Pedagogika
(yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» - bola, etaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Bilish
ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Idrok
– aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiylashuv
– ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |