  Biroq  aiinalik  fiiqarolar  Suqrot  ularni  ko‘chada  yoki 
bozorda  yo‘Idan  to‘xtatib,  suhbatga  solib,  qiyin  savollarga  tutadigan 
holatlarda muayyan  darajada  noqulay  vaziyatga  tushib  qolishardi.  Bir 
qator  sabablarga  ko‘ra,  Suqrot  ham  sofistlar  kabi  o‘zining  yoshlik 
davrini  xazon  qilib, jamiyat  uchun  xavfli  odamga  aylanmoqda,  degan 
qarash  ham  shakllangan  edi.  Suqrot  hech  narsa  yozmagan.  Uning 
ta’limoti  (mabodo  umuman  uning  ta’limoti  xususida  gapirish  mum­
kin  bo‘lsa) haqidagi  bizning  bilimimiz u  haqida boshqalaming yozgan 
asarlariga asoslanadi. Asosan, bular Platon asarlari bo‘lib, Suqrot uning 
dialoglarida  asosiy  rol’  o‘ynaydi.  Shuning  uchun  Suqrotning  aslida 
nimalami gapirganligini va Platonning dialoglarida Suqrot fikrlari bilan 
Platon fikrlari o‘rtasidagi chegarani aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana 
shu jihatni  e’tiborga olib,  Suqrot  falsafasini  Platonning  bayon  qilgani 
tarzda talqin etishga harakat qilamiz.
Qadimgi  grek  materialistlari,  shuningdek,  idealist  Suqrot  va  Pla- 
tonlar  ham  o‘zlarining  psixologik qarashlarini  yozib  sistemali  bayon 
qilingan  mukammal  asar sifatida qoldirmaganlar.  Ularning  bu  fikrlari 
asosan  ayrim-ayrim  mulohazalar  tariqasida  saqlanib  qolgan.  Platon­
ning  psixologik  fikrlari  esa  har  xil  falsafiy  asarlarida,  diologlarida 
saqlangan.
Sharqda  Aflotun  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan  Platonning  fikricha, 
ruhni qanotli ot-arava va izvoshiga o‘xshatish mumkin,  izvosh va otlar 
o‘rtasidagi munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi munosabat kabidir.
Aflotun  kelgusi  avlodlarga  hech  qachon  eskirmaydigan  mana  bu 
o‘gitni meros qoldirgan:  «Haqiqiy  va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar 
davlat  tepasiga  kelmaguncha,  yohud  hukmdorlar  ilohiy  iqtidorlari


ila  tom  ma’nodagi  faylasuflik  maqomiga  ko‘tarilmagunlariga  qadar 
insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi».

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish