Demokrit
(er.av.
460—370-yillar) ning ta’limotida «olovli atom»larga aylandi. Demokrit
va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm
nazariyasini avval surdilar. Unga ko‘ra, barcha narsalar 2 ta asosdan-
bo‘linmas harakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bo‘shliqlardan
paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari
ruhni hosil qiladi.
«Bitta ilmiy isbotu dalilni qoiga kiritish men uchun fors saltanatiga
hokimlik qilishdan a’loroqdir», - degandi Demokrit.
Yana bir grek mutafakkiri A naksagor (er.av.500-428) ning
barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil
topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi
to‘g‘risidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga o‘xshaydi.
Sochilib ketishidan iborat fizik qonunini tana uchun ham, taalluqli
deb hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit
ruhni tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh
og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana o‘lgandan keyin esa
u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil
etuvchi atomlami yutib nafas chiqarganda ruhimizning bir qismi-
ni tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimizning doimo
yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha,
hamma narsaning, hatto o‘likning ruhi bor, faqat juda kam.
Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi.
Tanadan tashqari ruh bo‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm
chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi, balki ruhning o‘zi tana
ekanligini ta’kidlaydi. «Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning
o‘zi tana qismi» deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, kabilar
Demokritning ruh haqidagi tasawurlarining rivojlanishini davom
ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga ko‘ra, ruh atomlardan emas,
o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi, bug* — harakat asosi,
shamol — sovish asosi, nomsiz 4-element — ruhning ruhidan iborat.
Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy «А», deb atadi. Shuningdek,
Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh
bo‘ladi.
«Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda
qattiq yanglishgandi, — deydi Suqrot, — chunki odamlar olovga bemalol
qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini
nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh
nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini,
o ‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklarini, olov taftidan esa
halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan
tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon
Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa
doimo eng porloq yoritgich bo‘lib, qolajak».
Suqrot g‘oyalari: «Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga
o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o ‘zlarining toshga o‘xshab
qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar».
«Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi
bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa
manmanlikdan o‘zimni tiyaman».
« 0 ‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga
qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan
shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi.
Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi
o‘laroq, u o‘zga odamlami qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo'lida
foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |