Ta`lim maqsadi
(o’qish, bilim olish maqsadi) – ta`limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya.
Ta`lim natijasi
(ta`lim mahsuli) – ta`lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Faoliyat
- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a`zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish
- uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me`yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash
- aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |